![]() Zetterer Austria Klagenfurt safida. 2019-yil | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Tavallud sanasi | 1995-yil 12-iyul | ||
| Tavallud joyi | Munich, Germaniya | ||
| Boʻyi | 1.87 m | ||
| Ampluasi | Darvozabon | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Werder Bremen | ||
| Raqami | 30 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| —2006 | DJK Darching | ||
| 2006—2013 | SpVgg Unterhaching | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2013—2015 | SpVgg Unterhaching | 30 | (0) |
| 2015— | Werder Bremen | 11 | (0) |
| 2015— | Werder Bremen II | 30 | (0) |
| 2019 | → Austria Klagenfurt (ijara) | 14 | (0) |
| 2019—2021 | → PEC Zwolle (ijara) | 32 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2014—2016 | Germaniya U20 | 4 | (0) |
| 2016 | Germaniya U21 | 1 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 1-iyun uchun) | |||
Michael Zetterer (talaffuzi: Maykl Zetterer; 1995-yil 12-iyulda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Bundesliganing Werder klubi darvozaboni.
Klublardagi faoliyati
Zetterer Bavariya vodiysida mahalliy DJK Darching safida futbol oʻynay boshladi. Oʻn bir yoshida, 2006-yilda SpVgg Unterhachingning yoshlar jamoasiga oʻtdi. 2012-yil dekabr oyida 2013-yildan 2016-yilgacha boʻlgan uch yillik professional shartnoma imzoladi.
SpVgg Unterhaching
2013-2014-yilgi mavsumda Zetterer avvaliga Korbinian Müllerdan keyingi zaxira darvozabon sifatida ishlagan. Korbinian Müllerning zaif tomonlari tufaylini bosh murabbiy Manuel Baum Zettererni yangi asosiy darvozabon etib tayinladi. U 2014-yilning 1-martida jamoasi Hallescher FCda mehmonda 4:2 hisobida mag‘lub bo‘lganida debyut qilgan.
2014-2015-yilgi mavsumda Zetterer Unterxachingning doimiy darvozaboni boʻlib qoldi. Uning oʻyinlari Germaniya yoshlar terma jamoasi va Bundesliganing bir qancha klublarida qiziqish uygʻotdi.
Werder Bremen
2015-yilning yanvarida Zetterer Bundesliga vakili Werderga oʻtdi. OAV xabariga koʻra, u 2018-yilgacha shartnoma imzolagan va uning transfer narxi 100 000 yevroni tashkil qilgan. Raphael Wolf va Koen Casteelsdan keyingi zaxirada darvozaboni boʻldi. 2014-2015-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida Zetterer Werderning zaxira jamoasi bilan yettita o‘yin o‘tkazdi va uning to‘rtinchi bosqich Regionalligadan 3.Ligaga ko‘tarilishiga hissa qo‘shdi.
Wolf jarohatlangan keyin Zetterer 2015-2016-yilgi mavsumning birinchi yarmida asosiy jamoaning ikkinchi darvozaboni boʻlgan. Mavsumdagi ilk uchrashuvini 2015-yil 1-noyabrda o‘rinbosarlar jamoasi Chemnitserga qarshi o‘yinda (3:2) o‘tkazdi.
2018-yilning iyul oyida Werder bilan shartnomasini 2019-yilgacha uzaytirishga kelishib oldi.
2019-yilning fevral oyida Avstriyaning Klagenfurt klubiga ijaraga oʻtdi.
2022-yil 11-sentabrda Bundesligadagi debyutini o‘tkazdi va Augsburgga qarshi o‘yinda (1:0) jarohat olgan Jiří Pavlenkaning o‘rniga maydonga tushdi.
Xalqaro faoliyati
2014-yilning avgust oyida Zetterer birinchi marta Germaniya U20 terma jamoasiga kiritildi. Hozirgacha u terma jamoada 4 marta oʻynagan.
Faoliyat statistikasi
Klublarda
- 1-iyun, 2022-yil
| Klub | Mavsum | Liga | DFB-Pokal | Boshqa | Jami | Manba | |||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Liga | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | |||
| SpVgg Unterhaching | 2013—2014 | 3. Liga | 11 | 0 | 0 | 0 | — | 11 | 0 | ||
| 2014—2015 | 3. Liga | 19 | 0 | 0 | 0 | — | 19 | 0 | |||
| Jami | 30 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 30 | 0 | — | ||
| SpVgg Unterhaching II | 2014—2015 | Bayernliga Süd | 1 | 0 | 0 | 0 | — | 1 | 0 | ||
| Werder Bremen II | 2014—2015 | Regionalliga Nord | 7 | 0 | - | — | 7 | 0 | |||
| 2015—2016 | 3. Liga | 1 | 0 | - | — | 1 | 0 | ||||
| 2016—2017 | 3. Liga | 22 | 0 | - | — | 22 | 0 | ||||
| Jami | 30 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 30 | 0 | — | ||
| Werder Bremen | 2021—2002 | 2. Bundesliga | 11 | 0 | 1 | 0 | — | 12 | 0 | ||
| Austria Klagenfurt (ijara) | 2018—2019 | Avstriya ikkinchi ligasi | 14 | 0 | 0 | 0 | - | 14 | 0 | ||
| PEC Zwolle (ijara) | 2019—2020 | Eredivisie | 13 | 0 | 1 | 0 | — | 14 | 0 | ||
| 2020—2021 | Eredivisie | 19 | 0 | 1 | 0 | — | 20 | 1 | |||
| Jami | 32 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 34 | 0 | — | ||
| Jami faoliyati | 118 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 121 | 0 | — | ||
Terma jamoada
| Yillar | Terma jamoa | Ishtirok | Gollar |
|---|---|---|---|
| 2014—2016 | Germaniya U20 | 4 | 0 |
| 2016 | Germaniya U21 | 1 | 0 |
- 12-iyulda tugʻilganlar
- 1995-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Germaniyalik erkak futbolchilar
