| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Tavallud sanasi | 1978-yil 22-aprel | ||
| Tavallud joyi | Namangan, Oʻzbekiston SSR, SSSR | ||
| Boʻyi | 1.83 m (6 ft 0 in) | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1996—2004 | Navbahor | 93 | (11) |
| 2005—2007 | Mashʼal Muborak | 23 | (1) |
| 2008—2016 | Bunyodkor | 144 | (3) |
| 2010 | → Nasaf Qarshi | 12 | (0) |
| 2016 | → Navbahor Namangan | 10 | (0) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2007—2009 | Oʻzbekiston | 15 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2017-yil 18-sentyabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2009-yil 13-avgust uchun) | |||
Xayrulla Karimov (ruscha: Каримов, Хайрулла Тошпулатович; 1978-yil 22-aprel, Namangan viloyati, Oʻzbekiston) – Oʻzbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi. Bugungi kunda Olmaliqning „AGMK“ jamoasida Mirjalol Qosimovga yordamchi murabbiylik qilmoqda.
Futbolchilik faoliyati
Klublardagi faoliyati
Karimov faoliyatini Namanganning „Navbahor“ klubida boshlagan. 1996-yilda klub bilan Oʻzbekiston Oliy ligasida gʻolib chiqqan. 1996-yildan 2004-yilgacha „Navbahor“ safida toʻp surgan. 2005-yilda Muborakning „Mash’al“ klubiga oʻtgan va Ligada ikkinchi oʻrinni egallagan. Karimov „Bunyodkor“ga 2008-yilda koʻchib oʻtgan. Keyinchalik oʻzining jamoaviy oʻyinlari natijasida „Bunyodkor“ jamoasining yetakchi futbolchilaridan biri boʻlgan va jamoa sardorligiga loyiq koʻrilgan. 2014-yil 7-mart kuni „Bunyodkor“ jamoasi bilan Oʻzbekiston Superkubogini qoʻlga kiritdi va bu kubokni ikki marta qoʻlga kiritgan dastlabki futbolchiga aylandi. 1999-yilda Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan birinchi marta Oʻzbekiston Superkubogini qoʻlga kiritgan. 2016-yilgi mavsumda faoliyatidagi dastlabki jamoasi boʻlgan Namanganning „Navbahor“ jamoasida boshladi va ikkinchi davra boshida „Bunyodkor“ jamoasiga qaytdi. Toshkentlik jamoasi tarkibida yarim mavsum davomida toʻp surganidan soʻng, futbolchilik faoliyatini yakunladi.
Terma jamoadagi faoliyati
Karimov Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 2006—2010-yillarda 16 ta oʻyinda maydonga tushgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
- 2016-yil 3-avgustda oʻtkazilgan oʻyin holatiga koʻra.
Xalqaro
| Oʻzbekiston terma jamoasi | ||
|---|---|---|
| Yillar | Isht | Gol |
| 2007 | 9 | 0 |
| 2008 | 4 | 0 |
| 2009 | 2 | 0 |
| Jami | 15 | 0 |
2017-yil 1-aprelda oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika
Yutuqlari
- Oʻzbekiston chempionati chempioni: 1996, 2008, 2009, 2011, 2013
- Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 1998, 2008, 2012, 2013
- Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 1999; 2014
- Oʻzbekiston chempionati ikkinchi oʻrin: 2005
- Oʻzbekiston Kubogi ikkinchi oʻrin: 2006;
- Osiyo Chempionlar ligasi Yarim final (2): 2008, 2012
- 22-aprelda tugʻilganlar
- 1978-yilda tugʻilganlar
- Namanganda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Namangan viloyati kishilari
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol himoyachilari
- Navbahor futbolchilari
- Mashʼal klubi futbolchilari
- Bunyodkor klubi futbolchilari
- Nasaf klubi futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2007 futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar