| Vanda Vasilevskaya | |
|---|---|
| Tavalludi | 21-yanvar 1905 |
| Vafoti | 29-iyul 1964 |
| Ijod qilgan tillari | Polyak tili |
| Fuqaroligi | SSSR va Polsha Xalq Respublikasi |
Vanda Lvovna Vasilevskaya (1905.21.1, Krakov - 1964.29.7, Kiyev) — polyak va rus yozuvchisi, jamoat arbobi. Polyak tilida yozgan. Krakov universitetini tugatgan (1927). "Shu kunning qiyofasi" (1934) qissasi, "Vatan" (1935) romanida ishchi va dehqonlarning XX asr boshlaridagi hayoti, Ikkinchi jahon urushidagi xalq qahramonliklari madh etilgan. V. "Kamalak" (1942), "Chin muhabbat" (1944), "Chiroq yonganda" (1946). "Hayot-mamot kurashida" (1958) qissalari, "Suv uzra qoʻshiq" trilogiyasi ("Botqoqlikdagi olov", 1940; "Kuldagi yulduzlar" 1946; "Daryolar yonmokda", 1951) kabi asarlar muallifi. "Chin muhabbat" asarini Asqad Muxtor oʻzbek tiliga tarjima qilgan (1947).
- Rossiyalik yozuvchilar
- Rossiya yozuvchilari