Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Yuriy Mixaylovich Churbanov (ruscha: Ю́рий Миха́йлович Чурба́нов; 1936-yil 11-noyabr – 2013-yil 7-oktyabr) Sovet siyosatchisi va uzoq yillik Bosh kotib Leonid B

Yuriy Churbanov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yuri Churbanov
Sovet Ittifoqi Ichki ishlar vaziri Birinchi oʻrinbosari
Mansab davri
February 1980  November 1984
Hukumat boshligʻi

Aleksey Kosigin

Nikolai Tikhonov
Vorisi Nikolai Ryzhkov
Avvalgisi Viktor Paputin
Keyingisi Vasily Trushin
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 11-noyabr 1936-yil
Moskva, RSFSR, Sovet ittifoqi (hozirda Rossiya)
Vafoti 7-oktyabr 2013-yil(2013-10-07)
(76 yoshda)
Moskva, Rossiya
Siyosiy partiyasi Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi
Turmush oʻrtogʻi Galina Brejneva (sobiq)
Kasbi Siyosatchi

 

Yuriy Mixaylovich Churbanov (ruscha: Ю́рий Миха́йлович Чурба́нов; 1936-yil 11-noyabr – 2013-yil 7-oktyabr) Sovet siyosatchisi va uzoq yillik Bosh kotib Leonid Brejnevning kuyovi edi.

Biografiyasi

Churbonov 1936-yil 11-noyabrda tugʻilgan. Yoshligida u komsomolning faol aʼzosi edi. 1960-yillarda Moskva davlat universitetida oʻqigan va huquq fakultetida oʻqigan. 1967-yilda u politsiyachi boʻlib ishlay boshladi va 1971-yilda Galina Brejneva bilan turmush qurishdan oldin politsiya podpolkovnigi boʻldi. Uning Galina bilan nikohini otasi, Bosh kotib Leonid Brejnev tashkillashtirgan. Churbanov Galina bilan oila qurgach, xotini va ikki farzandini tashlab ketgan. Galinaning dugonasi Rossiya matbuotiga ularning oʻrtasida sevgi boʻlmagani va ular bor-yoʻgʻi ikki marta oʻpishganini aytdi: birinchisi toʻyda, ikkinchisi esa Churbonov qamoqqa tashlanganida edi. Biroq, Churbonovning Galina bilan turmush qurishi uni tezda lavozimga koʻtarikishiga olib keldi. Galina bilan turmush qurganida, u politsiyachi boʻlib ishlagan, ammo toʻrt yildan keyin u Ichki ishlar vazirligi vazirining birinchi oʻrinbosari boʻlib, general harbiy unvoniga ega boʻlgan. Churbonov Galinaning akasi Yuriy bilan birga oʻzbek paxtasi mojarosiga aloqadorligi sababli, oʻzlashtirish va korrupsiyada ayblanib hibsga olingan. 1990-yilda, Churbonov hali qamoqda boʻlganida, Galina ajrashish uchun ariza bergan.

Churbonov 2013-yil 7-oktyabrda vafot etdi.

Yuqori