Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Charlie Hunnam (talaffuzi: Charli Hannem; 1980-yil 10-aprelda tugʻilgan; Nyukasl apon Tayn, Angliya, Buyuk Britaniya) — ingliz aktyori.

Charlie Hunnam

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Charlie Hunnam

Hunnam 2017-yilda
Tavalludi
Charles Matthew Hunnam

1980-yil 10-aprel (1980-04-10) (46 yosh)
Nyukasl apon Tayn, Angliya, Birlashgan Qirollik
Fuqaroligi Buyuk Britaniya bayrogʻi Buyuk Britaniya
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 1998–hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Katharine Towne
(turm. 1999; ajr. 2002)

Charlie Hunnam (talaffuzi: Charli Hannem; 1980-yil 10-aprelda tugʻilgan; Nyukasl apon Tayn, Angliya, Buyuk Britaniya) — ingliz aktyori.

Hayoti

Charlie Hunnam 1980-yil 10-aprel sanasida Nyukasl-apon Tayn shahrida tavallud topgan. Charliening otasi Uilyam „Billi“ Hunnam (1952—2013) temir sotuvchisi boʻlib ishlagan, otasi Charlie 2 yoshligidayoq oilasini tashlab ketgan. Onasi Jeyn Bell esa balerina hamda oʻzining shaxsiy biznes faoliyatini olib borgan. Charliening soʻzlariga koʻra, onasi yolgʻiz ona sifatida farzandlariga juda yaxshi tarbiya bera olgan.. Charliening katta akasi Uilyam hamda ikkita kichik oʻgay ukasi Oliver va Kristianlar boʻlgan. Charlie 12 yoshligida, onasi turmushga chiqgach, Charlie Kambriyaning Melmerbi qishlogʻiga koʻchib oʻtdi. Buvilaridan biri portret chizgan.

Charlie mizofobiya, mikroblar va iflosliklardan qoʻrqardi. Yoshligida u regbi oʻynagan va sinfdoshlari bilan jang qilgan, shuning uchun u Kumbriyaning Penrit shahridagi Qirolicha Yelizaveta Grammatika maktabidan haydalgan, bu esa uni imtihonni uyda topshirishiga sabab boʻlgan. Shundan soʻng u Karlayldagi Kembrey sanʼat va dizayn kollejiga oʻqishga kirdi (hozirgi Kambriya universiteti tarkibiga kiradi), u yerda kino nazariyasi va tarixi boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlib, kelajakdagi oʻz filmlarini suratga olish rejasini tuzgan.

Shaxsiy hayoti

1999-yili Hunnam aktrisa Katharine Towne bilan uchrashdi. Ular uch haftalik munosabatlardan keyin Las-Vegasda turmush qurishdi va 2002-yilda ajrashishdi. Hunnam, shuningdek, model Sophie Dahl, aktrisa Stella Parker va kinoprodyuser Georgina Townsley bilan munosabatlarga ega edi.

2016-yilda aktyor jiu-jitsu bilan shugʻullana boshladi va 2018-yil oktyabr oyida koʻk kamarga ega boʻldi.

Filmografiyasi

Yil Film Rol Izohlar
1999 Whatever Happened to Harold Smith? Daz
2002 Abandon Embry Larkin
2002 Nicholas Nickleby Nicholas Nickleby
2003 Cold Mountain Bosie
2005 Green Street Hooligans Pete Dunham
2006 Children of Men Patric
2011 The Ledge Gavin Nichols
2012 3,2,1... Frankie Go Boom Frankie
2012 Deadfall Jay
2013 Pacific Rim Raleigh Becket
2015 Crimson Peak Alan McMichael
2016 The Lost City of Z Percy Fawcett
2017 King Arthur: Legend of the Sword Qirol Arthur
2018 Papillon Henri Charrière
2019 A Million Little Pieces Bob Frey Jr.
2019 Triple Frontier William 'Ironhead' Miller
2019 True History of the Kelly Gang Sergeant OʻNeill
2019 Jungleland Stanley Kaminski
2019 The Gentlemen Raymond Smith
2022 Last Looks Charlie Waldo
2023 Rebel Moon TBA
Yuqori