Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Mashrab Turonovich Kimsanov (1955-yil 17-avgust, Fargʻona, OʻzSSR — 2024-yil 2-may, Oʻzbekiston) — oʻzbek aktyori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.

Mashrab Kimsanov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mashrab Kimsanov
Tavalludi 17-avgust 1955-yil
Vafoti 2-may 2024-yil(2024-05-02)
(68 yoshda)
Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi kinoaktyor, rejissyor
Turmush oʻrtogʻi Adolat Kimsanova
Mukofotlari

Mashrab Turonovich Kimsanov (1955-yil 17-avgust, Fargʻona, OʻzSSR — 2024-yil 2-may, Oʻzbekiston) — oʻzbek aktyori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.

Tarjimayi holi

Mashrab Kimsanov 1955-yil 17-avgust kuni Fargʻonada tavalud topgan. 1983-yilda S. A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutining aktyorlik fakultetini tamomlagan. 1976–1979-yillarda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida rejissyor assistenti, 1983–1986-yillarda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi aktyori, 1986-yildan „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi qoshidagi Kinoaktyor eksperimental teatr-studiyasi aktori sifatida faoliyat olib borgan. Rejissyor sifatida „Togʻlik kuyov“ va „Besh qismat“ nomli filmlarni suratga olgan.

Umrining oxirgi yillarda aktyor ogʻir xastalikni boshidan kechirgan, 4 marta insult boʻlib, toʻrtinchi insultdan keyin toʻshakka mixlanib qolgan. Uzoq davom etgan xastalik tufayli aktyor 2024-yil 2-may kuni vafot etdi.

Mashrab Kimsanov 1999-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan.

Filmografiyasi

Yil Nomi Obraz Izoh
1997-2000 Charxpalak Jabbor
2006 Haqiqiy erkaklar ovi Kichik narkobaron
Yuqori