Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Islombek Murodbek oʻgʻli Ismoilov (1992-yil 19-iyulda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbol murabbiyi. „Neftchi“ futbol klubi bosh murabbiyi.

Islombek Ismoilov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Islom va familiyasi Ismoilov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Islombek Ismoilov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Islombek Murodbek oʻgʻli Ismoilov
Tavallud sanasi 1992-yil 19-iyul (1992-07-19) (34 yosh)
Tavallud joyi Margʻilon, Oʻzbekiston
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Neftchi
Raqami Bosh murabbiy
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Yillar Jamoa
0000—2011 Paxtakor
Boshqargan klublari
Yillar Jamoalar
2015—2018 Yozyovon
2018 Iftixor
2018—2019 Farovon BFK
2019—2021 Turon
2021 Turon U21
2022 Oʻzbekiston U-14
2023 Oʻzbekiston U-15
2024 Oʻzbekiston U-16
2025 Oʻzbekiston U-17
2025 Neftchi U21
2025— Neftchi

Islombek Murodbek oʻgʻli Ismoilov (1992-yil 19-iyulda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbol murabbiyi. „Neftchi“ futbol klubi bosh murabbiyi.

Biografiyasi

Islombek 1992-yil 19-iyulda Margʻilonda tugʻilgan. Yoshlik davrida Paxtakor futbol maktabida taʼlim olgan.

Murabbiylik faoliyati

Professional murabbiylik faoliyatini 2015-yilda Fargʻona viloyatining „Yozyovon“ klubida boshlagan. Uch mavsum davomida Yozyovon Lochinlari jamoari klubiga bosh murabbiylik qilgan. 2018-yilgi mavsumda Oltiariqning „Iftixor“ klubi va Margʻilonning „Farovon“ bolalar futbol jamoasida bosh murabbiylik qilgan.

2019-yilda Yaypanning „Turon“ jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. Uning qoʻl ostida Turon jamoasi 2019-yilda Oʻzbekiston B-Pro ligasi gʻolibligini, 2020-yilda Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibligini qoʻlga kiritgan. 2021-yilda Turon jamoasining Oʻzbekiston Superligasidagi qoniqarsiz natijalaridan soʻng bosh murabbiylikdan ozod etilgan va U21 jamoasiga murabbiy etib tayinlangan. 2021-yil noyabr oyida U21 jamoasidan ham isteʼfoga chiqarilgan.

2022-yilda 14 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasiga bosh murabbiy sifatida tayinlangan. 2023 va 2024-yillar Oʻzbekiston U-15, U-16 terma jamoalariga ustozlik qilgan. 2024-yildan Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi. 2025-yil 26-iyunda „Neftchi“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan va klubning 21 yoshgacha boʻlgan jamoasining ustozi etib tayinlangan. 1-dekabr kuni „Neftchi“ klubining bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Shaxsiy hayoti

Islombekning otasi Murod Ismoilov sobiq futbolchi va futbol murabbiyidir. Ukasi Muzaffar Muzaffarov ham futbolchi boʻlib, Bangladesh chempionatida oʻynaydi.

Yutuqlari

Murabbiy sifatida

Turon

  • Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2020
  • Oʻzbekiston B-Pro ligasi gʻolibi: 2019

Oʻzbekiston U17

  • AFC U-17 Osiyo kubogi gʻolibi: 2025

Neftchi

Mukofotlari

2025-yilda „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi“ unvonini olgan

Yuqori