| Shahzoda Sulaymon | |||||
|---|---|---|---|---|---|
| Tugʻilishi | tax. 1613/1615 Topkapı saroyi, Konstantinopol, Usmoniylar imperiyasi | ||||
| Vafoti | 1635-yil 27-iyul Topkapı saroyi, Konstantinopol, Usmoniylar imperiyasi | ||||
| Dafn etilgan joy | Ahmad I maqbarasi, Ahmadiya masjidi, Konstantinopol | ||||
| |||||
| Sulola | Usmoniylar | ||||
| Otasi | Ahmad I | ||||
| Onasi | Kösem Sulton yoki Mahfiruz Sulton | ||||
| Dini | Islom, sunniylik | ||||
Shahzoda Sulaymon (Usmonli turkchasi: شهزاده سليمان; tax. 1613/1615 — 1635-yil 27-iyul) — Usmoniylar shahzodasi, Usmoniylar imperiyasi sultoni Ahmad I ning oʻgʻli.
Hayoti
Shahzoda Sulaymon 1613–1615-yillar oraligʻida Topkapı saroyida tugʻilgan. Uning otasi Usmoniylar imperiyasi sultoni Ahmad I, onasi esa Kösem Sulton yoki Mohfiruz Sultondan boʻlgan.
Sulton Murod IV 1623-yilda taxtga chiqqach, shahzoda Sulaymon Kafesga qamab qoʻyilgan.
Vafoti
1635-yilda Sulaymon va uning ukasi Boyazid Erivandagi gʻalaba munosabati bilan oʻtkazilgan tantanalar paytida qatl etilgan. Buyruqni sulton Murod IV bergan, Sulaymonning qatl etilish sababi nomaʼlum. Ehtimol, Murod IV ga qarshi boʻlgan muxoliflar va raqiblar tomonidan uni taxtdan agʻdarish maqsadida qoʻllab-quvvatlangan.
Vafotidan soʻng Sulaymon otasi Ahmad I ning Ahmadiya masjididagi maqbarasiga dafn etilgan.
- Qirollik bilgiqutisida nomaʼlum parametrlar qoʻllangan sahifalar
- Usmoniylar imperiyasi shahzodalari
- 1610-yillarda tugʻilganlar
- 1635-yilda vafot etganlar
- Sultonlarning oʻgʻillari
- Xalifalarning oʻgʻillari