![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Adriano Correia Claro | ||
| Tavallud sanasi | 1984-yil 26-oktyabr | ||
| Tavallud joyi | Curitiba, Brazilya | ||
| Boʻyi | 1.73 m | ||
| Ampluasi | Yarimhimoyachi | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 1997—2002 | Coritiba | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2002—2004 | Coritiba | 44 | (2) |
| 2005—2010 | Sevilla | 157 | (11) |
| 2010—2016 | Barcelona | 114 | (9) |
| 2016—2019 | Beşiktaş | 78 | (3) |
| 2019—2020 | Athletico Paranaense | 15 | (1) |
| 2020—2021 | Eupen | 24 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2003 | Braziliya U20 | 4 | (0) |
| 2003—2013 | Braziliya | 17 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (9-aprel uchun) | |||
Adriano Correia Claro (talaffuzi: Adriano Korreya Klaro) (1984-yil 26-oktyabrda tugʻilgan), oddiygina Adriano nomi bilan tanilgan, braziliyalik professional futbolchi. Soʻngi bora Belgiyaning Eupen klubida oʻynagan.
Faoliyatini Coritiba jamosi bilan boshlaganidan soʻng, u 2005-yilda Ispaniyaga koʻchib oʻtgan va La Ligada bir necha mavsumni „Sevilya“ va „Barselona“ safida oʻtkazgan. Ikkala klub bilan bir nechta yirik chempionliklarni qoʻlga kiritgan.
Oʻn yil davomida Adriano oʻz mamlakatini ikkita Copa America turnirida himoya qilib, 2004-yilgi musobaqda gʻolib chiqgan.
Klubdagi faoliyati
Yoshlik yillari

Parananing Kuritiba shahrida tugʻilgan Adriano oʻzining tugʻilgan shahri „Coritiba“ klubida professional faoliyatni boshlagan. 2005-yilning yanvarida u Ispaniyaning "Sevilya" klubiga toʻrt yarim yillik shartnoma asosida qoʻshilgan. La Ligadagi debyutini "Barselona" jamosiga qarshi oʻtkazgan.
Keyingi mavsumlarda Adriano „Sevilya“ bilan ketma-ket UEFA kuboklarida gʻalaba qozongan. Oxirgi kubok finalida u RCD Espanyolga qarshi penaltilar seriyasida gʻalaba toʻpini kiritgan..
Mamlakatda uch yil yashagandan soʻng, Adrianoga Ispaniya fuqaroligi berilgan. U 2009—2010-yilgi mavsumda juda koʻp jarohat olgan, ammo baribir 27 ta oʻyinda (golsiz) maydonga tushgan.
Barselona
2010-yil 16-iyulda Adriano „Barselona“ bilan 9,5 million yevroga 4+1 koʻrinishida shartnoma imzolagan. Unga 21-raqamli libos berilgan.

Adriano oʻzining birinchi mavsumining katta qismini "Barsa"da zaxirada oʻtkazgan. 2011-yilning 2-fevralida, asosiy tarkibda Ispaniya kubogi doirasidagi UD Almeriyaga qarshi yarim final mehmonda 3:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda (umumiy hisobda 8:0) kataloniyaliklar uchun birinchi golini kiritgan. Chap qanot himoyachisi Erik Abidalning kasalligi tufayli u mart oyidan boshlab asosiy tarkib oʻyinchiga aylangan.
2011—2012-yillarda Adriano yana Pep Gvardiola boshchiligidagi jamoa uchun zaxira oʻyinchisiga aylangan. 2011-yil 15-dekabrda, 2011-yilgi klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida u yarim finalda "Sadd Sports Club"ga qarshi oʻyinda (4:0) dastlabki ikkita golni urgan.
2013-yilning 28-mayida Adriano „Barselona“ bilan yangi shartnoma imzolagan. Bu shartnoma uni 2017-yilgacha klubda qolishiga sabab boʻlgan.
Adriano 2015—2016-yilgi mavsumdagi ilk golini 2015-yilning 24-noyabrida Neymarning penaltidan bergan zarbasi darvozabondan qaytgach raqib darvozasiga kiritgan.
Beşiktaş
2016-yilning 29-iyulida „Barselona“ safida 189 ta bellashuvda maydonga tushib, 17 ta gol urgan Adriano Turkiyaning „Beşiktaş“ klubi bilan shartnoma imzolagan. U oʻzining birinchi mavsumida 31 oʻyinda bir marta gol urib, klubga 15-Super Liga chempionligini qoʻlga kiritishiga yordam bergan.
Atletico Paranaense
Adriano 2019-yil 23-iyulda Braziliyaga qaytgan, 34 yoshli futbolchi bir yarim yillik shartnoma asosida "Atletico Paranaense"ga oʻtgan.
Eupen
2020-yil avgust oyida Adriano Belgiya birinchi divizioni A jamoasi Eupen bilan yangi shartnoma imzolagan. U 2020—2021-yilgi mavsum oxirida klubni tark etgan.
Xalqaro faoliyati
Braziliyalik 20 yoshgacha boʻlgan yoshlarga 2003-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻalaba qozonishga yordam berganidan koʻp oʻtmay, Adriano terma jamoadan chaqiruv olgan. 2004-yilda u Peruda boʻlib oʻtgan Amerika Kubogida gʻolib chiqqan jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri boʻlgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
| Klub | Mavsum | Liga | Liga Kubogi | Kubok | Qitʼa | Boshqa | Jami | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
| Sevilla | 2004—2005 | La Liga | 16 | 2 | — | 0 | 0 | 4 | 1 | — | 20 | 3 | ||
| 2005—2006 | 32 | 3 | — | 0 | 0 | 13 | 3 | — | 45 | 6 | ||||
| 2006—2007 | 26 | 2 | — | 3 | 0 | 11 | 1 | 1 | 0 | 41 | 3 | |||
| 2007—2008 | 27 | 1 | — | 0 | 0 | 6 | 0 | 0 | 0 | 33 | 1 | |||
| 2008—2009 | 29 | 3 | — | 6 | 1 | 5 | 1 | — | 40 | 5 | ||||
| 2009—2010 | 27 | 0 | — | 4 | 0 | 4 | 1 | — | 35 | 1 | ||||
| Jami | 157 | 11 | — | 13 | 1 | 43 | 7 | 1 | 0 | 214 | 19 | |||
| Barcelona | 2010—2011 | La Liga | 15 | 0 | — | 8 | 1 | 6 | 0 | 2 | 0 | 31 | 1 | |
| 2011—2012 | 26 | 1 | — | 3 | 0 | 7 | 0 | 4 | 2 | 40 | 3 | |||
| 2012—2013 | 23 | 5 | — | 3 | 1 | 6 | 0 | 2 | 0 | 34 | 6 | |||
| 2013—2014 | 26 | 3 | — | 7 | 1 | 5 | 0 | 0 | 0 | 38 | 4 | |||
| 2014—2015 | 16 | 0 | — | 4 | 2 | 7 | 0 | — | 27 | 2 | ||||
| 2015—2016 | 8 | 0 | — | 6 | 0 | 3 | 1 | 2 | 0 | 19 | 1 | |||
| Jami | 114 | 9 | — | 31 | 5 | 34 | 1 | 10 | 2 | 189 | 17 | |||
| Beşiktaş | 2016—2017 | Süper Lig | 31 | 1 | — | 3 | 0 | 10 | 1 | 1 | 0 | 45 | 2 | |
| 2017—2018 | 25 | 2 | — | 4 | 0 | 6 | 0 | 1 | 0 | 36 | 2 | |||
| 2018—2019 | 22 | 0 | — | 0 | 0 | 7 | 0 | 0 | 0 | 29 | 0 | |||
| Jami | 78 | 3 | — | 7 | 0 | 23 | 1 | 2 | 0 | 110 | 4 | |||
| Athletico Paranaense | 2019 | Série A | 11 | 1 | — | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 11 | 1 | |
| 2020 | 0 | 0 | 4 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 6 | 0 | ||
| Jami | 11 | 1 | 4 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 17 | 1 | ||
| Eupen | 2020—2021 | Belgiya Pro Ligasi | 24 | 0 | — | 2 | 0 | — | — | 26 | 0 | |||
| Karyerada jami | 384 | 25 | 4 | 0 | 53 | 6 | 102 | 9 | 13 | 2 | 556 | 41 | ||
Xalqaro
| Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyin | Gol |
|---|---|---|---|
| Braziliya | 2003-yil | 5 | 0 |
| 2004-yil | 1 | 0 | |
| 2006-yil | 2 | 0 | |
| 2010-yil | 1 | 0 | |
| 2011-yil | 4 | 0 | |
| 2012-yil | 3 | 0 | |
| 2013-yil | 1 | 0 | |
| Jami | 17 | 0 | |
- 26-oktyabrda tugʻilganlar
- 1984-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Braziliyalik erkak futbolchilar
- Futboldagi erkak qanot himoyachilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Coritiba FC futbolchilari
- CA Paranaense futbolchilari
- Sevilla FC futbolchilari
- FC Barcelona futbolchilari
- Beşiktaş J.K. futbolchilari
- K.A.S. Eupen futbolchilari
- La Liga oʻyinchilari
- Turkiya Super Ligasi futbolchilari
- Belgiya Pro-ligasi futbolchilari
- Braziliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari
- Braziliyalik muhojir erkak futbolchilar
- Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Belgiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Copa América Centenarioda gʻolib boʻlgan oʻyinchilar
- UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- Copa América 2004 oʻyinchilari
- Copa América 2011 oʻyinchilari
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Sportchilar
