Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Gyuygens (Geygens; Huyegens) Xristian (niderlandcha: Christiaan Huygens; 1629.14.4 — Gaaga — 1695.8.7) — niderlandiyalik fizik, mexanik, matematik va astronom.

Christiaan Huygens

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Christiaan Huygens
Tavalludi 14-aprel 1629
Vafoti 8-iyul 1695
Fuqaroligi Dutch Republic
Otasi Constantijn Huygens
Onasi Suzanna van Baerle

Gyuygens (Geygens; Huyegens) Xristian (niderlandcha: Christiaan Huygens; 1629.14.4 — Gaaga — 1695.8.7) — niderlandiyalik fizik, mexanik, matematik va astronom. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1663), Parij FA aʼzosi va uning raisi (1665-yildan). Leyden universitetida (1645—47) va Bred universitetida (1647—49) oʻqigan. Birinchi ilmiy ishi analitik geometriyaga bagʻishlangan. Birinchi boʻlib mayatnikli soatni ixtiro qilgan (1657), uning nazariyasini yaratgan, fizik mayatnik tebranishlari qonunlarini aniqlagan, zarba nazariyasiga asos solgan. Yorugʻlikning toʻlqin nazariyasini rivojlantirgan (1678); yorugʻlikning tarqalish mexanizmini tushuntirib, uning nomi bilan ataluvchi (Gyuygens — Frenel prinsipi) ni ilgari surgan (1690); anizotropik muhitda nurning ikkiga ajralishini tushuntirib bergan. R. Guk bilan hamkorliqda termometrning doimiy nuqtalari — muzning erish nuqtasini va suvning qaynash nuqtasini aniqlagan. Teleskopii takomillashtirgan; oʻz nomi bilan ataluvchi okulyar yasagan. Saturn halqalari va uning yoʻldoshi (Titan)ni kashf qilgan (1655). G. ehtimollar nazariyasiga oid dastlabki asarlardan birining muallifi (1657).

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


  1. (unspecified title)
Yuqori