| Prunus salicina | |
|---|---|
![]() | |
![]() Least Concern (IUCN 3.1) | |
| Ilmiy tasniflash | |
| Oʻsimliklar | |
| Yuksak oʻsimliklar | |
| Gulli oʻsimliklar | |
| Ikki pallalilar | |
| Raʼnodoshlar | |
| Rosales | |
| Rosaceae | |
| Prunus | |
| Prunus subg. Prunus | |
| Prunus sect. Prunus | |
P. salicina | |
| Binar nomi | |
| Prunus salicina Lindl. | |
| Sinonimlar | |
| |
Prunus salicina (sin. Prunus triflora yoki Prunus thibetica), odatda yapon olxoʻrisi yoki xitoy olxoʻrisi deb ataladi, Xitoyda oʻsuvchi daraxt. Hozirgi kunfa u Vetnam, Koreya, Yaponiya, Isroil, AQSh va Avstraliyadagi mevali bog‘larda ham yetishtiriladi.
Prunus salicinani Prunus mume bilan adashtirmaslik kerak. Bu tur ham Xitoy, Yaponiya, Koreya va Vetnamda oʻstiriladi. Prunus japonica turi ham Prunus salicinaning keng tarqalgan nomiga oʻxshash lotin nomiga ega boʻlishiga qaramay, alohida oʻsimlik hisoblanadi. Oʻsimlikshunos Lyuter Burbank bu turni yapon olxoʻri (Prunus salicina) bilan duragaylash uchun juda koʻp mehnat qildi va gibriddan bir qator navlarni ishlab chiqdi.
Tavsif
Prunus salicina boʻyi 10 metrgacha yetadi va uning qizil-jigarrang kurtaklari bor. Barglari uzunligi 6-12 sm va kengligi 2,5-5 sm, chetlari tishli. Gullar erta bahorda ochiladi, ularning har biri taxminan 2 sm diametrli beshta oq bargdan iborat.
Mevasi sariq-pushti eti bilan diametri 4-7 sm boʻlgan Dana meva. Uni yozda yigʻib olish mumkin. Toʻliq pishganida yoki xom holda isteʼmol qilish mumkin.

Kultivatsiya
Prunus salicinaning navlari, baʼzilari gibrid turlari Xitoyda yetishtiriladi. Prunus salicina Yaponiya va Koreyada ham keng tarqalgan. Ushbu mevaning Vetnamdagi eng mashhur navi Lao Kay provinsiyasidagi Bắc Ha shahrida etishtirilgan Tam Hoadir.

Yapon navlari XIX asrning ikkinchi yarmida Qoʻshma Shtatlarga kirib keldi, bu yerda keyingi naslchilik natijasida koʻproq navlar, odatdagidan kattaroq mevalar paydo boʻldi. Ushbu Amerika navlarining koʻpchiligi P. simonii va P. cerasifera bilan duragaylangan. Mashhur navlardan biri Kaliforniyadagi shahar nomi bilan atalgan „Santa Rosa“.
Shimoliy Amerika supermarketlarida sotiladigan yangi olxoʻrilarning aksariyati Prunus salicina navlarining mevalaridir. Ular bir qator boshqa mamlakatlarda keng miqyosda etishtiriladi, masalan, Gʻarbiy Avstraliyada danak meva sanoatida ustunlik qiladi.



Qora amber olxo'risi
Afrika olxo'risi
Foydalanish
Pazandachilik
Xitoyda pishgan mevalar shakar, tuz va qizilmiya bilan konservalangan holda sotiladi.
Yaponiyada u Prunus mumidan kamroq isteʼmol qilinadi. Ammo undan turli byramlarda foydalaniladi. Ayniqsa, Sharqiy Yaponiyada koʻplab yozgi festivallarda anzuame deb ataladigan mizuame konfeti bilan qoplangan tuzlangan mevalar koʻrinishida sotiladi.
Har ikki mamlakatda ham u yapon sumomo (kálkángín) deb nomlangan likyorni tayyorlash yarim pishgan holda ishlatiladi.
Ushbu va shunga oʻxshash turlar umumiy qilib olxoʻri deb ataladi.
Tibbiyotda
Mevalar anʼanaviy xitoy tibbiyotida ham qoʻllanadi. Yapon olxoʻrisi. Crimson Globe oksidlanishga qarshi antioksidantlar manbai sifatida qabul qilinishi mumkin.
Etimologiya
Nomi salicina, lotincha majnuntol soʻzidan olingan.

