| tuman | |
|---|---|
| Tarkibida | Pavlodar viloyati |
| Maʼmuriy markazi | Aqqu |
| Asos solingan sanasi | 1939-yil |
| Rasmiy tillar | qozoq |
| Aholi (2012) | 13 972 |
| Zichligi | 1,72 kishi./km² |
| Millatlar tarkibi | Qozoqlar - 80,9% Ruslar - 11,32% Ukrainlar - 1,54% Olmonlar - 1,72% Tatarlar - 1,43% Chechenlar - 0,88% Boshqirdlar - 0,42% Beloruslar - 0,46% |
| Dinlar tarkibi | musulmonlar |
| Maydoni | 8,1 ming km² |
| Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
| Telefon kodi | +7 71839 |
| Pochta indeksi | 140700-140710 |
| Avtomobil raqami kodi | S, 14 |
| Xaritada | |
![]() | |
| 51°30′0″N 78°10′0″E / 51.50000°N 78.16667°E | |
Lebyaji tumani 1939-yili tashkil topgan, Pavlodar viloyatining janubiy-sharqida joylashgan va janubiy-sharqida rossiyaning Oltoy oʻlkasi bilan, shimolida Sherbaqti tumani bilan chegaradosh, gaʼrbda tuman chegarasi Irtish orqali oʻtadi. Tuman maydoni 806,1 ming km2. Pavlodar shahrigacha oraliq masofa 120 km. Tuman markazi — Aqqu qishlogʻi.
Geografik sharoiti
Shimolida Pavlodar va Sherbaqti tumanlari bilan, sharqida — Oltoy oʻlkasi bilan, janubida — Sharqiy Qozogʻiston viloyati bilan, gʻarbida — May tumanlari bilan chegaradosh. Tuman hududidan Pavlodar — Semey avtomobil yoʻli oʻtadi.
Iqlimi
Tuman iqlimi jiddiy kontinentalli. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −17º-18 °C, iyulniki — +20º+21 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 250–300 mm tashkil qiladi.
Aholisi
Tuman aholisining milliy tarkibi (2010-yil 1-yannvar):
- qozoqlar — 11 306 kishi (80,9 %)
- ruslar — 1 582 kishi (11,32 %)
- ukrainlar — 215 kishi (1,54 %)
- olmonlar — 241 kishi (1,72 %)
- tatarlar — 200 kishi (1,43 %)
- chechenlar — 123 kishi (0,88 %)
- boshqirdlar — 59 kishi (0,42 %)
- beloruslar — 65 kishi (0,46 %)
- boshqalr — 181 kishi (1,29 %)
- Umumiy — 13,972 kishi (100,00 %)
Tarixi
Tuman Qozoq KSR Oliy Kengash Prezidiumining 1939-yilgi 16-oktabrdagi farmoniga binoan Lebyaji qishlogʻi markazi bilan Besqaragʻay, Qaganovich va Pavlodar tumanlarini kengaytirish natijasida tashkil topgan. Qozoq KSR Oliy Kengash Prezidiumining 1963-yilgi 2-yanvardagi farmoni bilan Lebyaji tuman tarqatildi, uning hududi esa Pavlodar tumanining tarkibiga qoʻshildi. Qazaq KSR Oliy Kengash Prezidiumining 1964-yilgi 31-dekabrdagi farmoniga binoan Lebyaji tumani qayta tashkil topdi. Qozogʻiston Respublikasining 1992-yilgi 18-dekabrdagi „Semey yaderli poligonidagi yaderli tajribadan zarar koʻrgan fuqorolarga ijtimoiy himoyalash haqidagi“ qonunga muofiq tuman radiatsiyali xavfli hudud hisoblanadi.
Hududiy boʻlinishi
Tuman tarkibida 11 qishloq bor: Lebyaji, Baymoʻlda, Jambul, Qazin, Qizilagʻash, Kizilasker, Mayqaragʻay, Malibay, Shaqi, Sharbaqti, Yamishevo.
Taʼlim
Tuman hududida 27 ta bilim beruvchi mahkamalar bor, shulardan 1 maxsus oʻrta, 18 oʻrta, 4 asosiy, 1 boshlangʻich, 3 maktab yoshigacha. Shu jumladan 6 filiali bor 305 kishi ishlaydigan bolalar-yosh oʻspirimlar sport maktabi bor.
Tibbiyot
Tibbiyot obʼektlari 24, uning 1 markaziy tuman kasalxonasi, 1 silga qarshi kasalxona, 8 shifokorlik ambulatoriya, 14 tibbiyot punkti.
Madaniyat
Tuman boʻyicha 18 madaniyat obʼektlari, 24 kutubxona va 1 „Bulaq“ kompleksi faoliyat yuritadi. „Aqqu kuyi“ tuman nashri chiqadi. (1940-yildan buyon).
Taniqli shaxslar
Ijtimoiy mehnat qahramonlari:
- B.Aydarxanov,
- J.Jangʻojin,
- B. Ospanov,Uaqap Sizdiqov, Q. Sharbaqbaev
- Qozogʻiston tumanlari
