Ilmira Rahimjanova | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 1969-yil 27-sentyabr Toshkent, Oʻzbek SSR, SSRI |
| Kasbi | Aktrisa, rejissor, teleboshlovchi |
| Faoliyat yillari | 1997 — hozirgi kun |
| Fuqaroligi | |
Ilmira Rahimjanova (1969-yil 27-sentyabrda tugʻilgan) — kino va teatr aktrisasi, rejissor va teleboshlovchi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida tugʻilgan. Aktrisaga 1997-2000-yillarda suratga olingan Sharof Boshbekovning „Charxpalak“ teleserialidagi „Loʻli Maryam“ obrazi katta shuhrat olib kelgan.
Ilmira Rahimjonova Toshkent shahridagi Madaniyat texnikumini tamomlagan. 1990-1994-yillari Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi „Gulyor“ folklor etnografik xalq ansamblida baletmeyster boʻlib ishlagan.
Keyinchalik Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutida tahsil olgan.
1994-2005-yillarda Muqimiy nomidagi oʻzbek davlat musiqali teatrining xor artisti boʻlib ishlagan.
2005-2016-yillarda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida rejissor yordamchisi boʻlib ish boshlaydi. Rejissor va senarist Sobir Nazarmuhammedov shogird boʻlib, rejissorning yordamchi sifatida faoliyat yuritadi. Bu paytda Rustam Sa’diyevning „Muhabbat sinovlari“ (birinchi va ikkinchi qismlari), „Nahotki sen“ filmlarida, Bahrom Yoqubovning „Sarvinoz“, „Fotima va Zuhra“ badiiy filmlarida rejissor yordamchi sifatida ijod qiladi. Muzrob Boymurodovning „Qonli olishuv“ (2003), Umid Hamdaomovning „Shunqorlar“, Farhod Xudoyberganovning „Barakasini bersin“ badiiy filmlarida ishlaydi.
Ilmira Rahimjonova 2002-yil „Yoshlar“ telekanalidagi „Askar maktublari“ koʻrsatuvida boshlovchi sifatida ish boshlagan.
2016-2017-yillarda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida aktrisa sifatida faoliyat koʻrsatadi.
2018-2020-yillarda Oʻzbekiston Respiblikasi Mudofaa vazirligi madaniyat va ma’rifat markazi qoshidagi „Turon“ davlat harbiy teatri akrisasi. Aktrisa Husniya rolini ijro etgan „Faridaning ikki ming qoʻshigʻi“ filmi 94-Academy Awards, Oscar taqdimotida Oʻzbekiston nomidan „Eng yaxshi xalqaro film“ nominatsiyasida qatnashgan. 2026-yil 28-mayda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Filmografiyasi
| Yil | Sarlavha | Rol | Izoh |
|---|---|---|---|
| 2000 | Chayongul | Guli | Drama |
| 2003 | Muhabbat sinovlari | Bank xodimasi | Melodrama |
| 2004 | Devona | Pochtachi | Drama |
| 2005 | Fotima va Zuxra | Detektiv | |
| 2007 | Zabarjad | Zabarjad | Drama |
| 2007 | Soʻginch sohili | Maryam | Drama |
| 2008 | Iblis devori | Ofat | Drama |
| 2008 | Oydinov | Zebo | Drama |
| 2010 | Farishta | Dilhush | Drama |
| 2010 | Narigi sohildagi bolalik | Drama | |
| 2010 | "Ona" qisqa metrajli film | Mushtarak | Drama |
| 2020 | Faridaning ikki ming qoʻshigʻi | Husniya | Drama |
| Yil | Sarlavha | Rol | Izoh |
|---|---|---|---|
| 1997-2000 | Charxpalak | Loʻli Maryam | |
| 2019 | Ojiza | ||
| 2019 | Malak | ||
| 2020 | Muhabbat liboslari | ||
| 2020 | Chegaradagi qishloq |
| Yil | Sarlavha | Rol |
|---|---|---|
| 2006 | Toʻmaris | Toʻmaris |
| 2006 | Chiston | |
| 2018 | Sarvqomat dilbarim[sayt ishlamaydi] | |
| 2019 | Oʻlan (Wayback Machine saytida 2025-01-28 sanasida ) | |
| 2024 | Omon boʻlsang unutma | |
| 2024 | Qizil olma | |
| 2025 | Ota | Shafiqa Veliyeva |
| 2025 | Oyanda-da go'zaldir | Ona |
| 2025 | Taq-taq-taq, eshigingni och, qizaloq! | |
| 2025 | Chag'alay |
- 27-sentyabrda tugʻilganlar
- 1969-yilda tugʻilganlar
