Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Otabek Muhammadzohid (asl ismi: Otabek Mamazoitov; 23-yanvar 1974-yil, Fargʻona viloyati, OʻzSSR) — oʻzbek estrada xonandasi, bastakor, shoir. 2021-yilda Oʻzbek

Otabek Muhammadzohid

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Otabek va familiyasi Mamazoitov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Otabek Muhammadzohid
Otabek Mamazoitov
Tavalludi 1974-yil 22-yanvar (1974-01-22) (52 yosh)
Janrlar Maqom, ashula, pop
Kasbi Xonanda, sozanda, bastakor, shoir
Faoliyat yillari 1995-yildan – hozirgacha
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSR → Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Mukofotlari

Otabek Muhammadzohid (asl ismi: Otabek Mamazoitov; 23-yanvar 1974-yil, Fargʻona viloyati, OʻzSSR) — oʻzbek estrada xonandasi, bastakor, shoir. 2021-yilda Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Fargʻona viloyat bo‘limi rahbari. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (2026).

Hayoti

Otabek Mamazoitov 1974-yilning 24-martida Farg‘ona viloyatida tavallud topgan. Yoshligidan musiqaga qiziqishi bo‘lganligi sabab 4 yoshidan doira, akkordeon va Farg‘ona shahridagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabida rubob ijro etishni o‘rgangan. Farg‘ona davlat universitetida Tavakkal Qodirov qo‘lida tahsil olgan. 1992-yilda Turkiyada tahsil olish uchun talabalar orasidan tanlab olinadi. Birinchi yili Turkiyaning Qayseri shahrida 1 yil davomida turk tilini oʻrganadi. Keyingi yil Qayseridagi oliy oʻquv yurtlarida musiqa fakulteti boʻlmaganligi uchun Konya shahridagi „Saljuq“ universitetiga borib, tahsilini davom ettiradi. U yerda fortepiano va ud cholgʻusini oʻrganadi. 2 yillik oʻqishdan keyin taʼtilga uyga qaytadi va oilada yolgʻiz oʻgʻil hamda boquvchi boʻlganligi uchun oʻqishni Oʻzbekistonda davom ettiradi.

1995-yilda „Meni unutma“ qoʻshigʻi orqali oʻz faoliyatini boshlagan. Keyin esa „Besh kunlik dunyo“, „Malla soch“ qoʻshiqlari bilan tanilishni boshlagan. 2014-yil Turkiya davlatining Denizli shahrida “Turkcha nigoh” nomli an’anaviy xalqaro festivalida ishtirok etgan. 2026-yil 28-mayda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Oilasi

Otabek Mamazoitov ziyolilar oilasida tugʻilgan boʻlib, otasining ismi Mamadali Mamazoitov. Ularning oilasida 2 farzand boʻlib, uning singlisi xonanada Gulsanam Mamazoitova. Uning 3 qizi va bir o‘g‘li bor.

Konsert dasturlari

  • 2008-yil ilk yakkaxon konsert dasturi;
  • 2014-yil 15–16-iyun "Istiqlol" san’at saroyida jonli konsert dasturi;
  • 2023-yil "Yangi yil" nomli konsert dasturi.

Diskografiyasi

Nomi Shoir Bastakor Yil
Ikki muhabbat Karim Tursun Otabek Muhammadzohid
Nahot Otabek Muhammadzohid
Koʻz tegmasin Otabek Muhammadzohid
Muhabbat uvol Otabek Muhammadzohid Otabek Muhammadzohid
Bir dilbara Mahtumquli 2018
Sensiz 2018
Sevgilimni yigʻlatma hijron Xushnud Darvesh 2016-yil
Mayli telba denglar Otabek Muhammadzohid 2013
Sen kulganda
Sohibjamol
Mast qilib qoʻyding
Zaminim 2008
Malla soch 1998
Besh kunlik dunyo 1997
Meni unutma Otabek Muhammadzohid Otabek Muhammadzohid 1995
Yuqori