| Hasan Ruhoniy | |
|---|---|
fors. حسن روحانی | |
| | |
| Mansab davri 2013-yil 3-avgust – 2021-yil 3-avgust | |
| Oʻtmishdoshi | Mahmud Ahmadinajod |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1948-yil 12-noyabr |
| Kasbi | huquqshunos |
| Maʼlumoti | |
Hasan Ruhoniy — 2013-yildan 2021-yilgacha Eron Islom Respublikasining Prezidenti. 1948-yil, 12-noyabrda Eronning Sorhe shahrida tugʻilgan. Hasan Ruhoniy siyosatchilikdan tashqari Islomning Shia mazhabi yetakchisi hamdir. Hasan Ruhoniy Eronning 7-prezidenti hisoblanadi.
Hayoti
Hasan Ruhoniy 1948-yil 12-noyabrda Eronning Semnan ostanidagi Sorhe shahrida tugʻilgan. Diniy savodni 1960-yildan boshlab oldi. 1969-yil Tehron universitetiga oʻqishga kirdi va 1972-yili Sud huquqlari boʻyicha bakalavr darajasiga koʻtarildi. 1995-yilda Shotlandiyaning Glazgo shahridagi Kaledon Universitetida „Eron misolida Islomiy qonunchilik“ (The Islamic legislative power with to the Iran experience) magisterlik dissertatsiyasini yoqladi. 1999-yili oʻsha universitetda „Falsafa va Davlat huquqshunosligi“ boʻyicha doktor unvonini qoʻlga kiritdi.
Shuningdek Hasan Ruhoniy koʻp tillarda soʻzlasha oladi, bular: fors, arab, ingliz, fransuz va olmon tillaridir.
Siyosiy karyerasi
1991-yildan boshlab siyosiy karyerasi boshlandi. 1989-yildan „Milliy Xavfsizlikning oliy kengashi“ aʼzosi, 1999-yildan boshlab esa „Ekspertlar Hamjamiyati“ aʼzosi. Eron yadroviy dasturi boʻyicha Yevropa davlatlari bilan muzokara olib borgan. 2013-yil 15-iyun kuni „Prezideentlik saylovlari“da gʻalaba qozondi va „Eron Islom Respublikasi Prezidenti“ deb eʼlon qilindi.
Fotosuratlar
Hasan Ruhoniy yoshligida.
Hasan Ruhoniy 2003-yilda Eronning Bam shahridagi zilziladan soʻng amerikaning dala gospitaliga tashrif buyurmoqda.
Tehronning Vali-Asr koʻchasida Hasan Ruhoniyni qoʻllab-quvvatlayotganlar mitingi.
Hasan Ruhoniy omma oldida chiqish qilmoqda. 2013-yil.
Shanxay Hamkorlik Tashkilotining 2013-yildagi yigʻinida.
- 12-noyabrda tugʻilganlar
- 1948-yilda tugʻilganlar
- Eron siyosatshunoslari
- Eron prezidentlari
- Yashayotgan insonlar
- Davlat yetakchilari haqidagi chala maqolalar
- Prezidentlar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
