- Vikipediyada ismi Murod va familiyasi Ismoilov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Murod Ismoilov | ||
| Tavallud sanasi | 4-dekabr 1969-yil | ||
| Tavallud joyi | Margʻilon, Fargʻona viloyati, Oʻz SSR, SSSR | ||
| Boʻyi | 1,84 m | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1985—1987 | Neftyanik | 39 | (1) |
| 1990 | Neftyanik | 27 | (1) |
| 1991 | Navroʻz | 15 | (2) |
| 1992 | Neftchi | 2 | |
| 1992—1997 | Atlaschi | 126 | (36) |
| 1997 | Andijon | 17 | (1) |
| 1998 | Neftchi | 11 | (1) |
| 2000 | Nasaf | 29 | (4) |
| 2003—2005 | Sementchi | 28 | (3) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2003—2006 | Sementchi | ||
| 2007 | Sementchi | ||
| 2010—2011 | Paxtakor | ||
| 2011—2013 | Paxtakor | ||
| 2014—2015 | Neftchi | ||
| 2016—2017 | Qoʻqon 1912 | ||
| 2023 | Sementchi | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Murod Ismoilov (ruscha: Исмаилов, Мурад Музаффарович, 1969-yil 4-yanvar, Margʻilon, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, hujumchi yoki yarim himoyachi pozitsiyalarida oʻynagan. Paxtakor va Neftchi klublarida bosh murabbiy sifatida ishlagan.
Futbolchilik faoliyati
Futbolchilik faoliyatini 1985-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida boshlagan. 1987-yilning kuzida Harbiy xizmatga chaqirilgan. Harbiy xizmatdan qaytgach, 1990-yilda Fargʻonaning „Neftyanik“ jamoasiga qaytib kelgan. 1991-yili Andijonning „Navroʻz“ jamoasida toʻp surgan va keyinchalik yana Fargʻona jamoasiga qaytgan. 1992-yilning yozida u Margʻilonning „Atlaschi“ jamoasiga koʻchib oʻtgan va u yerda 5 mavsum toʻp surgan. 1997-yilning yozida „Andijon“ jamoasi bilan yana shartnoma imzolagan. 1998-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ klubi tarkibida oʻynagan. 2000-yilda Murod Qarshining „Nasaf“ klubi tarkibida oʻynagan. Soʻngra 2003-yilgi mavsumda Quvasoyning „Sementchi“ klubi tarkibiga oʻtgan va 2005-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Murabbiylik faoliyati
Futbolchi boʻlganidayoq murabbiylik faoliyatini boshlagan. Avvaliga Quvasoyning „Sementchi“ jamoasini tarbiyalashda yordam bergan, 2007-yilda esa klubni boshqargan. 2010-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubi murabbiylar shtabiga kelib qoʻshilgan. Ravshan Haydarov 2011-yil 29-sentyabrda isteʼfoga chiqarilganidan soʻng yil oxirigacha Paxtakor klubini bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. 2012-yilning iyun oyida yana bosh murabbiylik faoliyatini davom ettirgan va 2012-yilning 29-dekabrida „Paxtakor“ jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan va uni 2013-yilning oxirigacha boshqargan. 2014-yilning 3-yanvaridan Fargʻonaning „Neftchi“ klubini va 2015-yil 7-dekabrda FK Qoʻqon 1912 jamoasiga murabbiylik qilgan. 2018-yilgi mavsumda „Metallurg“ Bekobod jamoasida yordamchi murabbiy sifatida ishlagan. 2023-yilgi mavsumda Quvasoyning „Sementchi“ jamoasi bosh murabbiyi sifatida shartnoma imzolagan.
Shaxsiy hayoti
Ismoilovning oʻgillari (Islombek Ismoilov va Muzaffar Muzaffarov) ham futbol sportida faoliyat olib boradi.
Yutuqlari
Murabbiy
- Paxtakor Toshkent
- Oʻzbekiston chempioni: 2012
- Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori: 2011
- Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2011
- 4-dekabrda tugʻilganlar
- 1969-yilda tugʻilganlar
- Margʻilonda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Kishilar
- SSSR erkak futbolchilari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Andijon klubi futbolchilari
- Nasaf klubi futbolchilari
- Atlaschi FC futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Sementchi Quvasoy futbolchilari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari
- Qoʻqon 1912 futbol klubi bosh murabbiylari
- Neftchi futbol klubi murabbiylari
- Paxtakor futbol klubi murabbiylari
- Sementchi Quvasoy klubi murabbiylari
- Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi murabbiylari
- Oʻzbekiston Pro ligasi murabbiylari