Ariana Grande | |
|---|---|
| Ariana Grande (2024) | |
| Umumiy maʼlumot | |
| Tavalludi | Ariana Grande-Butera 1993-yil 26-iyun Boca Raton, Florida, AQSh |
| Janrlar | Pop • R&B |
| Kasbi |
|
| Faoliyat yillari | 2008 – hozirgacha |
| Leybllar | Republic |
| Fuqaroligi | |
| Turmush oʻrtogʻi | Dalton Gomez (turm. 2021) |
| Mukofotlari | Toʻliq roʻyxat |
| Veb-sayt | arianagrande.com |
| Imzosi | |
| | |
Ariana Grande-Butera (1993-yil 26-iyunda tugʻilgan) amerikalik qoʻshiqchi va aktrisadir. U oʻz karyerasi davomida koʻplab yutuqlarga, jumladan ikki marta Grammy mukofotiga, bir marta Brit mukofotiga, ikki marta Billboard Music Awardsga, uch marta American Music Awards va toʻqqiz marta MTV Video Music Awardsga loyiq topilgan.
Floridaning Boca Raton shahrida tugʻilgan Grande musiqiy faoliyatini ilk bor oʻn besh yoshida 2008-yilda Broadway teatrida sahnalashtirilgan 13 nomli myuzikl bilan boshlagan. U Nickelodeon telekanali orqali efirga uzatilgan Victorious (2010—2013) va Sam & Cat (2013—2014) teleseriallaridagi Cat Valentine roli bilan shuhrat qozongan. Keyinchalik, uning YouTubedagi kaver versiyada kuylangan ashulalarini payqagan Republic Records studiyasi u bilan 2011-yilda shartnoma imzolaydi. Uning pop va R&B janrlaridagi Yours Truly (2013) nomli debyut albomi AQSh Billboard 200 chartida birinchi raqamli albom boʻldi va albomning „The Way“ singli esa Billboard Hot 100 chartida top oʻntalikka kirdi.
Grande oʻzining ikkinchi va uchinchi studiya albomlari sanalmish My Everything (2014) va Dangerous Woman (2016) albomlarida pop va R&B janrlarini davom ettiradigan EDM elementlaridan foydalandi. Albomlardan birinchisi global miqyosda muvaffaqiyat qozondi va albomning „Problem“, „Break Free“ va „Bang Bang“ singllari Billboard 200 chartida top oʻntalikka kirdi; ikkinchisi Birlashgan Qirollik albomlari chartida toʻrtta ketma-ket birinchi raqamli albomlarning biri boʻldi. Shaxsiy kurashlari uning trap elementlaridan foydalangan toʻrtinchi va beshinchi studiya albomlari boʻlmish Sweetener (2018) va Thank U, Next (2019) larga taʼsir koʻrsatdi hamda albomlarning har ikkisi ham tanqidiy, ham tijoriy jihatdan muvaffaqiyat qozondi. Sweetener albomi Grammyning „Eng yaxshi pop vokal albomi“ nominatsiyasiga loyiq topildi, Thank U, Next albomi esa koʻplab streaming xizmatlarida rekord oʻrnatdi va Grammyning „Yil albomi“ nominatsiyasiga sazovor boʻldi. „Thank U, Next“, „7 Rings“ va „Break Up with Your Girlfriend, I'm Bored“ singllari Billboard Hot 100 chartida ilk uchtalikni band qildi hamda Grade bir vaqtning oʻzida ham tarixda buni amalga oshirgan ilk artist boʻldi, ham UK Singles Chart roʻyxatida rekordini yangiladi. Uning 2020-yilda Justin Bieber bilan birga ijro etilgan „Stuck with U“ hamda Lady Gaga bilan birga ijro etilgan „Rain on Me“ ashulalari Hot 100 chartidagi birinchi raqamli debyut rekordini yangilashga koʻmaklashdi, hatto yuqoridagi singllardan ikkinchisi unga Grammyning „Eng yaxshi pop duo/group ijrochisi“ nominatsiyasini olib keldi. Grandening R&B janridagi navbatdagi oltinchi studiya albomi Positions (2020) va uning xuddi shu nomdagi albom treki ham AQSh, ham Buyuk Britaniya musiqiy chartlarida birinchi raqamli albom boʻldi. 2021-yilda Grande „Save Your Tears“ ashulasidagi The Weeknd bilan duetidan soʻng, oltinchi marotaba AQShning birinchi raqamli singlini qozondi.

Hayoti
Ariana Grande-Butera 26-iyun 1993-yilda Florida shtatining Boca Raton shahrida tugʻilgan. Uning onasi Joan Grande boʻlib, aloqa va xavfsizlik uskunalari ishlab chiqaruvchi shirkat boʻlmish Hose-McCann Communications shirkati bosh ijrochi direktori, otasi esa Edward Butera boʻlib, Boca Ratondagi grafik dizayn bilan shugʻullanuvchi firma egasi boʻlgan. Grandening kelib-chiqishi italiyalik boʻlib, u oʻzini italyan amerikalik, deb taʼriflaydi. Uning Frankie Grande ismli katta oʻgay akasi ham bor boʻlib, u qiziqchi va produserdir. Grande, shuningdek, ona tomondan buvisi Marjorie Grande bilan yaqin munosabatda hisoblanadi. Uning oilasi tugʻilishidan avval New Yorkdan Floridaga koʻchib kelgan hamda Grande sakkiz yoki toʻqqiz yosh boʻlganida ajrashishgan.
Faoliyati
2008—2012-yillar: Muqaddima va Victorious

Nickelodeon telekanalida efirga uzatilgan teleserialdagi rolidan avval Grande Broadway teatrida 2008-yilda sahnalashtirilgan 13 nomli myuziklda Charlotte personajini ijro etadi. U myuziklga qoʻshilganda, tahsil olayotgan maktabi — North Broward maktabidagi darslarda ishtirok eta olmaydi, ammo oʻqishni davom ettirdi; maktab unga tahsil olishi uchun materiallar yuborib turdi. U, shuningdek, boʻsh vaqtlarida New York shahrida joylashgan „Birdland“ jaz klubida qoʻshiq kuylab turgan.
2010-yildan 2013-yilgacha Grande Nickelodeon telekanalida efirga uzatilgan shou — Victoriousda Cat Valentine qahramonini jonlantiradi. Uning roli Grandega oʻsmirlar idoli statusiga ega boʻlishida koʻmaklashdi, ammo u koʻproq musiqiy karyeraga qiziqib, aktyorlikni „zavqli, lekin musiqa har doim men uchun birinchi boʻlgan“ deya taʼrifladi. 2012-yilning avgustida Nickelodeon Victorious teleseriali uch faslgacha davom etishini eʼlon qiladi. Biroq, shu oyning soʻngida, Nickelodeon Sam & Cat nomli spin-off shou efirga uzatilishini eʼlon qiladi. Bu shouda Victorious serialidagi Grande bilan iCarly serialidagi Jennette McCurdy birlashishadi. Ular Sam & Cat shousida Cat Valentine va Sam Puckett oʻlaroq rollarini oʻynashadi.
Garchi Sam & Cat Nickelodeon uchun muvaffaqiyatli shou boʻlgan boʻlsa-da, Grandening musiqiy karyerasi va boshqa muammolari tufayli shou 2014-yilning 13-iyulida bekor qilinadi. Shouning soʻnggi qismi 17-iyulda efirga uzatiladi.
2013—2015-yillar: Yours Truly va My Everything

Grande oʻzining debyut albomi boʻlmish Yours Truly (dastlab nomi Daydreamin' boʻlgan) uchun uch yil vaqt sarflaydi. U ushbu albomni 2013-yilning iyunida niholaydi, 2013-yilning avgustida esa chiqariladi. 2013-yilning sentyabrida bu albom AQSh Billboard 200 albomlar chartida birinchi raqamli albom boʻldi va ilk haftaning oʻzidanoq 138 000 ta nusxada sotildi. Bu Grandeni Keshadan keyin ilk albomidanoq chartda birinchi raqamni band qilgan ilk ayol artistga aylantirdi. Albomning ilk singli — „The Way“ pitsburglik rapper Mac Miller bilan birga ijro etilgan boʻlib, 2013-yilning 26-martida chiqarilgan. Ushbu ashula chiqarilganidan boshlab hisoblaganda, 48 soat ichida 120 000 ta nusxada sotildi, ochilish haftasida esa 219 000 tadan oshiq nusxada sotildi. Shuningdek, birinchi albom singllari oʻlaroq „Baby I“ va „Right There“ singllari ham chiqarilgan.
2014-yilning yanvarida Grande ikkinchi studiya albomi ustida ishlashni boshlaydi. U albomni 2014-yilning martida nihoyalaydi. Albomning birinchi singli „Problem“ boʻlib, bu ashula avstraliyalik rapper Iggy Azalea bilan birga kuylangan. Bu tarona 27-aprelda 2014 Radio Disney Music Awards taqdimotida premyera qilingan. Albomning ikkinchi singli „Break Free“ rus—olmon produser Zedd bilan birga ijro etilgan boʻlib, qoʻshiq premyerasi 2-iyulda, MTV telekanalida efirga uzatiladigan Total Request Live shousining Total Ariana Live deb nomlangan bir kunlik epizodida boʻlib oʻtadi. 2014-yil 28-iyulda Grande 25-avgustda chiqarilishi kutilayotgan My Everything albomi nomini eʼlon qiladi. 2015-yilning fevralida Grande My Everything albomini ommalashtirish maqsadida ilk umumjahon turnesi boʻlgan The Honeymoon Tourni amalga oshirdi va bu turne davomida Shimoliy Amerika, Yevropa, Osiyo va Janubiy Amerika mamlakatlarida safarda boʻldi.
2015—2017-yillar: Dangerous Woman

Grande uchinchi studiya albomi boʻlmish Dangerous Woman („Xavfli ayol“; dastlab nomi Moonlight („Oy nuri“) boʻlgan, keyinchalik nomini hozirgi nomga oʻzgartirgan) uchun qoʻshiqlar yozishni 2015-yilda boshlaydi. Ushbu albom 2016-yil 20-mayda chiqarildi hamda Billboard 200 chartida ikkinchi raqamli albom boʻldi. Shu yilning oktyabrida u albomning dastlab chiqishli singli boʻlgan „Focus“ni chiqardi; ashula Billboard Hot 100 chartida top yettinchi hit qoʻshiq boʻldi. Keyingi oyda amerikalik qoʻshiqchi Who Is Fancy oʻzining Grande va Meghan Trainor bilan birga ijro etgan „Boys Like You“ nomli ashulasini chiqardi. Keyinchalik, Grande ingliz ashulachisi Nathan Sykesning 2016-yil yanvarda chiqarilgan Unfinished Business studiya solo albomidagi „Over and Over Again“ ashulasining remiks versiyasini taqdim etadi. U, shunungdek, bosh rollarni Ben Stiller va Owen Wilson jonlantirgan komediya janridagi kartina boʻlmish Zoolander 2 filmida epizodik rolda koʻrinish berdi. Albomning keyinchalik chiqishli singli boʻlgan (albom nomi Moonlightdan Dangerous Womanga oʻzgargandan soʻng) „Dangerous Woman“ 2016-yil 11-martda chiqarildi hamda bu ashula Billboard Hot 100 chartida sakkizinchi raqamli qoʻshiq boʻldi. Albomning ikkinchi va uchinchi singllari — „Into You“ va „Side to Side“, mos ravishda chartda oʻn uchinchi va toʻrtinchi raqamli qoʻshiq boʻldi. Umuman olganda, albom tanqidchilar tomonidan xush qarshilandi. Albomni targʻib qilish maqsadida Grande 2016 Billboard Music Awards va MTV Video Music Awards taqdimotlarida qatnashdi. U, shuningdek, Saturday Night Live teledasturida ham boshlovchi, ham mehmon sifatida koʻrinish berdi. Grande 2017-yilda Dangerous Woman Tour davomida koʻplab mamlakatlarda, jumladan Shimoliy va Janubiy Amerika, Yevropa va Osiyoda boʻldi. 2017-yil 22-may sanasida Grandening Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida joylashgan Manchester arenasidagi konsertida sodir boʻlgan portlash haqida koʻplab xabarlar paydo boʻldi. Politsiya maʼlumotiga koʻra, portlashda 22 kishi halok boʻlgan, 59 kishi esa jarohatlangan. Portlashdan soʻng, Grande turne safarining qolgan qismini toʻxtatdi hamda 4-yun kuni „One Love Manchester“ deb nomlangan yordam konsertini oʻtkazib, portlash qurbonlari va jabrlangan oilalarga yordam boʻlishi uchun $23 million miqdorda mablagʻ yigʻdi.
2018—2020: Sweetener, Thank U, Next va Positions
Grande 2016-yilda Pharrell Williams bilan toʻrtinchi albomi Sweetener uchun ashulalar yozishni boshladi, ammo „Manchesterda sodir boʻlgan hodisalar loyiha umidini keskin oʻzgartirdi“. Grande 2018-yil aprel oyida Sweetener albomining chiqishli singli oʻlaroq „No Tears Left to Cry“ qoʻshigʻini chiqardi va bu ashula Billboard Hot 100 chartida top uchinchi raqamni egallagan boʻlib, buning ortidan Grande ilk toʻrt albomining ilk singli ham Hot 100 roʻyxatida top oʻntalikka kirgan yagona artistga aylandi. Yaʼni, uning „The Way“ (Yours Truly albomidan), „Problem“ (My Everything albomidan), „Dangerous Woman“ (Dangerous Woman albomidan) va „No Tears Left to Cry“ singllari mos ravishda chartlarda 10-, 3-, 10- va 3-oʻrinlarni egallagan. Sweetener albomi chiqarilganidan olti oy oʻtgach, Grande beshinchi studiya albomi — Thank U, Nextni chiqardi. Keyinchalik, 2020-yilda uning oltinchi studiya albomi — Positions chiqarildi.
Shaxsiy hayoti
Ariana Grande 2018-yilning mayida qiziqchi Pete Davidson bilan uchrashishni boshlaydi hamda 2018-yilning 11-iyunida koʻplab axborot vositalari Davidson va Grande unashtirilganligi haqida xabar berishdi. Ularning munosabati 2018-yilning oktyabrida nihoyalangan.
2019-yilning noyabrida Grande senator Bernie Sandersning ikkinchi prezidentlik saylovini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.
2020-yilning dekabrida Grande koʻchmas mulk agenti Dalton Gomez bilan munosabat oʻrnatdi. Ular 2021-yilning may oyi oʻrtalarida turmush qurishdi.
Filmografiyasi
Film
| Yil | Nomi | Rol | Izohlar | Manba (lar) |
|---|---|---|---|---|
| Snowflake, the White Gorilla | Snowflake (ovoz bergan) | Inglizcha dublyaj | ||
| Underdogs | Laura (ovoz bergan) | Inglizcha dublyaj; direct-to-video | ||
| Zoolander 2 | Bondaj libosidagi ayol | Epizod rolda | ||
| Qora libosli odamlar: Xalqaro daraja | Alien TV Monitorsda | Epizod rolda | ||
| Ariana Grande: Excuse Me, I Love You | Oʻzi | Ijrochi produser | ||
| Billie Eilish: The World’s a Little Blurry | Oʻzi | Epizod rolda | ||
| Yuqoriga qarama | Riley Bina | Post-production |
Televideniye
| Yil | Nom | Rol | Izohlar | Manba (lar) |
|---|---|---|---|---|
| 2009 | The Battery’s Down | Bat Mitzvah Riffer | Qism: „Bad Bad News“ | |
| 2010-13 | Victorious | Cat Valentine | Bosh rol | |
| 2011 | iParty with Victorious | Cat Valentine | Televizion film | |
| 2011-13 | Winx Club | Malika Diaspro (ovoz bergan) | ||
| 2013 | Swindle | Amanda Benson | Televizion film | |
| 2013-14 | Sam & Cat | Cat Valentine | Bosh rol | |
| 2014 | Family Guy | Italian Daughter (ovoz bergan) | Qism: „Mom’s the Word“ | |
| Saturday Night Live | Oʻzi/mehmon | Qism: „Chris Pratt/Ariana Grande“ | ||
| 2015 | RuPaul’s Drag Race | Oʻzi/mehmon hakam | Qism: „Ru Hollywood Stories“ | |
| Knock Knock Live | Oʻzi | Efirga uzatilmagan qism | ||
| Scream Queens | Sonya Herfmann / Chanel #2 | 4 ta qism | ||
| 2016 | Saturday Night Live | Mehmon | Qism: „Ariana Grande“ | |
| Hairspray Live! | Penny Pingleton | Special | ||
| 2017 | One Love Manchester | Tashkilotchi va ijrochi | Special | |
| Carpool Karaoke: The Series | Oʻzi | Qism: „Seth MacFarlane & Ariana Grande“ | ||
| 2018 | A Very Wicked Halloween | Oʻzi | Special | |
| Ariana Grande at the BBC | Oʻzi | Special | ||
| Ariana Grande: Dangerous Woman Diaries | Oʻzi | YouTube | ||
| 2019 | Keeping Up with the Kardashians | Oʻzi | Qism: „Fire Escape“ | |
| 2020 | Justin Bieber: Seasons | Oʻzi | Epizod rolda | |
| Kidding | Piccola Grande | Qism: „Episode 3101“ | ||
| The Disney Family Singalong | Oʻzi | Special | ||
| Mariah Carey’s Magical Christmas Special | Oʻzi | Special | ||
| 2021 | The Late Late Show with James Corden | Oʻzi | Mehmon | |
| The Voice | Oʻzi | Kelgusi 21-fasldan |
Web seriallar
| Yil | Nom | Rol | Izohlar | Manba (lar) |
|---|---|---|---|---|
| The Slap | Cat Valentine | |||
| iCarly.com | Cat Valentine / Oʻzi | Segmentlar: „Three Way Random Debate“, „Whatʼs Gibby Thinking About?“ |
Sahna
| Yil | Sahna koʻrinishi nomi | Rol | Teatr |
|---|---|---|---|
| 2008 | 13 | Charlotte | Broadway |
| 2010 | Cuba Libre | Miriam | |
| 2012 | A Snow White Christmas | Oppogʻoy | Pasadena Playhouse |
Diskografiyasi
Studiya albomlari
- Yours Truly (2013)
- My Everything (2014)
- Dangerous Woman (2016)
- Sweetener (2018)
- Thank U, Next (2019)
- Positions (2020)
- Eternal Sunshine (2024)
Turnelari
Konsert turnelari
| Title | Sana | Albom (lar) | Mintaqa (lar) | Shoular | Daromad | Tashrif | Manba (lar) |
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| The Listening Sessions | 13-avgust 2013-yil — 22-sentyabr 2013-yil | Yours Truly | Shimoliy Amerika | 11 | $680 | 25 | |
| The Listening Sessions roʻyxati
| |||||||
| The Honeymoon Tour | 25-fevral 2015-yil — 25-oktyabr 2015-yil | My Everything | Shimoliy Amerika Yevropa Osiyo Lotin Amerikasi | 88 | $41,800,000 | 808,667 | |
| The Honeymoon Tour roʻyxati
| |||||||
| Dangerous Woman Tour | 3-fevral 2017-yil — 21-sentyabr 2017-yil | Dangerous Woman | Shimoliy Amerika Yevropa Lotin Amerikasi Osiyo Okeaniya | 77 | $71,000,000 | 853,554 | |
| Dangerous Woman Tour roʻyxati
| |||||||
| Sweetener World Tour | 18-mart 2019-yil — 22-dekabr 2019-yil | Sweetener Thank U, Next | Shimoliy Amerika Yevropa | 101 | $146,400,000 | 1,300,000 | |
| Sweetener World Tour roʻyxati
| |||||||
Targʻib qilish maqsadida uyushtirilgan turnelar
| Nomi | Sana | Albom (lar) | Shaharlar | Shoular | Manba (lar) |
|---|---|---|---|---|---|
| The Sweetener Sessions | 20-avgust 2018-yil — 4-sentyabr 2018-yil | Sweetener | New York shahri Chikago Los Angeles London | 4 | |
| The Sweetener Sessions roʻyxati
| |||||
Headlined events
| Sana | Hodisa | Tavsif | Shahar | Ijro etilgan qoʻshiqlar |
|---|---|---|---|---|
| 4-iyun 2017-yil | One Love Manchester | Manchesterda portlash (2017) | Manchester, England | "Be Alright" · „Break Free“ · „Better Days“ (Victoria Monét bilan birga) · „Where Is the Love?“ (The Black Eyed Peas bilan birga) · „My Everything“ (Parrs Wood High School xor jamoasi bilan birga) · „The Way“ (Mac Miller bilan birga) · „Dang!“ (Mac Miller bilan birga) · „Don't Dream It's Over“ (Miley Cyrus bilan birga) · „Side to Side“ · „Love Me Harder“ · „Don't Look Back in Anger“ (Coldplay bilan birga) · „One Last Time“ · „Somewhere Over the Rainbow“ |
| 14-aprel 2019-yil — 21-aprel 2019-yil | Coachella Valley Music and Arts Festival | Musiqa va sanʼat festivali | Indio, California | "Raindrops (An Angel Cried)" · „God Is a Woman“ · „Bad Idea“ · „Break Up with Your Girlfriend, I'm Bored“ (NSYNC bilan birga) (ikkinchi shouda yakkaxon tarzda) · „Tearin' Up My Heart“ (NSYNC bilan birga) (birinchi shou) · „R.E.M“ · „Be Alright“ · „Sweetener“ · „Side to Side“ (Nicki Minaj bilan birga) (ikkinchi shouda yakkaxon tarzda) · „Bang Bang“ (Nicki Minaj bilan birga) (ikkinchi shouda yakkaxon tarzda) · „7 Rings“ · „Love Me Harder“ · „Breathin“ · „Needy“ · „Right There“ · „Break Your Heart Right Back“ · „Mo Money Mo Problems“ (Diddy va Mase bilan birga) (birinchi shou) · „NASA“ · „Goodnight n Go“ (birinchi shou) · „The Light Is Coming“ · „Into You“ · „Dangerous Woman“ · „Break Free“ · „Sorry“ (Justin Bieber bilan birga) (ikkinchi shou) · „No Tears Left to Cry“ · „Thank U, Next“ |
| 4-avgust 2019-yil | Lollapalooza | Musiqiy festival | Chikago, Illinois | "God Is a Woman" · „Bad Idea“ · „Break Up with Your Girlfriend, I’m Bored“ · „Boyfriend“ (Social House bilan birga) · „R.E.M“ · „Be Alright“ · „Sweetener“ · „Side to Side“ · „7 Rings“ · „Breathin“ · „Needy“ · „NASA“ · „Get Well Soon“ · „The Light Is Coming“ · „Into You“ · „Dangerous Woman“ · „Break Free“ · „No Tears Left to Cry“ · „Thank U, Next“ |
| 25-avgust 2019-yil | Manchester Pride | en:LGBT pride festivali va paradi | Manchester, Angliya | "No Tears Left to Cry" · „Be Alright“ · „Break Up with Your Girlfriend, I’m Bored“ · „Side to Side“ · „7 Rings“ · „Break Free“ · „Breathin“ · „Thank U, Next“ · „One Last Time“ |
Mukofotlari
American Music Awards
| Yil | Turkum | Nominatsiya | Natija | Manba (lar) |
|---|---|---|---|---|
| 2013 | New Artist of the Year | — | Gʻolib boʻlgan | |
| 2015 | Artist of the Year | Nomzodlikka qoʻyilgan | ||
| Favorite Pop/Rock Female Artist | Gʻolib boʻlgan | |||
| 2016 | Artist of the Year | Gʻolib boʻlgan | ||
| 2018 | Favorite Social Artist | Nomzodlikka qoʻyilgan | ||
| 2019 | Nomzodlikka qoʻyilgan | |||
| Artist of the Year | Nomzodlikka qoʻyilgan | |||
| Favorite Pop/Rock Female Artist | Nomzodlikka qoʻyilgan | |||
| Tour of the Year | Sweetener World Tour | Nomzodlikka qoʻyilgan | ||
| Favorite Pop/Rock Album | Thank U, Next | Nomzodlikka qoʻyilgan | ||
| Favorite Music Video | „7 Rings“ | Nomzodlikka qoʻyilgan | ||
| 2020 | "Rain on Me" (Lady Gaga bilan birga) | Nomzodlikka qoʻyilgan | ||
| Collaboration of the Year | Nomzodlikka qoʻyilgan | |||
| Favorite Social artist | — | Nomzodlikka qoʻyilgan |
Bambi Awards
| Yil | Turkum | Natija | Manba (lar) |
|---|---|---|---|
| 2014 | Best Newcomer | Gʻolib boʻlgan |
BBC Radio 1’s Teen Awards
| Yil | Turkum | Natija | Manba (lar) |
|---|---|---|---|
| 2016 | Best International Solo Artist | Nomzodlikka qoʻyilgan | |
| 2017 | Gʻolib boʻlgan | ||
| 2019 | Gʻolib boʻlgan |
Billboard Music Awards
| Yil | Turkum | Nominatsiya | Natija | Manba (lar) |
|---|---|---|---|---|
| 2014 | Top New Artist | — | Nomzodlikka qoʻyilgan | |
| 2015 | Top Artist | Nomzodlikka qoʻyilgan | ||
| Top Female Artist | Nomzodlikka qoʻyilgan | |||
| Top Hot 100 Artist | Nomzodlikka qoʻyilgan | |||
| Top Social Artist | Nomzodlikka qoʻyilgan | |||
| Top Streaming Artist | Nomzodlikka qoʻyilgan | |||
| Top Dance/Electronic Song | "Break Free" (Zedd bilan birga) | Nomzodlikka qoʻyilgan | ||
| 2016 | Top Female Artist | — | Nomzodlikka qoʻyilgan | |
| Top Social Media Artist | Nomzodlikka qoʻyilgan | |||
| 2017 | Top Artist | Nomzodlikka qoʻyilgan | ||
| Top Female Artist | Nomzodlikka qoʻyilgan | |||
| Top Social Artist | Nomzodlikka qoʻyilgan | |||
| 2018 | Top Social Artist | Nomzodlikka qoʻyilgan | ||
| 2019 | Top Artist | Nomzodlikka qoʻyilgan | ||
| Top Female Artist | Gʻolib boʻlgan | |||
| Billboard Chart Achievement Award | Gʻolib boʻlgan | |||
| Top Hot 100 Artist | Nomzodlikka qoʻyilgan | |||
| Top Billboard 200 Artist | Nomzodlikka qoʻyilgan | |||
| Top Streaming Songs Artist | Nomzodlikka qoʻyilgan | |||
| Top Song Sales Artist | Nomzodlikka qoʻyilgan | |||
| Top Radio Songs Artist | Nomzodlikka qoʻyilgan | |||
| Top Social Artist | Nomzodlikka qoʻyilgan | |||
| 2020 | Nomzodlikka qoʻyilgan | |||
| Top Female Artist | Nomzodlikka qoʻyilgan | |||
| Top Billboard 200 Album | Thank U, Next | Nomzodlikka qoʻyilgan |
Brit Awards
| Yil | Turkum | Natija | Manba (lar) |
|---|---|---|---|
| 2016 | International Female Solo Artist | Nomzodlikka qoʻyilgan | |
| 2019 | Gʻolib boʻlgan | ||
| 2020 | Nomzodlikka qoʻyilgan |
Japan Gold Disc Award
| Yil | Turkum | Nominatsiya | Natija | Manba (lar) |
|---|---|---|---|---|
| 2015 | New Artist of the Year (International) | — | Gʻolib boʻlgan | |
| Best 3 New Artists (International) | Gʻolib boʻlgan | |||
| Best 3 Albums (International) | My Everything | Gʻolib boʻlgan | ||
| 2017 | International Artist of the Year | — | Gʻolib boʻlgan | |
| International Album of the Year | Dangerous Woman | Gʻolib boʻlgan | ||
| Best 3 Albums (International) | Gʻolib boʻlgan | |||
| 2019 | Sweetener | Gʻolib boʻlgan |
Kids' Choice Awards
| Yil | Turkum | Nominatsiya | Natija | Manba (lar) |
|---|---|---|---|---|
| 2015 | Favorite Female Artist | — | Nomzodlikka qoʻyilgan | |
| Song of The Year | "Bang Bang" (Jessie J va Nicki Minaj bilan birga) | Gʻolib boʻlgan | ||
| „Problem“ (Iggy Azalea bilan birga) | Nomzodlikka qoʻyilgan | |||
| 2016 | Favorite Female Artist | — | Gʻolib boʻlgan | |
| 2017 | Nomzodlikka qoʻyilgan | |||
| Favorite Song | "Side To Side" (Nicki Minaj bilan birga) | Nomzodlikka qoʻyilgan | ||
| 2019 | „Thank U, Next“ | Gʻolib boʻlgan | ||
| Favorite Female Artist | — | Gʻolib boʻlgan | ||
| 2020 | Favorite Song | „7 Rings“ | Nomzodlikka qoʻyilgan | |
| Favorite Female Artist | — | Gʻolib boʻlgan | ||
| 2021 | Gʻolib boʻlgan | |||
| Favorite Music Collaboration | „Rain On Me“ (Lady Gaga bilan birga) | Nomzodlikka qoʻyilgan | ||
| „Stuck with U“ (Justin Bieber bilan birga) | Gʻolib boʻlgan |
- 26-iyunda tugʻilganlar
- 1993-yilda tugʻilganlar
- Nuqsonli RERO identifikatorlari boʻyicha Vikipediya maqolalari
- Ariana Grande
- Yashayotgan insonlar
- Amerikalik ayol qoʻshiqchilar
- Amerikalik aktrisalar
- Amerikalik ovoz aktrisalari
- Amerikalik ayol modellar
- MTV Europe Music Award sovrindorlari
- Grammy mukofoti sovrindorlari
- Brit mukofoti sovrindorlari
- LGBT huquqlari faollari
- Amerikalik televideniye aktrisalari
- Amerikalik bola aktrisalar
- Amerikalik ayol qoʻshiqnavislar
- Amerikalik ayol pop-qoʻshiqchilar
- Amerikalik hip hop-qoʻshiqchilar
- Republic Records ijrochilari
- Alifbo boʻyicha aktrisalar
- Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar
- Alifbo boʻyicha musiqachilar