Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Maxwell taqsimoti (talaffuzi: Maksvell) – statistik muvozanat holatida turgan fizik sistema tarkibidagi klassik mexanika qonunlariga boʻysunuvchi zarralar (mole

Maxwell taqsimoti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ehtimollik zichligi funksiyasi
Maxwell tezligini taqsimlash tomon boʻshashadigan 2D gaz simulyatsiyasi

Maxwell taqsimoti (talaffuzi: Maksvell) – statistik muvozanat holatida turgan fizik sistema tarkibidagi klassik mexanika qonunlariga boʻysunuvchi zarralar (molekula, atom, elektron va boshqalar) ning tezlik boʻyicha taqsimlanishi qonuni. 1859-yilda James Clerk Maxwell aniqlagan. Maxwell taqsimotiga, asosan, statistik muvozanat holatidagi gazda ixtiyoriy molekula tezligi v ning koordinatalardagi proyeksiyalarining mos ravishda erishishi mumkin boʻlgan istalgan vx vy, vz kattaliklarga toʻgʻri keluvchi birlik intervaldagi qiymatlardan birortasiga teng boʻlish ehtimolligini ifodalaydi. Maxwell taqsimoti birinchi marta 1920-yilda nemis fizigi Otto Stern tomonidan qizdirish natijasida kumush atomlarining bugʻlanib chikib turishidan foydalanib oʻtkazgan tajribalarida toʻla tasdiqlangan.

Yana qarang

Adabiyotlar

  • Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.


Yuqori