| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Wang Jingbin | ||
| Tavallud sanasi | 1995-yil 9-may | ||
| Tavallud joyi | Benxi, Liaoning, Xitoy | ||
| Boʻyi | 1.85 m (6 ft 1 in) | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Liaoning Shenyang Urban | ||
| Raqami | 19 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2005—2009 | Shenyang Xinyuanxiang | ||
| 2010—2014 | Guizhou Renhe | ||
| 2014—2015 | Guangzhou Evergrande | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2012 | Shaanxi Laochenggen | 0 | (0) |
| 2015 | Guangzhou Evergrande | 4 | (0) |
| 2016 | → Fagiano Okayama (Ijara) | 0 | (0) |
| 2018 | → Shanghai Shenxin (Ijara) | 14 | (0) |
| 2020 | → Shenyang Urban (Ijara) | 13 | (1) |
| 2021 | Liaoning Shenyang Urban | 0 | (0) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2016—2017 | Xitoy U-23 | 11 | (3) |
| 2017 | Xitoy | 2 | (1) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2020-yil 31-dekabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2017-yil 21-iyul uchun) | |||
Wang Jingbin (talaffuzi: Van Szinbin) (1995-yil 9-mayda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozir Xitoyning Birinchi Ligasida „Liaoning Shenyang Urban“ jamoasida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Wang Jingbin futbolchilik faoliyatini 2010-yilda Guizhou Renhe yoshlar akademiyasiga qoʻshilganida boshlagan. Keyin u 2012-yilgi mavsumda Xitoyning ikkinchi liga jamoasi Shensi Laochengenga qoʻshilgan va koʻp oʻtmay Guizhouga qaytgan. U muvaffaqiyatli sinovdan soʻng 2014-yilda Xitoy Superligasi vakili „Guangzhou Evergrand“ga oʻtgan va 2015-yilning yozida Luiz Felipe Skolari tomonidan asosiy jamoa tarkibiga kiritilgan. 2016-yilning 29-iyulida Wang J2 ligasi klubi Fajiano Okayamaga 2016-yilgi mavsum oxirigacha ijaraga berilgan. U butun ijara muddati davomida Fagi safida maydonga tushmagan.
Wang 2017-yilgi mavsum uchun Guangzhouga qaytgan va 2017-yil 16-aprelda „Tianjin Teda“ga qarshi safarda 3:0 hisobida g‘alaba qozonilgan o‘yinda klub safida debyut qilgan. U 27-daqiqada Zhen Longga almashtirilgan. 2017-yilgi mavsum oxirida Wang klub safida barcha musobaqalarda beshta oʻyinda maydonga tushgan.
Wang 2018-yilning fevral oyida Xitoyning birinchi ligasi vakili „Shanghai Shenxin“ klubiga bir mavsumga ijaraga berilgan. 2018-yilning 11-martida u o‘z maydonida „Wuhan Zall“ga qarshi o‘yinda (1:0) debyut qilgan. U o‘zining ilk golini 2018-yilning 10-aprelida 2018-yilgi Xitoy FA kubogi 3-bosqichida 2-liga klubi „Hunan Billows“ darvozasiga kiritgan.
Xalqaro faoliyati
2017-yilning 3-yanvarida Wang Xitoy terma jamoasining 2017-yilgi Xitoy kubogi uchun tarkibiga Marcello Lippi tomonidan Wu Ley o‘rniga chaqirilgan. U 2017-yilning 10-yanvarida Islandiyaga qarshi o‘yinda (2:0) Xitoy terma jamoasi safida debyut qilgan va 80-daqiqada Kao Yunding o‘rniga maydonga tushgan. U xalqaro miqyosdagi birinchi golini 2017-yilning 14-yanvarida uchinchi o‘rin uchun pley-offda Xorvatiyaga qarshi o‘yinda (1:1) kiritgan.
Faoliyat statistikasi
Klub statistikasi
| Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Boʻlim | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
| Shensi Laochenggen | 2012 | Xitoy Ikkinchi ligasi | 0 | 0 | 0 | 0 | - | - | 0 | 0 | ||
| Guangzhou Evergrand | 2015 | Xitoy Superligasi | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 2016 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | ||
| 2017 | 4 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 | ||
| Jami | 4 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 | ||
| Fajiano Okayama (ijara) | 2016 | J2 ligasi | 0 | 0 | 0 | 0 | - | - | 0 | 0 | ||
| Shanghai Shenxin (ijara) | 2018 | Xitoy birinchi ligasi | 14 | 0 | 2 | 1 | - | - | 16 | 1 | ||
| Shenyang Urban (Ijara) | 2020 | 13 | 1 | 0 | 0 | - | - | 13 | 1 | |||
| Karyerada jami | 31 | 1 | 3 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 34 | 2 | ||
Xalqaro statistika
| Milliy terma jamoa | ||
|---|---|---|
| Yil | Oʻyin | Gol |
| 2017 | 2 | 1 |
| Jami | 2 | 1 |
Xalqaro maydondagi gollar
| # | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1. | 14.01.2017 | Guangxi sport markazi, Nanning, Xitoy | 1 — 1 | 1-1 (4 | Xitoy kubogi 2017 | |
Yutuqlar
Klub
- Xitoy Superligasi : 2015, 2017
- Osiyo Chempionlar Ligasi : 2015-yil
- Xitoy FA Superkubogi : 2017-yil
- 9-mayda tugʻilganlar
- 1995-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Xitoylik erkak futbolchilar