Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Rahimova Sultonposhsha (1929.8.5, Xiva — 1996.5.9, Urganch) — aktrisa, xonanda. Oʻzbekiston xalq artisti (1955). 1943—74 yillar Xorazm teatrida ishlagan. Layli

Sultonposhsha Rahimova

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Rahimova Sultonposhsha (1929.8.5, Xiva — 1996.5.9, Urganch) — aktrisa, xonanda. Oʻzbekiston xalq artisti (1955). 1943—74 yillar Xorazm teatrida ishlagan. Layli ("Layli va Majnun"), Nurxon ("Nurxon"), Zuhra ("Tohir va Zuhra"), Nodira ("Nodira"), Oyxon ("Maysaraning ishi"), Sanam ("Aziz va Sanam"), Shohsanam, Oylarbegim ("Oshiq Gʻarib va Shohsanam") kabi rollarini musiqali dramalarda jozibali ovozi, kuchli dramatik kechinmalari bilan mohirona ijro etgan. Shuningdek, dramalarda Guli ("Alisher Navoiy"), Luiza ("Makr va muhabbat"), Larisa ("Sepsiz qiz"), Jamila ("Boy ila xizmatchi"), Xolisxon ("Xolisxon") kabi obrazlar yaratgan.

Yuqori