| Bidzina Grigoryevich Ivanishvili | |
|---|---|
gruzincha: ბიძინა გრიგოლის ძე ივანიშვილი | |
![]() | |
| Mansab davri 2012-yil 25-oktabrdan – 2013-yil 20-noyabrgacha | |
| Prezident | Mixail Saakashvili Georgi Margvelashvili |
| Oʻtmishdoshi | Ivane Merabishvili |
| Vorisi | Irakliy Garibashvili |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1956-yil 18-fevral Chorvila |
| Fuqaroligi | |
| Siyosiy partiyasi | Gruziya orzusi – Demokratik Gruziya |
| Mukofotlari | |
Bidzina (Boris) Grigoryevich Ivanishvili (gruzincha: ბიძინა გრიგოლის ძე ივანიშვილი, 18-fevral 1956-yil, Chorvila) — Gruziya davlat arbobi, siyosatchi, tadbirkor, milliarder. 25-oktyabr 2012-yildan 20-noyabr 2013-yilgacha bosh vazir boʻlgan. Forbes jurnaliga koʻra, dunyo boylari ichida 153-oʻrinda turadi.
Biografiyasi
18-fevral 1956-yilda Chiatura shahri yaqinindagi Chorvila qishlog’ida tug’ilgan.
1980-yildaTbilisi davlat universitetini muhandis iqtisodchi sohasi bilan tugatgan.
1986-yilda Moskvadagi mehnat ilmiy tadqiqoti.ni aspiranturasini tugatgan. Iqtisod fanlari nomzodi.
1980-yildan ishlab chiqarish bilan shug’ullangan.
1988-1990 — Tijorat axboroti markazida (Moskva) ishlagan.
1990-yildan «Rossiya kredit banki»ning prezidenti
1995-yildan — «Infintrade» direktori.
1997-yilda «Metalloinvest» kompaniyasiga asos soldi.
2000-yilda OAJ «Stoylenskiy TKK» vitse-prezidenti.
2002-yilda «ru:Доктор Столетов» dorixonalar tizimiga asos soldi.
2003-2006-yillar — «Impeksbank» direktorlar kengashi a’zosi.
2004-yildagi «atirgul inqilobi»dan keyin Gruziyaga qaytgan. Kon-metallurgiya korxonalarini Alisher Usmonovga sotgan. Barcha shirkatlarini «Unikor» korporatsiyasiga birlashtirgan.
Siyosiy faoliyati
1996-yilda Rossiyadagi prezidentlik saylovida Aleksandr Lebed nomzodini qo’llagan.
2004-yilda Mixail Saakashvili hukumatini qo’llash uchun 1 milliard dollar sarflagan
2012-yildan muxolif partiya yetakchisi. Muxolifat tuzgan paytida Gruziya fuqaroligidan mahrum qilindi. 2012-yil 11-iyunda “saylovchilarni sotib olgani uchun” Tbilisi sudi Ivanishvilini 45 million dollar jarimaga tortdi.
1-oktabr 2012-yildagi Gruziya parlament saylovlarida Ivanishvili partiyasi g’alaba qozondi, uning o’zi Bosh vazir lavozimini egalladi.
- 18-fevralda tugʻilganlar
- 1956-yilda tugʻilganlar
- Chorvilada tugʻilganlar
- Faxriy legion ordeni sohiblari
- Gurjiston Bosh vazirlari
- Gruziya milliarderlari
- Yashayotgan insonlar

