| tuman | |
|---|---|
| Tarkibida | Oqtoʻba viloyati |
| Maʼmuriy markazi | Oʻyil |
| Asos solingan sanasi | 1930-yil |
| Akim | Jusibaliyev Asqar Qazixanovich |
| Rasmiy tillar | qozoq |
| Aholi (2013) | 18,914 |
| Zichligi | 1,6 kishi./km² |
| Dinlar tarkibi | Musulmonlar, Xristianlar |
| Maydoni | 11,500 km² |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
| Telefon kodi | +7 71332 |
| Pochta indeksi | 030900-030907 |
| Avtomobil raqami kodi | D, 04 |
| Rasmiy sayti | http://uil.aktobe.gov.kz/kk |
| Xaritada | |
| | |
| 49°4′25″N 54°39′47″E / 49.07361°N 54.66306°E | |
Oʻyil tumani — Oqtoʻba viloyatining shimoli-gʻarbiy qismidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 11,5 ming km2. Tuman 1930-yilda tashkil topgan. Aholisi 18 914 (2013); kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 1,6 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman markazi — Oʻyil qishlogʻi.
Iqlimi
Tuman iqlimi keskin kontinental, qishi ancha sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati –14 — 16 °С, iyul oyining yillik oʻrtacha harorati 22 – 24°С. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori 220 – 250 mm.
Aholi punktlari
Qayindi, Qorakemar, Qoraoʻy, Qaratal, Kamar, Koʻptoʻgʻoy, Sarbie, Oʻyil
Ijtimoiy soha
Tumanda 25 ta maktab, 1 madaniyat uyi, 14 kutubxona, 4 klub, 1 muzey aholiga xizmat qilmoqda. Tibbiyot sohasida tuman kasalxonasi va shifoxonasi, san.-epidemiologik stansiya, 8 feld.-akusherlik punkt aholi uchun xizmatda. Tuman hududi orqali Oʻyil – Shubarquduq, Oʻyil – Qoʻbda avtomabil yoʻllari oʻtadi.
- Oqtoʻba viloyati
- Qozogʻiston tumanlari