Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Madina Mumtoz, haqiqiy ismi sharifi Musayeva Madinabonu Bahriddin qizi, (10-oktyabr, 1990-yilda tugʻilgan) — oʻzbek qoʻshiqchisi va kino aktrisasi. Xonanda 2010

Madina Mumtoz

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Madina Mumtoz
Tavalludi Musayeva Madinabonu Bahriddin qizi
1990-yil 10-oktyabr (1990-10-10) (35 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston
Janrlar Pop va milliy
Faoliyat yillari 2005 — 2019
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Amplua vokal
Mukofotlari Nihol-2010

Madina Mumtoz, haqiqiy ismi sharifi Musayeva Madinabonu Bahriddin qizi, (10-oktyabr, 1990-yilda tugʻilgan) — oʻzbek qoʻshiqchisi va kino aktrisasi. Xonanda 2010-yilda „Nihol“ davlat mukofoti sovrindori boʻlgan.

Madina 2010-yilda surʼatga olingan „Janob hech kim“ filmida oʻynagan rolidan keyin Oʻzbekistonda shuhrat qozondi. Undan keyingi yillarda akrisa bir necha kinokomediyalarda rol ijro etdi. Xususan, 2010-yilda katta ekranlarda namoyish etilgan „Oʻzimdan oʻzimgacha“, 2012-yilda surʼatga olingan „Endi dadam boʻydoq“ filmlari aktrisaga katta shuhrat olib keldi.

Hayoti

Madina Mumtoz 1990-yil 10-oktabrda Toshkentda tugʻilgan. Xonandaning otasi Musayev Bahriddin Joʻrayevich. Madina taniqli aktrisa, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Raʼno Yarashevaning qizi. Oʻzbekiston konservatoriyasida tahsil olgan. Xonanda onasi Raʼno Yarasheva bilan bir necha filmda, jumladan, „Oʻzimdan oʻzimgacha“ (2009), „Ichkuyov“ (2009), „Mening akam boʻydoq!“ (2011), „Bevalar“ (2012) hamda „Endi dadam boʻydoq“ (2012) filmlarida birga rol ijro etgan. Xonanda 2012-yil ishbilarmon Murod Chustiy bilan turmush qurgan. Bugungi kunda ularning uch nafar oʻgʻil farzandlari bor. Xonandaning 2013-yil Muhammad Yusuf, 2015-yil Muhammad Yunus va 2020-yil Yahya ismli farzandlari dunyoga keldi.

Filmografiyasi

Film
Yil Film Rol
2007 Lola Zilola
2009 Achchiq hayot Madina
Ichkuyov Madina
Oʻzimdan oʻzimgacha Oysha
Janob hech kim Gulzoda
2010 Muhabbatnoma Zulfiya
Yuzma yuz Gulrux
2011 Mening akam boʻydoq Zumrad
2012 Endi dadam boʻydoq Zumrad
Qudajonlar ?
Bevalar Dildora

Diskografiyasi

Yil Albom
2013 Bolajon

Kliplari

Yil Qoʻshiq
2007 „Fargʻona Ruboiysi“
2010 „Balki“ (Diyor Mahkamov bilan)
„Qoʻshchinor“
„Qora koʻzima“ (Samandar Hamroqulov bilan)
2012 „Sallamno“
2013 „Baxtli boʻl“
2014 „Bolajon“
2015 „Ey Yor Jonim“
„Sevishin aytolmadi“
2017 „Nedan“ (Bahodir Nizomov bilan)
Yuqori