| Gulsanam Mamazoitova | ||
|---|---|---|
| Maʼlumot | ||
| Tavallud topgan sanasi va joyi | 1981-yil 22-mart Fargʻona shahri | |
| Yo'nalishi | milliy, pop | |
| Kasbi | qoʻshiqchi | |
| Faoliyat yillari | 1994-yildan — hozirgacha | |
| Mukofotlari | ||
| Veb-sahifasi | gulsanam.uz | |
Mamazoitova[sayt ishlamaydi] Gulsanam Mamadaliyevna (1981-yil 22-mart, Fargʻona, OʻzSSR) — Oʻzbek qoʻshiqchisi, Oʻzbekiston xalq artisti.
Hayoti
Gulsanam Mamazoitova 1981-yilning 22-martida Fargʻona viloyati, Fargʻona shahrida tugʻilgan. 1997-yilda Fargʻona shahridagi 1-oʻrta maktabni 9-sinfini tamomlab, Fargʻona davlat san’at bilim yurtini anʼanaviy ijrochilik boʻlimiga oʻqishga kirgan. 2000-yilda Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasining sharq musiqasi boʻlimiga qabul qilingan. Oʻqishni 2004-yilda magistratura bosqichida davom ettirgan va 2006-yilda tamomlagan. 2004-yilda hukumat tomonidan Nihol mukofoti bilan, 2006-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist va Oʻzbekiston mustaqilligiga 22-yil toʻlishi arafasida 2013-yilning 23-avgust kuni Oʻzbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan..
Oilasi
- Mamadali Mamazoitov (Muhammadzohidov) — otasi
- Otabek Muhammadzohid — akasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist
Diskografiyasi
| Yil | Nomi | Shoir | Bastakor | Izoh |
|---|---|---|---|---|
| Oshiqlar | Ahmad Yassaviy | |||
- 22-martda tugʻilganlar
- 1981-yilda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston xalq artistlari
- Sanʼatkorlar
- Musiqachilar haqidagi chala maqolalar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik ayol qoʻshiqchilar
- Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar