| tuman | |
|---|---|
| Tarkibida | Pavlodar viloyati |
| Maʼmuriy markazi | Pavlodar |
| Asos solingan sanasi | 1928-yil |
| Rasmiy tillar | qozoq, rus |
| Aholi (2012) | 29 222 |
| Millatlar tarkibi | Qozoqlar - 49,09% Ruslar - 33,11% Ukrainlar - 7,05% Olmonlar - 5,68% Tatarlar - 1,31% Beloruslar - 0,74% |
| Dinlar tarkibi | musulmonlar |
| Maydoni | 6,1 ming km² |
| Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
| Pochta indeksi | 140900-140920 |
| Avtomobil raqami kodi | S, 14 |
| Xaritada | |
![]() | |
| 52°25′0.01″N 77°30′0.00″E / 52.4166694°N 77.5000000°E | |
Pavlodar tumani 1928-yili avvalgi Pavlodar uezdining boʻluslaridan tashkil topdi. 1930-yilgacha tuman Pavlodar okrugining tarkibida boʻldi.
Geografiyasi
Tuman hududi 6,1 ming km². Tuman viloyatning beshta tumani bilan chegaradosh: shimoliy-gʻarbida — Aqtoʻgʻay, shimolida — Qashir, shimoliy-sharqida — Uspen, janubida — Lebyaji, gʻarbida — Aqsu shahrining qishloq hududlari bilan chegaradosh. Tuman erining asosiy qismini tekisliklar tashkil qiladi, dengiz sathidan balandligi 130 metr. Tumanda gips, alebastr, ohak, v.h foydali qazilmalar mavjud.
Iqlimi
Iqlimi keskin kontinental. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −18º-19 °C, iyulniki — +21º+23 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 272 mm.
Aholisi
1999-yili tuman aholisi — 32,3 ming kishni, 2012-yili esa — 29,2 ming kishini tashkil qildi. Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2012-yil)
- qozoqlar — 14 344 kishi (49,09 %)
- ruslar — 9 677 kishi (33,11 %)
- ukrainlar — 2 061 kishi (7,05 %)
- olmonlar — 1 659 kishi (5,68 %)
- tatarlar — 385 kishi (1,31 %)
- beloruslar — 217 kishi (0,74 %)
- boshqalari — 879 kishi (3,01 %)
- Umumiy — 29 222 kishi (100,00 %)
Hududiy boʻlinishi
Tuman tarkibida 16 ta qishloq mavjud:
|
|
|
|
Iqtisodi
Qishloq xoʻjaligi
Tuman qishloq xoʻjaligida: goʻsht va sutli mol chorvachiligi, qush xoʻjaligi, shuningdek: bugʻdoy, tariq, kungaboqar, qant qizilchasi etishtiriladi.
Ijtimoiy soha
Taʼlim
Tumanda 28 ta oʻrta umumiy bilim beruvchi maktablari va 7 ta maktabgacha boʻlgan mahkamalar roʻyxatdan oʻtgan.
Tibbiyot
Tumanga Pavlodar tumanining kasalxonasi xizmat koʻrsatadi.
Madaniyat
Tuman „Niva“ gazetasi 1930-yildan boshlab nashr etiladi. Monumental madaniy yodgorlik sifatida 1964-y. oʻrnatilgan UVU halok boʻlganlarga atalgan haykal boʻlib hisoblanadi, Shaqat qishlogʻi.
- Qozogʻiston tumanlari
