Yulduz Rajabova (1987-yil 24-yanvarda tugʻilgan) — oʻzbek hamda turk film va teatr aktrisasi.
Hayoti
1987-yil 24-yanvarda Navoiy shahrida tugʻilgan. Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutini tugatgan. Shu oliygoh qoshidagi teatrda faoliyatini boshlagan. Ayni vaqtda „Diydor“ teatr studiyasining aktrisasi.
„Mendirman Jaloliddin“ serialida Qutlibeka obrazini gavdalantirgan. Oscar mukofotiga tavsiya etilgan Faridaning ikki ming qoʻshigʻi filmida ham bosh rolni ijro etgan.
Filmografiyasi
| Yil | Nomi | Davlat | Roli |
|---|---|---|---|
| 2023 | Evrilish | Oʻzbekiston | Asosiy rol |
| 2021 | Mendirman Jaloliddin | Turkiya, Oʻzbekiston | Qutlibeka |
| 2020 | Baron 2 | Rossiya, Oʻzbekiston | Nargiz |
| 2020 | Faridaning ikki ming qoʻshigʻi | Oʻzbekiston | Asosiy rol |
| 2019–2025 | Kuruluş: Osman | Turkiya | Aysha-hatun |
| 2019 | Tuhmat girdobi | Oʻzbekiston | Asosiy rol |
| 2017 | Dadam betob | Oʻzbekiston | Pokiza – Asosiy rol |
| 2016 | Oyqiz ertagi | Oʻzbekiston | Oyqiz – Asosiy rol |
| 2016 | Boyvachcha kuyov | Oʻzbekiston | |
| 2016 | Virus | Oʻzbekiston | Asosiy rol |
| 2015 | Sotqin | Oʻzbekiston | |
| 2014 | Zarb | Oʻzbekiston | Maryam |
| 2013 | Turist | Oʻzbekiston | Ruhshona – Asosiy rol |
| 2013 | Xazon | Oʻzbekiston | Asosiy rol |
Mukofotlari
2021-yilda Shuhrat medali bilan taqdirlangan.
Turkumlar::
- Oʻzbekistonlik aktrisalar
- Yashayotgan insonlar