| Eduard Xachaturov | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 27-mart 1936-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
| Vafoti | 17-iyul 2025-yil (89 yoshda) |
| Fuqaroligi | |
| Taʼlimi | S. A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti |
| Kasbi | aktyor, rejissor va ssenariynavis |
| Mashhur ishlari | Toʻylar muborak |
| Mukofotlari | Lenin komsomoli mukofoti |
Eduard Xachaturov (1936-yil 27-mart, Toshkent, Oʻzbekiston SSR — 2025-yil 17-iyul) – arman aktyori, rejissyor va ssenariy muallifi. Rejissyor Albert Xachaturovning ukasi. Xachaturov bir necha mashhur oʻzbek kinolari, jumladan, Toʻylar muborak filmiga rejissyorlik qilgan.
Hayoti
Eduard 1936-yil 27-martda Toshkent shahrining qadimiy Taxtapul mahallasida tugʻilgan. Xachaturovlar oilasi 1915-yil Turkiyadan Toshkentga koʻchib kelgan edi. Yoshligida ota-onasidan ayrilgan Xachaturov opasi va akalari tarbiyasida voyaga yetgan. Maktabni tamomlagach S. A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutining rejissyorlik fakultetiga oʻqishga kirgan. Institutida mashhur rejissyorlar Sergey Gerasimov va Tamara Makarova rahbarligida tahsil olgan. Ijodiy faoliyatini diplom ishi boʻlgan „Choʻl“ filmi orqali boshlagan. Bu film Turkmenfilm kinostudiyasida suratga olingan boʻlib, unda hayotda oʻz oʻrnini izlayotgan yigit obrazi tasvirlangan. 1965—1966-yillarda „Turkmenfilm“ kinostudiyasi rejissyori boʻlib faoliyat yuritgan.
Toshkentga qaytgach, avval Oʻzkinoxronika studiyasida, keyinchalik 1967-yildan Oʻzbekfilmda faoliyat olib borgan. U bir qancha mashhur rejissyorlar bilan hamkorlikda koʻplab loyihalarda ishtirok etgan.
Xachaturovning eng yorqin ishlaridan biri – Toshkent metrosi quruvchilariga bagʻishlangan „Ilk yoʻlovchilar“ hujjatli filmi hisoblanadi. Shuningdek, bokschi Rufat Risqiyev hayotiga bagʻishlangan „Ringga chorlamoqda“ filmi sanaladi. Faoliyati davomida oʻzbek kino ustalari Komil Yormatov, Yoʻldosh Aʼzamov, Shuhrat Abbosovlar bilan birga „Qora konsul oʻlimi“, „Olovli yoʻllar“, „Abu Rayhon Beruniy“ filmlarida faoliyat olib borgan. 1978-yilda Xachaturov rejissyorligida Toʻylar muborak filmi suratga olingan.
Vafoti
Eduard Xachaturov soʻnggi yillarda „Oʻzkinoxronika“ studiyasida tarixiy va zamonaviy mavzulardagi hujjatli filmlar yaratishda faol boʻlgan. Eduard Xachaturov 2025-yil 17-iyulda vafot etdi.
Filmografiyasi
Rejissyor sifatida
| Yil | Film |
|---|---|
| 1966 | Sahro |
| 1972 | Yaxshi yigit |
| 1974 | Chegara hududi |
| 1975 | Ilk yoʻlovchilar |
| 1978 | Toʻylar muborak |
| 1979 | Ringga chorlamoqda |
| 1980 | Har uchinchi |
| 1983 | Ruscha: Rodniki Ming-Bulaka |
| 1985 | Soʻnggi inspeksiya |
| 1987 | Katta jang oldidan |
Manba:
Aktyor sifatida
| Yil | Film |
|---|---|
| 1964 | Ruscha: Trudniy Perexod |
| 1971 | Goryachie Tropi |
| 1974 | Abu Rayhon Beruniy |
| 2002 | Sinediktum |
- 27-martda tugʻilganlar
- 1936-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- 17-iyulda vafot etganlar
- 2025-yilda vafot etganlar
