Emil Grigoryevich Gilels [1916.6(19).10, Odessa -1985, Moskva] —atoqli pianinochi va pedagog. Odessa konservatoriyasi (1935).hamda Moskva konservatoriyasining Oliy mahorat maktabini (1938) tugatgan. Vir necha xalqaro pianinochilar tanlovining gʻolibi (Moskva, 1933; Vena, 1936; Bryussel, 1938). 1938-yildan Moskva konservatoriyasida oʻqituvchi, 1952-yildan professor Noyob mahorat, mukammal texnikasi, 50 yildan ziyod davom etgan konsert faoliyati tufayli Gilels XX asrning eng mashhur virtuoz ijrochilari qatoridan oʻrin olgan. Ijro uslubiga kuchli his-hayajon, chuqur mazmun, asarlariga yangicha talqin bilan yondashish xos. Amerika, Yevropa va Osiyo mamlakatlarida, jumladan Oʻzbekistonda ham bir necha marta gastrolda boʻlgan. Londondagi Qirol musika akademiyasi, Budapeshtdagi F. List nomidagi musiqa akademiyalarining faxriy aʼzosi.
- Sovet Ittifoqi kishilari
- 1916-yilda tugʻilganlar
- 1985-yilda vafot etganlar
- 19-oktabrda tugʻilganlar
- 14-oktyabrda vafot etganlar