Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Tursun Qambarov (1912-yil — 1986-yil 19-yanvar) — sovet va oʻzbek partiyalari yetakchisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Fargʻona viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi (1

Tursun Qambarov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tursun Qambarov
 Oʻzbekiston Kompartiyasi Fargʻona viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi
Mansab davri
1954-yil mart  1962-yil fevral
Oʻtmishdoshi Fozil Qoʻqonboyev
Vorisi Gayk Gabrielyans
 Oʻzbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi
Mansab davri
1950-yil aprel  1954-yil mart
Oʻtmishdoshi Orif Alimov
Vorisi Nor Yoqubov
 Oʻzbekiston Kompartiyasi Samarqand shahar qoʻmitasi birinchi kotibi
Mansab davri
1950-yil  1954-yil
 O‘zbekiston Kompartiyasi Qoraqalpoq viloyati qo‘mitasi birinchi kotibi
Mansab davri
1949-yil  1950-yil
Oʻtmishdoshi Pirjan Seitov
Vorisi Pirjan Seitov
 Oʻzbekiston Kompartiyasi Namangan viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi
Mansab davri
1945-yil  1946-yil oktyabr
Oʻtmishdoshi Karim Muqumboyev
Vorisi Orif Alimov
 Oʻzbekiston Kompartiyasi Uchqoʻrgʻon tuman qoʻmitasi birinchi kotibi
Mansab davri
1942-yil  1945-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1912-yil
Fargʻona, Fargʻona viloyati (Rossiya imperiyasi)
Vafoti 19-yanvar 1986-yil (74 yosh)
Siyosiy partiyasi VK (b)|KPSS
Taʼlim Bolsheviklar Butunittifoq Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti huzuridagi Oliy partiya maktabi
Mukofotlari

Tursun Qambarov (1912-yil — 1986-yil 19-yanvar) — sovet va oʻzbek partiyalari yetakchisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Fargʻona viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi (1954—1962).

Tarjimai holi

1939—1949-yillar oraligʻida BKP (Butunittifoq kommunistik partiyasi) aʼzosi. Bolsheviklar Butunittifoq Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti huzuridagi Oliy partiya maktabini tamomlagan.

  • 1942—1945-yillarda Oʻzbekiston KP (b) Uchqoʻrgʻon tuman qoʻmitasi birinchi kotibi, Oʻzbekiston KP (b) Namangan viloyat qoʻmitasining kadrlar boʻyicha kotibi;
  • 1945—1946-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi (b) Namangan viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi;
  • 1949—1950-yillarda OʻzKP Qoraqalpogʻiston viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi;
  • 1950-yili OʻzKP Samarqand shahar qoʻmitasi birinchi kotibi;
  • 1950—1954-yillarda OʻzKP Samarqand viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi;
  • 1954—1962-yillarda OʻzKP Fargʻona viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi lavozimlarida mehnat faoliyatini olib borgan

Soʻngra, Fargʻona viloyati kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan. SSSR Oliy Kengashining 3—5 chaqiriqlari deputati.

Yuqori