| Muhammad Muxbir Dizfuliy | |
|---|---|
| | |
| Mansab davri 20-may 2024-yil – avgust 2024-yil | |
| Oʻtmishdoshi | Ibrohim Raisiy |
| Vorisi | Masʼud Pizishkiyon (saylangan) |
| Oliy Rahnamo | Ali Xomanaiy |
| Mansab davri 8-avgust 2021-yil – 19-may 2024-yil | |
| Prezident | Ibrohim Raisiy |
| Vorisi | Isʼhoq Jahongiriy |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1955-yil 1-sentyabr Dizful |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | Siyosatchi |
| Dini | Islom shia |
| Ilmiy unvoni | Magistr |
| Imzosi | |
Muhammad Muxbir Dizfuliy (forscha: محمد مخبر دزفولی; 1955-yil 1-sentyabr, Dizful) — eronlik davlat arbobi, 2021-yil 8-avgustdan 2024-yil 19-mayga qadar Eronning birinchi vitse-prezidenti. 2024-yil 20-maydan Eron prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchisi.
Bolaligi
Muhammad Muxbir 1955-yilda Dizful shahrida tugʻilgan. Xalqaro huquq va menejment fanlari nomzodi va magistr darajasiga ega.
Mehnat faoliyati
Eron-Iroq urushi davrida Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusining tibbiy korpusida ofitser boʻlib xizmat qilgan. 2021-yil 8-avgustdan 2024-yil 19-maygacha Eronning birinchi vitse-prezidenti sifatida faoliyat yuritgan.
Prezidentlik

2024-yil 19-may kuni Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyatida Eronning oliy rahbarlari uchib ketayotgan vertolyot halokatga uchraydi. Natijasida 6 kishi, jumladan Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va mamlakat tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon halok boʻladi. 2024-yil 20-may kuni qonunchilikka asosan Muhammad Muxbir 50 kun muddatga Eron prezidenti vazifasini bajaruvchisi etib tayinlanadi.
Sanksiyalar

2010-yil iyul oyida Yevropa Ittifoqi Muhammad Muxbirni „yadroviy yoki ballistik raketa faoliyati“ masalasiga aloqadorlikda ayblanib, sanksiya qoʻyilgan jismoniy va yuridik shaxslar roʻyxatiga kiritdi. Ikki yildan soʻng u qayd etilgan roʻyxatdan chiqariladi.
- 1-sentyabrda tugʻilganlar
- 1955-yilda tugʻilganlar
- Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar
- Yashayotgan insonlar


