- Vikipediyada ismi Hayitali va familiyasi Nizomiddinov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Hayitali Mamatqulovich Nizomiddinov | |
|---|---|
| Tavalludi | 1946-yil Yonboshtut qishlogʻi, Samarqand viloyati, OʻzSSR, SSSR |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | aktyor |
| Faoliyat yillari | 1968—hozirgacha |
| Mukofotlari | |
Hayitali Mamatqulovich Nizomiddinov (1946-yil, Yonboshtut qishlogʻi, Samarqand viloyati, OʻzSSR, SSSR) – taniqli oʻzbek teatr aktyori. Doʻstlik ordeni sohibi (2015). 1974–2000-yillarda Yosh tomoshabinlar teatrida ishlagan. Abdulla Qahhor nomidagi Respublika satira teatrida 2000-yildan beri faoliyat yuritib keladi.
Tarjimayi holi
Hayitali Nizomiddinov 1946-yil Samarqand viloyatining Yonboshtut qishlogʻida (hozirda Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumani) ziyoli oilada tugʻilgan. Oilada oxirgi 12-farzand boʻlgan. Otasi Buxoro madrasalaridan birini tamomlagan va sovetlar hukmronligi davrida dehqonchilik bilan shugʻullangan.
Hayitali Nizomiddinovning yoshligi Quytosh volfram-molibden koni yaqinidagi shu nomli shaxtyorlar shaharchasida oʻtgan. Maktab davrida otasidan arab yozuvini ham oʻrgangan. Rassomchilikka qiziqqan va „Mushtum“ jurnali uchun rasmlar chizgan. Aleksandr Sergeyevich Pushkin nomidagi 4-sonli maktabni 1963-yil bitirgan. Oʻsha davrda oliygohga oʻqishga kirishi uchun 2 yil ish staji talab qilingani uchun bir yil geologiya-ekspeditsiyasida va yana bir yil Malik sovxozida ishchi boʻlib ishlagan.
Oliygohda Bahodir Yoʻldoshev, Nozim Toʻlaxoʻjayev, Joʻra Mahmudov, Baxtiyor Ixtiyorovlar bilan kursdosh boʻlgan. Oʻsha davrda oliygohdan soʻng 2 yil ishlab berganidan keyin diplomni berishgan uchun, 1968–1969-yillar Samarqand teatrida ishlagan. Harbiy xizmatga borgan.
1974–2000-yillarda Yosh tomoshabinlar teatrida ishlagan. Yosh tomoshabinlar teatrida „Ijodkor“ nomli devoriy gazetani chiqargan va gazeta rasmlarini chizgan. 2000-yildan hozirgacha Abdulla Qahhor nomidagi Respublika satira teatri faoliyat yuritib kelyapti.
- Samarqand viloyatida tugʻilganlar
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar