Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Marina Ivanovna Svetayeva (1892.26.11, Moskva – 1941.31.8, Yelabuga, Tatariston) – rus shoirasi. Moskva universiteti professor Lozanna va Freyfurgdagi musika ma

Marina Svetayeva

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Marina Ivanovna Svetayeva

1925-yil (Pyotr Shumov fotosi, Parij)
Tavalludi 8-oktyabr 1892-yil
Vafoti 31-avgust 1941-yil(1941-08-31)
(48 yoshda)
Yelabuga, Tatariston ASSR, RSFSR, SSSR
Kasbi shoira, prozaik, tarjimon, dramaturg
Ijod qilgan tillari rus tili, fransuz tili, nemis tili
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya imperiyasi
SSSR bayrogʻi SSSR
Taʼlimi Parij universiteti
Faoliyat yillari 1908—1941-yillar
Janr poeziya, poetik proza, memuar
Imzosi

Marina Ivanovna Svetayeva (1892.26.11, Moskva – 1941.31.8, Yelabuga, Tatariston) – rus shoirasi. Moskva universiteti professor Lozanna va Freyfurgdagi musika maktabi va katolik pansionda, Yaltadagi qizlar gimnaziyasida oʻqigan. Oktyabr toʻntarishini qabul qilmay, 1922-yilda Pragaga, 1925-yilda esa Parijga koʻchib borgan. Muhojirlikda muhtojlik va vatansizlik azobini boshidan kechirgan Svetayeva Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan SSSRga qaytib kelgan (1939). Ammo koʻp oʻtmay, ruhiy iztiroblar orqasida oʻz joniga qasd qilgan.

Dastlabki sheʼriy toʻplamlari – „Oqshom albomi“ (1910) va „Sehrli fonar“ (1912). 1916-yilga kelib, Svetayeva ijodining asosiy mavzui – muhabbat, Rossiya, sheʼriyat mavzui uzil-kesil shakllanadi. Svetayevaning 20-yillar avvaliga oid sheʼrlari oq gvardiyachilarning muhojirlikda nashr etilgan jurnallarida eʼlon qilinadi. Shu davrda uning „Blokka atalgan sheʼrlar“, „Hijron“ (1922), „Psixeya, Romantika“, „Hunar“ (1923) sheʼriy kitoblari va „Barakalla“ (1924) doston-ertagi nashr etilgan. Svetayevaning „Rossiyadan keyin. 1922—25“ soʻnggi toʻplami 1928-yil Parijda bosilgan.

Svetayeva sheʼriyati musiqiyligi, tovushning sheʼr musiqiy qurilmasidagi katta oʻrni va ahamiyati bilan ajraladi. Tashqi dunyo bilan murosa qila olmagan va shu dunyodagi hayotida roʻshnolik koʻrmagan shoiraning asarlari, jumladan, „Togʻlar dostoni“, „Intiho dostoni“ (1926), „Krisolov“ lirik satirasi (1925), hatto antik davr syujetlari asosida yozilgan „Tezey“ (1927) va „Fedra“ (1928) tragediyalari uzun hamda keskin monologlardan tarkib topgan. Svetayeva nasrda ham qalam tebratib, M. Voloshin, O. Mandelshtam, A. Beliy va boshqa haqida falsafiy oʻylar va xotiralardan iborat oʻziga xos adabiy portretlarni yaratgan.

Yuqori