![]() | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
|---|---|
| Vafoti | 24-fevral 2018-yil |
| Fuqaroligi | |
| Mukofotlari | |
| Unvoni | general-mayor |
Ismoil Ergashevich Ergashev (1945—2018) — general-mayor, 2004—2005-yillarda Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabi boshligʻi.
Tarjimai holi
1945-yil 5-avgustda Samarqand viloyatining Chelak tumanida tugʻilgan.
Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyati:
- 1992—1994 - Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi artilleriya boshqarmasi boshligʻi,
- 1994—1997 - artilleriya qoʻmondoni,
- 1997—1999 - Mudofaa vazirining moddiy-texnik ta’minot va kapital qurilish boʻyicha oʻrinbosari;
- 1999—2000 - Mudofaa vazirining jangovar tayyorgarlik boʻyicha oʻrinbosari;
- 2000—2004 - Markaziy harbiy okrug qoʻmondoni,
- 2004—2005 - Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabi boshligʻi.
2005-yildan nafaqada. 2005—2007-yillarda Ismoil Ergashevich ErgashevAndijondagi tartibsizliklarni bostirishda ishtirok etgani uchun Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga kirishi taqiqlangan.
General-mayor. I va II darajali,,Shon-sharaf” va,,Jaloliddin Manguberdi” ordenlari bilan taqdirlangan.
2018-yil 24-fevralda vafot etgan.
Oʻgʻli – Pavel Ismoilovich Ergashev, Qurolli Kuchlar Birlashgan shtabining 2017—2021-yillardagi boshligʻi.
- Jaloliddin Manguberdi ordeni sohiblari
- 1945-yilda tugʻilganlar
- 5-avgustda tugʻilganlar
- 2018-yilda vafot etganlar
- 24-fevralda vafot etganlar
- Oʻzbekiston generallari
- Oʻzbekiston Bosh shtab boshliqlari
- Shon-sharaf ordeni sohiblari
