- Vikipediyada ismi Otabek va familiyasi Mamazoitov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Otabek Muhammadzohid Otabek Mamazoitov | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 1974-yil 22-yanvar |
| Janrlar | Maqom, ashula, pop |
| Kasbi | Xonanda, sozanda, bastakor, shoir |
| Faoliyat yillari | 1995-yildan – hozirgacha |
| Fuqaroligi | |
| Mukofotlari | |
Otabek Muhammadzohid (asl ismi: Otabek Mamazoitov; 23-yanvar 1974-yil, Fargʻona viloyati, OʻzSSR) — oʻzbek estrada xonandasi, bastakor, shoir. 2021-yilda Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Fargʻona viloyat bo‘limi rahbari. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (2026).
Hayoti
Otabek Mamazoitov 1974-yilning 24-martida Farg‘ona viloyatida tavallud topgan. Yoshligidan musiqaga qiziqishi bo‘lganligi sabab 4 yoshidan doira, akkordeon va Farg‘ona shahridagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabida rubob ijro etishni o‘rgangan. Farg‘ona davlat universitetida Tavakkal Qodirov qo‘lida tahsil olgan. 1992-yilda Turkiyada tahsil olish uchun talabalar orasidan tanlab olinadi. Birinchi yili Turkiyaning Qayseri shahrida 1 yil davomida turk tilini oʻrganadi. Keyingi yil Qayseridagi oliy oʻquv yurtlarida musiqa fakulteti boʻlmaganligi uchun Konya shahridagi „Saljuq“ universitetiga borib, tahsilini davom ettiradi. U yerda fortepiano va ud cholgʻusini oʻrganadi. 2 yillik oʻqishdan keyin taʼtilga uyga qaytadi va oilada yolgʻiz oʻgʻil hamda boquvchi boʻlganligi uchun oʻqishni Oʻzbekistonda davom ettiradi.
1995-yilda „Meni unutma“ qoʻshigʻi orqali oʻz faoliyatini boshlagan. Keyin esa „Besh kunlik dunyo“, „Malla soch“ qoʻshiqlari bilan tanilishni boshlagan. 2014-yil Turkiya davlatining Denizli shahrida “Turkcha nigoh” nomli an’anaviy xalqaro festivalida ishtirok etgan. 2026-yil 28-mayda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Oilasi
Otabek Mamazoitov ziyolilar oilasida tugʻilgan boʻlib, otasining ismi Mamadali Mamazoitov. Ularning oilasida 2 farzand boʻlib, uning singlisi xonanada Gulsanam Mamazoitova. Uning 3 qizi va bir o‘g‘li bor.
Konsert dasturlari
- 2008-yil ilk yakkaxon konsert dasturi;
- 2014-yil 15–16-iyun "Istiqlol" san’at saroyida jonli konsert dasturi;
- 2023-yil "Yangi yil" nomli konsert dasturi.
Diskografiyasi
| Nomi | Shoir | Bastakor | Yil |
|---|---|---|---|
| Ikki muhabbat | Karim Tursun | Otabek Muhammadzohid | |
| Nahot | Otabek Muhammadzohid | ||
| Koʻz tegmasin | Otabek Muhammadzohid | ||
| Muhabbat uvol | Otabek Muhammadzohid | Otabek Muhammadzohid | |
| Bir dilbara | Mahtumquli | 2018 | |
| Sensiz | 2018 | ||
| Sevgilimni yigʻlatma hijron | Xushnud Darvesh | 2016-yil | |
| Mayli telba denglar | Otabek Muhammadzohid | 2013 | |
| Sen kulganda | |||
| Sohibjamol | |||
| Mast qilib qoʻyding | |||
| Zaminim | 2008 | ||
| Malla soch | 1998 | ||
| Besh kunlik dunyo | 1997 | ||
| Meni unutma | Otabek Muhammadzohid | Otabek Muhammadzohid | 1995 |
- 22-yanvarda tugʻilganlar
- 1974-yilda tugʻilganlar
- Fargʻona viloyatida tugʻilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar
- Musiqachilar haqidagi chala maqolalar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik erkak qoʻshiqchilar
- Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar
