| Farhod Nuritdinovich Zayniyev | |
|---|---|
| Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati | |
| Mansab davri 2020-yil | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1981-yil 30-iyun Qarshi, OʻzSSR, SSSR |
| Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
| Millati | oʻzbek |
| Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi |
| Otasi | Nuriddin Zayniyev |
| Taʼlim | Toshkent davlat texnika universiteti (2002-yil) Toshkent moliya instituti (2004-yil) Toshkent davlat yuridik universiteti (2008-yil) |
| Mukofotlari | |
Farhod Nuritdinovich Zayniyev(1981-yil 30-iyun, Qarshi, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik moliyachi va huquqshunos, 2020-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi aʼzosi.
Biografiyasi
Farhod Zayniyev 1981-yil 30-iyunda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan. 2002-yilda Toshkent davlat texnika universitetini, 2004-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. 2008-yilda Toshkent davlat yuridik universitetining yuridik fakultetini tamomlagan. Millati oʻzbek.
2001—2002-yillarda Oʻzsanoatqurilishbank tezkor boshqaruv boʻlimining mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.
2005—2006-yillarda Oʻzbekiston milliy bankida Bank boʻlimlarini boshqarish markazi Agrosanoat kompleksida ishlarni muvofiqlashtirish va maqsadli mablagʻlar monitoringi booʻimi 1-toifali mutaxassisi.
2009—2016-yillarda Naqd pul muomalasi va kassa operatsiyalari boʻlimining boshqaruvchisi boʻlgan.
2016-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy bankining Qashqadaryo viloyati filiali boshqaruvchisi lavozimini egallagan.
2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi. Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining aʼzosi boʻldi. Sanoat, qurilish va savdo boʻyicha komissiya aʼzosi.
Mukofotlari
- „Shuhrat“ medali (2026-yil 22-avgust) — Yangi O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, uning iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, hududlar infratuzilmasini jadal rivojlantirish borasidagi ulkan xizmatlari, jamiyatimizda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun.
- 30-iyunda tugʻilganlar
- 1981-yilda tugʻilganlar
- Qarshida tugʻilganlar
- Shuhrat medali sohiblari
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari
- Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari
- Toshkent moliya instituti bitiruvchilari
- Milliy tiklanish demokratik partiyasi aʼzolari
- Alifbo boʻyicha siyosatchilar