- Vikipediyada ismi Anora va familiyasi Qosimoxunova boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Anoraxon Qosimoxunova | |
|---|---|
| Anarxan Mamasadikovna Kasimaxunova | |
| | |
| Tavalludi | 1954-yil 27-sentyabr Qorasuv, Oʻshda, Qirgʻiziston SSR |
| Fuqaroligi | |
| Ish joylari | Fargʻona politexnika instituti |
| Taʼlimi | Fargʻona politexnika instituti |
| Ilmiy darajasi | texnika fanlari doktori |
| Ilmiy unvoni | professor |
| Mukofotlari | |
Anoraxon Mamasodiqovna Qosimoxunova, Anarxan Mamasadikovna Kasimaxunova (1954-yil 27-sentyabr, Qorasuv shahri, Oʻsh viloyati, Qirgʻiziston SSR) — oʻzbekistonlik olima, texnika fanlari doktori, professor.
Biografiyasi
Anoraxon Qosimoxunova 1954-yil 27-sentyabr Oʻsh viloyati Qorasuv shahrida xizmatchi oilasida tugʻilgan. 1970-yilda Fargʻona politexnika institutini energetika fakultetiga oʻqishga qabul qilingan. 1975-yilda insitutni tugatgach, „Elektr yuritma“ kafedrasida tadqiqotchi lavozimiga tayinlangan va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Kibernetika institutida tadqiqot ishlarini olib borgan. 1979-1984-yillarda Fargʻona politexnika institutida „EAPU“ kafedrasi oʻqituvchisi, 1984—1985-yillarda energetika fakultetining dekani muovini, dekan vazifasini bajaruvchi, 1986—1994-yillarda „Elektr yuritma“ kafedrasining dotsenti, 1994—1996-yillarda „Elektr “ kafedrasining katta ilmiy xodimi, 1996—2001-yillarda „Elektr yuritma“ kafedrasining dotsenti, 2001—2004-yillarda „Iqtidorli talabalar bilan ishlash boʻlimi“ning boshligʻi, 2004—2009-yillarda „Elektr energetikasi“ kafedrasining mudiri, 2009—2010-yillarda „Energetika“ fakultetining dekani lavozimida ishlagan. 2010-yilning mart oyidan „Elektr energetikasi“ kafedrasining professori lavozimida ishlab kelmoqda.
Ilmiy faoliyati
1976—1979-yillarda Leningrad shahridagi Butunittifoq tok manbalarini ilmiy tadqiqot, loyiha-konstruktorlik va texnologik tekshirish institutining aspiranturasida oʻqigan. 1982-yil 2-oktyabrda „Fototermobatareyalar yordamida quyosh va issiqlik energiyasini toʻgʻridan toʻgʻri elektr energiyasiga aylantirishni tadqiqot qilish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab, texnika fanlari nomzodi ilmiy unvoniga ega boʻlgan. 2003-yili „Fototermobatareyalarning ekspluatatsion ish rejimlarini tadqiqot qilish“ mavzuzida doktorlik dissertatsiyasini yarim oʻtkazgichlar va dielektriklar fizikasi ixtisosligi boʻyicha yoqlab, texnika fanlari doktori ilmiy darajasiga, 2010-yili professor ilmiy unvoniga ega boʻldi. 2017-yilda „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 350 dan ortiq ilmiy ishlar, shundan 9 ta monografiya, 3 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanmasi, 6 ta ixtiro 1 ta foydali model muallifi.
- 27-sentyabrda tugʻilganlar
- 1954-yilda tugʻilganlar
- Oʻshda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiylari
- Oʻzbekistonlik olim ayollar
- Texnika fanlari doktorlari
- Oʻzbekiston professorlari
- Fargʻona politexnika instituti bitiruvchilari