Pavel Ismoilovich Ergashev – oʻzbek harbiy qoʻmondoni, Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabining sobiq boshligʻi. Lavozimga 2018-yil 11-yanvarda tayinlangan va 2021-yilning mart oyida lavozimidan ozod etilgan. General-mayor Ismoil Ergashevning oʻgʻli. 2005-yilda Andijon voqealarini bostirishdagi ishtiroki uchun bir yilga Yevropa Ittifoqiga kirishi taqiqlangan 12 nafar yuqori martabali amaldorlardan biri edi. Oʻsha paytda Mudofaa vazirligining otryadiga qoʻmondonlik qilgan edi. 2017-yil 4-sentyabrda Shavkat Mirziyoyev tomonidan mudofaa vaziri oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi va Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni lavozimiga tayinlangan edi.
| Pavel Ismoilovich Ergashev | |||
|---|---|---|---|
Павел Исмаилович Эргашев | |||
![]() | |||
| Mansab davri 2017-yil 4-sentyabrdan – 2021-yil 11-noyabrgacha | |||
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev | ||
| Oʻtmishdoshi | ? | ||
| Vorisi | ? | ||
| Shaxsiy maʼlumotlari | |||
| Tavalludi | 2-iyul 1964-yil Toshkent | ||
| Kasbi | harbiy muhandis | ||
| Mukofotlari | | ||
| Unvoni | General-mayor | ||
| Janglari | Andijon voqeasi | ||
2013-yil avgust oyida Prezident Islom Karimov tomonidan 2-darajali „Shon-Sharaf“ ordeni bilan taqdirlangan.

