Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Daniel Alves da Silva - (1983-yil 6-mayda tugʻilgan), Dani Alves nomi bilan tanilgan, braziliyalik professional futbolchi, Liga MX klubi UNAM va Braziliya terma

Dani Alves

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Dani Alves
2019-yil Alves Brazilya terma jamoasi safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Daniel Alves da Silva
Tavallud sanasi 1983-yil 6-may (1983-05-06) (43 yosh)
Tavallud joyi Juazeiro, Brazil
Boʻyi 1.72 m
Ampluasi O`ng qanot himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
UNAM
Raqami 33
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1996-1998 Juazeiro
1998-2001 Bahia
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2001-2003 Bahia 25 (2)
2003-2008 Sevilla 175 (11)
2008-2016 Barcelona 247 (14)
2016-2017 Juventus 19 (2)
2017-2019 Paris Saint-Germain 48 (2)
2019-2021 São Paulo 76 (8)
2021-2022 Barcelona 14 (1)
2022- UNAM 1 (0)
Milliy terma jamoa
2003 Brazilya U20 17 (0)
2021 Brazilya Olympiya jamoasi 7 (0)
2006- Brazilya 124 (8)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(28-iyul uchun)

Daniel Alves da Silva - (1983-yil 6-mayda tugʻilgan), Dani Alves nomi bilan tanilgan, braziliyalik professional futbolchi, Liga MX klubi UNAM va Braziliya terma jamoasida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. Barcha davrlarning eng buyuk qanot himoyachilaridan biri deb hisoblangan Alves futbol tarixidagi eng koʻp mukofotlangan futbolchi boʻlib, yuqori darajadagi 46 unvon, va umumiy hisobda 47 rasmiy unvonga ega.

Yoshlik

Alves Braziliyaning Baxiya shtatidagi Juazeyro shahrida tugʻilgan. Otasi Domingos Alves da Silva fermer oilasida tugʻilgan. Alvesning otasi ham futbolga ishtiyoqi bor edi va oxir-oqibat oʻzining futbol jamoasini tashkil etishga muvaffaq boʻldi. Alves 6 yoshida qanot himoyachisi sifatida uynay boshlagan, ammo u gol ura olmagani uchun otasi uni yana oʻng qanot himoyachisi sifatida joylashtirgan. Alves yoshligida dehqon va savdogar boʻlib ishlagan.

Jamoalardagi faoliyati

Bahia

Alves Bahia klubida professional debyutini 2001-yilgi Campeonato Brasileiro A Seriyasi uchun Parana Clubega qarshi oʻyinda qilgan. Alves usha oʻyinda ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Uning doimiy yaxshi oʻyinlari uchun 2002-yilning oʻrtalarida Ispaniyaning „ Sevilya“ jamoasi ijaraga oldi.

Sevilla

2002/03-yilgi mavsumdan soʻng, „Bahia“dan „Sevilya“ga ijaraga olingan Alves 2003-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish uchun safar qildi va u yerda Braziliya turnirda gʻalaba qozondi. U turnirning uchinchi eng yaxshi futbolchisi deb topildi va shundan soʻng Sevilyaga transfer qilindi.

Barselona

Alves 2008/09-yilgi UEFA Chempionlar Ligasida Qozonning „Rubin“ klubiga qarshi oʻyinda.

2008-yilning 2-iyulida Alves „ Barselona“ ga qoʻshild. U „Sevilya“ga bolaligida kelganini va erkak boʻlib ketayotganini aytdi. Transferning rasmiy narxi 23 million funtni tashkil qildi. Alves 2008-yilning 13-avgustida 2008-09-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi 3-bosqich saralashida " Visla Krakov "ga qarshi „Barselona“ safida raqobatbardosh va Yevropadagi debyutini o‘tkazdi U La Ligadagi debyutini Liga mavsumida oʻtkazdi 2008-yil 31-avgustda " Numansiya "ga qarshi oʻyinda oʻtqazdi.

Uchinchi Chempionlar Ligasi chempioni

2015-yil 6-iyun kuni Alves 2015-yilgi Chempionlar ligasi finalida „Barsa“ safida maydonga tushdi va Barcelona Berlindagi Olimpiya stadionida "Yuventus" ni mag‘lub etib, beshinchi evrokubogini qo‘lga kiritdi. Alves, Lionel Messi, Andrés Iniesta, Xavi, Jerar Pike, Pedro va Serxio Buskets trebl yutgan jamoaning yagona futbolchilari boʻldi.

UNAM

2022-yilning 23-iyulida Alves Liga MX klubi UNAM bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Terma jamoadagi faoliyat

2007-yilgi Amerika kubogi

Alves Braziliya terma jamoasi safida 2006-yil 7-oktyabr kuni Kuvaytning " Al-Kuvayt Seleksiya " klubiga qarshi norasmiy o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Uch kundan soʻng, u Ekvadorga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻzining birinchi milliy terma jamoa dagi debyutini oʻtqazdi.

Yutuqlar

Bahia

  • Campeonato Baiano : 2001
  • Nordeste kubogi : 2001, 2002

Sevilla

  • Qirol kubogi : 2006-07
  • Ispaniya Superkubogi : 2007-yil
  • UEFA kubogi : 2005-06, 2006-07
  • UEFA Superkubogi : 2006-yil
Alves 2015-yil UEFA Superkubogida gʻalaba qozonganidan keyin

Barselona

  • La Liga : 2008-09, 2009-10, 2010-11, 2012-13, 2014-15, 2015-16
  • Qirol kubogi : 2008-09, 2011-12, 2014-15, 2015-16
  • Ispaniya Superkubogi : 2009, 2010, 2011, 2013
  • Kataloniya kubogi : 2012-13, 2013-14
  • Kataloniya Superkubogi : 2014-15
  • UEFA Chempionlar Ligasi : 2008-09, 2010-11, 2014-15
  • UEFA Superkubogi : 2009, 2011, 2015
  • FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati : 2009, 2011, 2015-yil

Yuventus

  • A seriya : 2016-17
  • Italiya kubogi : 2016-17

Parij Sen-Jermen

  • Liga 1 : 2017-18, 2018-19
  • Fransiya kubogi : 2017-18 ;
  • Kupe de la Liga : 2017-18
  • Chempionlar kubogi : 2017, 2018

San-Paulu

  • Kampeonato Paulista : 2021-yil

Braziliya

  • Kopa Amerika : 2007, 2019
  • FIFA Konfederatsiyalar kubogi : 2009, 2013

Braziliya Olimpiadasi

  • Yozgi Olimpiya oʻyinlari : 2020

Braziliya U20

  • FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati : 2003-yil

Shaxsiy sovrinlari

  • FIFA U-20 Jahon chempionati bronza toʻpi : 2003
  • UEFA Kubogining eng qimmat futbolchisi: 2005-06
  • UEFA yilning eng yaxshi jamoasi : 2007, 2009, 2011, 2015, 2017
  • Yilning ESM jamoasi : 2006-07, 2008-09, 2009-10, 2010-11, 2011-12  
  • FIFA FIFPro World11 : 2009, 2011, 2012, 2013, 2015, 2016, 2017, 2018
  • La Ligada mavsumning eng yaxshi himoyachisi : 2008-09
  • FIFA Konfederatsiyalar kubogi turnirining eng yaxshi jamoasi: 2013-yil
  • La Liganing mavsum jamoasi : 2014-15
  • France Football World XI: 2015
  • A Seriyaning eng yaxshi jamoasi : 2016-17
  • IFFHS Jahon erkaklar jamoasi : 2017
  • UNFP Liga 1 -yilning eng yaxshi jamoasi : 2017-18
  • Kopa Amerikaning eng yaxshi futbolchisi : 2019
  • Copa America turniri jamoasi: 2019
  • IFFHS CONMEBOL Oʻn yillik jamoasi : 2011-2020
  • Campeonato Paulista turnir jamoasi: 2020

Rekordlari

Yuqori