Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Jasur Baratovich Hakimov (1994-yil 24-may Oʻrta Chirchiqda tavallud topgan) – Oʻzbekistonlik futbolchi, Pozitsiyasi boʻyicha hujumchi. Bekobodning „Metallurg“ j

Jasur Hakimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jasur Hakimov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jasur Baratovich Hakimov
Tavallud sanasi 1994-yil 24-may (1994-05-24) (32 yosh)
Tavallud joyi Oʻrta Chirchiq tumaniOʻzbekiston
Boʻyi 1,86 sm
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Metallurg
Raqami 15
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2010—2013 Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2018 Paxtakor 34 (5)
2014—2015  Soʻgʻdiyona 41 (10)
2016  Metallurg Bekobod 12 (1)
2018  Qoʻqon 1912 16 (2)
2019 AGMK 16 (1)
2020 Buxoro 24 (3)
2021 Turon 9 (1)
2021 Soʻgʻdiyona 9 (0)
2022—2023 Bunyodkor 38 (13)
2024—2025 Lokomotiv Toshkent 26 (4)
2025 Shoʻrtan 11 (1)
2026— Metallurg 0 (0)
Milliy terma jamoa
2010—2011 Oʻzbekiston U-17 3
2012—2013 Oʻzbekiston U-20 1
2013—2016 Oʻzbekiston U-23 2
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2023-yil 22-may uchun)

Jasur Baratovich Hakimov (1994-yil 24-may Oʻrta Chirchiqda tavallud topgan) – Oʻzbekistonlik futbolchi, Pozitsiyasi boʻyicha hujumchi. Bekobodning „Metallurg“ jamoasida toʻp suradi. FIFA U-17 Jahon chempionati 2011 va FIFA U-20 Jahon chempionati 2013 musoboqalarida Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan.

Futbolchilik faoliyati

Futbolchilik faoliyati „Paxtakor“ jamoasi akademiyasidan boshlagan. Paxtakor jamoasida 2014-yilgacha oʻrinbosarlar jamoasida toʻp surgan. 2014-yilgi mavsumda Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasiga ijaraga berilgan. 2016-yilgi mavsumda yana poytaxt jamoasiga qaytgan Jasur mavsumda yana ijaraga berildi, bu safar Bekobodning „Metallurg“ jamoasiga. Madanchilar safida yarim mavsum davomida oʻz oʻrnini topa olmagach yozgi transfer oynasi vaqtida sherlar safiga qaytdi. „Paxtakor“ jamoasi bilan keyinchalik 2 yil davomida faoliyat olib bordi va 2018-yil yozgi transfer oynasi vaqtida Oʻzbekiston Supurligasining boshqa bir jamoasi, Qoʻqonning „Qoʻqon 1912“ jamoasi safiga oʻtdi. Mavsum yakunlangach 2019-yilgi mavsum oldidan oʻz jamoasini Olmaliqning „AGMK“ jamoasi yoʻnalishida oʻzgartirdi. 2020-yildi mavsumda navbatdagi jamoa, Buxoroning „Buxoro“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Buxoroliklar safida bir mavsum davomida yoʻp surga xolda jamoa bilan xayrlashdi. 2021-yil mavsum oldidan Oʻzbekiston Supurligas debyutanti, Yaypanning „Turon“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Yaypan jamoasida yarim mavsum davomida toʻp surga xolda,Ulugʻbek Baqoyev boshchilik qilayotgan Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubiga oʻtdi. Mavsum yakunlangach jizzaxlilar bilan shartnomasi yakunlandi va 2022-yilgi mavsum oldidan jarohat odi. Yarim mavsum davomida „Bunyodkor“ jamoasi bilan mashgʻulot olib bordi. 2022-yil yozgi transfer oynasida Toshkent jamoasi bilan shartnoma imzolab, hozirgacha shu jamoada toʻp surmoqda. 2023-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasida 6 ta gol urib jamoasining eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. 2024-yilning yanvar oyida „Lokomotiv“ jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzolagan.

Milliy terma jamoa

Oʻzbekiston Oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalar safida 2011 va 2013-yilgi jahon chemppionatlarida toʻp surgan.

Yutuqlari

  • Oʻzbekiston Superligasi Ikkinchi oʻrin: 2021
  • Oʻzbekiston Kubogi Ikkinchi oʻrin: 2019
  • Oʻzbekiston Liga Kubogi Ikkinchi oʻrin: 2019
  • Oʻzbekiston Superkubogi Ikkinchi oʻrin: 2019
Yuqori