Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Teshaboyev Toʻlqin Zakirovich – iqtisod fanlar doktori, professor, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori. TMI rektori (2020—2024), TATU rektori (2016

Toʻlqin Teshaboyev

Teshaboyev Toʻlqin Zakirovich – iqtisod fanlar doktori, professor, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori. TMI rektori (2020—2024), TATU rektori (2016—2020) lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Teshaboyev Toʻlqin Zakirovich
Teshabayev To'lqin Zakirovich.jpg
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori
Mansab davri
8-fevral 2024-yil
Oʻtmishdoshi Kongratbay Sharipov
Toshkent Moliya instituti rektori
Mansab davri
8-oktyabr 2020-yil – 8-fevral 2024-yil
Oʻtmishdoshi Ulug‘bek Azizov
Vorisi lavozim tugatilgan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 16-noyabr 1962-yil (1962-11-16) (63 yosh)
Fuqaroligi O'zbekiston

Faoliyati

  • 1984-1985-yy. – Toshkent elektrotexnika aloqa instituti avtomatlashtirilgan elektr aloqa kafedrasi laboranti.
  • 1985-1987.-yy. – Harbiy xizmatda.
  • 1987-1988-yy. – Toshkent elektrotexnika aloqa instituti telekommunikatsiya tarmoqlari va kommutatsiya tizimlari kafedrasi texnigi.
  • 1988-1994-yy. – Toshkent elektrotexnika aloqa instituti telekommunikatsiya tarmoqlari va kommutatsiya tizimlari kafedrasi ishlab chiqarish ustasi.
  • 1994-2003-yy. – Toshkent elektrotexnika aloqa instituti birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi raisi.
  • 2003-2009-yy. – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti moliya va iqtisod masalalari boʻyicha prorektori.
  • 2009-2012-yy. – Oʻzbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi raisi.
  • 2012-2014-yy. – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti oʻquv ishlari boʻyicha birinchi prorektori.
  • 2014-2016-yy. – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi rais oʻrinbosari.
  • 2016-2020-yy. – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori. 2016-yilda TATU rektorining virtual qabulxonasini ishga tushiradi. 2018-yilda TATUda oʻqitishning kredit tizimini joriy etadi.
  • 2020-2024-yy. – Toshkent moliya instituti rektori.
  • 2024-yil 8-fevral kuni Prezident qarori bilan Toshkent moliya instituti va Fiskal insitutini qoʻshib olish yoʻli bilan qayta tashkil etilgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi .
Yuqori