Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Bahromjon Toʻrayevich Norqobilov (1973-yilda tugʻilgan, Qamashi tumani, Qashqadaryo viloyati, OʻzSSR) — oʻzbek davlat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi Veterinar

Bahrom Norqobilov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bahromjon Norqobilov
 Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi
 
Mansab davri
2020-yil 24-yanvar
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1973-yil
Qamashi tumani, Qashqadaryo viloyati
Maʼlumoti Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti
Mukofotlari

Bahromjon Toʻrayevich Norqobilov (1973-yilda tugʻilgan, Qamashi tumani, Qashqadaryo viloyati, OʻzSSR) — oʻzbek davlat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi.

Biografiyasi

Bahrom Norqobilov 1973-yilda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tugʻilgan. 1995-yilda Samarqand qishloq xoʻjaligi institutini (hozirgi Samarqand Davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti) tugatgan.

2014-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi boshligʻi boʻlgan. 2017-yil 27-iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bahrom Norqobilovni O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 2019-yil mart oyidan — Davlat veterinariya qoʻmitasi raisi. 2020-yil 24-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi raisi lavozimiga tasdiqlandi. 2020-yil 22-oktyabr — MDHga aʼzo davlatlarning veterinariya sohasidagi hamkorlik boʻyicha hukumatlararo kengashining raisi etib saylandi 2025-yil 10-dekabrdan Ohangaron tumani hokimi lavozimiga tayinlangan.

Mukofotlari

2024-yil 24-avgustda Sodiq xizmatlari uchun medali bilan mukofotlangan.

Yuqori