Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Iqlim oʻzgarishi (shuningdek, global isish) – butun dunyodagi oʻrtacha haroratning davomli oʻsishi va uning Yer iqlimiga oʻtkazadigan taʼsiri. Global haroratnin

Iqlim oʻzgarishi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oxirgi 50 yil ichida Yer usti havo haroratining oʻzgarishi. Arktika harorati eng koʻp oshgan hudud sifatida tarixga kirdi va umumiy olib qaraganda, quruqlikdagi harorat dengiz sathidan koʻra koʻproq koʻtarildi.
Sanoat inqilobidan beri Yer yuzidagi oʻrtacha havo harorati deyarli 1,5°Cga oshdi. Bunga baʼzi tabiiy oʻzgarishlar ham hissa qoʻshgan boʻlsa-da, asosiy sabab insonning tabiatga taʼsirining oʻsishidir.

Iqlim oʻzgarishi (shuningdek, global isish) – butun dunyodagi oʻrtacha haroratning davomli oʻsishi va uning Yer iqlimiga oʻtkazadigan taʼsiri. Global haroratning hozirgi davrdagi koʻtarilishi inson faoliyati, xususan, sanoat inqilobidan beri qazib olinayotgan yoqilgʻining yoqilishi bilan bogʻliq. Qazib olingan yoqilgʻidan foydalanish, oʻrmonlarni kesish va baʼzi qishloq xoʻjaligi va sanoat amaliyotlari iqlim oʻzgarishiga sabab boʻluvchi issiqxona gazlarini chiqaradi. Global isishda asosiy rol oʻynayotgan issiqxona gazi boʻlmish karbonat angidrid millionlab yillar davomida kuzatilmagan darajada, taxminan, 50%ga oʻsdi.

Iqlim oʻzgarishi atrof-muhitga tobora katta taʼsir koʻrsatmoqda. Xususan, choʻllar kengaymoqda, issiq toʻlqinlar va oʻrmon yongʻinlari keng tarqalmoqda. Arktikadagi havo haroratining koʻtarilishi |abadiy muzliklarning erishiga sabab boʻldi. Yuqori haroratlar kuchli boʻronlar, qurgʻoqchilik va boshqa ob-havo sharoitlariga ham sabab boʻlmoqda. Togʻlar, marjon riflari va Arktikadagi tez atrof-muhit oʻzgarishi koʻplab turlarni boshqa joyga koʻchishga yoki yoʻq boʻlib ketishga majbur qilmoqda. Kelajakda iqlim oʻzgarishini minimallashtirishga qaratilgan harakatlar muvaffaqiyatli amalga oshirilsa-da, baʼzi taʼsirlar, masalan, okeanning isishi, okeanning kislotalanishi va dengiz sathining koʻtarilishi asrlab davom etadi.

Iqlim oʻzgarishi odamlarga suv toshqini, haddan tashqari issiqlik, oziq-ovqat va suv tanqisligining kuchayishi, turli xil kasalliklar va iqtisodiy yoʻqotishlar bilan tahdid qilmoqda. Iqlim oʻzgarishiga inson migratsiyasi va mojarolar ham taʼsir oʻtkazmoqda. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti iqlim oʻzgarishini 21-asrda global sogʻliq uchun eng katta tahdidlardan biri deb atadi. Toshqinga qarshi choralar koʻrish, qurgʻoqchilikka chidamli ekinlar ekish kabi saʼy-harakatlar orqali iqlim oʻzgarishiga moslashish iqlim oʻzgarishi xavfini qisman kamaytiradi. Kambagʻal hudud aholisi garchi iqlim oʻzgarishiga eng kam taʼsir oʻtkazayotgan boʻlsa-da, eng koʻp zarar koʻrmoqda.

Bobcat Fire in Monrovia, CA, September 10, 2020
Bleached colony of Acropora coral
A dry lakebed in California, which is experiencing its worst megadrought in 1,200 years.
Iqlim oʻzgarishi oqibatlariga misollar: issiqlik va qurgʻoqchilik tufayli kuchaygan oʻrmon yongʻinlari, dengizdagi issiq toʻlqinlar tufayli marjonlarning oqarishi va suv taqchilligi natijasida yuzaga kelgan qurgʻoqchilik.

21-asrning birinchi oʻn yilliklarida iqlim oʻzgarishining koʻplab oqibatlari yuzaga keldi: muntazam kuzatuv boshlangan 1850-yil bilan solishtirganda, 2023-yilda issiqlikning rekord darajada koʻtarilishi (+1,48 °C) yuzaga keldi. Bu kabi issiqlikning koʻtarilishi ayni damdagi holatni yanada battarlashishiga hissa qoʻshishi, hatto Grenlandiya muz qatlami(ingl.)ning erishi kabi katta oʻzgarishga sabab boʻlishi mumkin. 2015-yilgi Parij kelishuvida davlatlar global isishni „2 °C dan past“ ushlab turishga kelishib olgan boʻlsa-da, vaziyat hozirgi holatdan oʻzgarmay davom etsa, asr oxirida global isish 2,8 °C ga yetadi. Global isishni 1,5 °C gacha tushirish uchun davlatlar 2030-yilgacha chiqarayotgan gazlarini ikki baravar kamaytirishi va 2050-yilga kelib esa turli xil gazlarni chiqarishni butunlay toʻxtatishi kerak.

Energiyani tejash va uglerod ifloslanishini keltirib chiqarmaydigan energiya manbalariga oʻtish orqali qazib olinadigan yoqilgʻidan foydalanishni bosqichma-bosqich toʻxtatish mumkin. Bu kabi energiya manbalariga shamol, quyosh, suv va atom energiyasi kiradi. Ushbu energiya manbalari transport, binolarni isitish va sanoat jarayonlarida qazilma yoqilgʻi oʻrnini bosishi mumkin. Uglerod miqdorini atmosferada ham kamaytirish mumkin. Bu uchun oʻrmon maydonlarini kengaytirish va tuproqdagi uglerodni ushlash usullari bilan dehqonchilik qilish kerak.

Terminologiyasi

1980-yillarga qadar issiqxona gazlaridan chiqayotgan gazlarning issiqligi havo ifloslanishidagi atmosfera zarrachalarining sovitish taʼsiridan kuchli yoki kuchsizligi nomaʼlum edi. Olimlar iqlimning bexosdan oʻzgarishi atamasini oʻsha paytda insonning iqlimga taʼsirini ifodalash uchun ishlatishgan. 1980-yillarda global isish va iqlim oʻzgarishi atamalari keng tarqalgan boʻlib, koʻpincha bir xil maʼnoni anglatish uchun bir birini oʻrniga ishlatila boshlandi. Ilmiy nuqtai nazardan, global isish faqat yer sirti isishining kuchayishini anglatsa, iqlim oʻzgarishi global isishni va uning Yer iqlim tizimiga taʼsirini, masalan, yogʻingarchilikning oʻzgarishini tavsiflaydi.

1975-yildan buyon qoʻllanib kelinayotganglobal isish atamasi NASA iqlimshunosi James Hansen 1988-yilda AQSh Senatida bergan koʻrsatmasida foydalanganidan soʻng mashhurlasha boshladi. 2000-yillardan boshlab, ushbu atamadan foydalanish keskin oshdi.

Global haroratning koʻtarilishi

Hozirgi global isishdan oldingi harorat

Tarixdagi eng issiq davrlardan biri taxminan 125 000 yil muqaddam soʻnggi muzliklar mavjud davr boʻlib, u vaqtda harorat global isish boshlangan davrdagi haroratdan 0,5 °C – 1,5 °C gacha issiqroq edi. Bu davrda dengiz sathi bugungi kunga nisbatan 5-10 metrga yuqori boʻlgan. 20 000 yil oldin eng soʻnggi muzlik hozirgidan 5-7 °C sovuqroq, dengiz sathi esa 125 metr pastroq edi.

Harorat 11700 yil avval boshlangan golotsen davrida barqarorlashdi. Dehqonchilik boshlanishi ham ayni shu davrga toʻgʻri keladi.

Sanoat inqilobidan keyingi harorat koʻtarilishi

Soʻnggi oʻn yilliklarda Yer yuzasidagi harorat koʻtarilishi bilan bogʻliq rekordlar haroat tushishi bilan bogʻliq rekordlarni sezilarli darajada ortda qoldirdi
Soʻnggi oʻn yilliklarda okeanlarda harorat koʻtarilishi kuzatildi, chunki okeanlar global isish natijasida issiqlikning 90% dan ortigʻini oʻziga singdirdi.

1850-yillarga kelib termometr yordamida butun dunyodagi iqlim bilan bogʻliq oʻzgarishlardan boxabar boʻlish osonlashdi. 18-asrdan 1970-yilgacha kam miqdordagi issiqxona gazlari va ularni sovitishga yetarli boʻlgan oltingugurt dioksidi sababli global isish surʼati sekin rivojlangan boʻlsa-da, 1970-yildan soʻng issiqxona gazlarining oltingugurt taʼsir qila olmas darajada ortib borishi haroratning sezilarli darajada oshishiga olib keldi.

1880-yildan 2023-yilgacha boʻlgan davrda Yer sirti harorati oʻzgarishi tasvirlangan animatsiya. Koʻk rang sovuqroq, qizil esa issiqroq haroratni bildiradi.

Iqlim oʻzgarish surʼatida hech qanday bogʻliqlik mavjud emas. Shunday boʻlsa-da, baʼzi maʼlumot bazalarida Yer yuzasidagi harorat koʻtarilish tezligi har oʻn yilda 0,2 °C ekanligi haqida maʼlumot mavjud. Yer yuzasi harorati 2014—2023-oʻn yillikda sanoatdan oldingi oʻn yillik (1850–1900) bilan solishtirganda oʻrtacha 1.19 °C ga koʻtarilgan. Ammo bu har yili avvalgisidan issiqroq boʻladi degani emas. Shuning uchun harorat oʻzgarishi 20 yillik oʻrtacha koʻrsatkich boʻyicha aniqlanadi.

Oʻtkazilgan boshqa kuzatishlar ham ushbu dalillarni tasdiqlaydi. Yuqori atmosfera yer yuzasidan koʻra sovuqroq boʻladi, chunki issiqxona gazlari oʻzidan chiqadigan issiqlikni Yer yuzasi yaqinida ushlab turadi va kosmosga kamroq issiqlik tarqatadi. Issiqlik oʻrtacha qor qoplamini kamayishiga ham hissa qoʻshadi va muzliklarni chekinishga majbur qiladi. Shuningdek, global isish okeanlarning koʻproq bugʻlanishiga sabab boʻladi, bu esa atmosfera namligining oshishiga, koʻproq va kuchli yogʻingarchilikka olib keladi. Natijada oʻsimliklar bahorda erta gullaydi va minglab hayvon turlari salqin joylarga koʻchib oʻtadi.

Mintaqalar boʻyicha farqlar

Harorat dunyoning turli mintaqalarida har xil surʼatda koʻtariladi. Issiqxona gazlari chiqadigan hududidan qatʼiy nazar butun sayyora boʻylab tarqaladi. Sanoat inqilobi davri boshlarida quruqlikdagi oʻrtacha Yer yuzasi harorati global oʻrtacha haroratidan deyarli ikki baravar tez oʻsdi. Buning sababi okeanlar bugʻlanish orqali koʻproq issiqlik yoʻqotishi ortidan oʻziga koʻp issiqlik qabul qiladi. Global iqlim tizimidagi issiqlik energiyasi kamida 1970-yildan buyon qisqa pauza bilan oʻsdi va ushbu issiqlikning 90% dan ortigʻi okeanlarda toʻplangan. Qolgan 10%i esa atmosferani qizdirish, muzlarni eritish va qitʼalarni isitishga sarflandi.

Shimoliy yarimshar va shimoliy qutbda harorat janubiy qutb va janubiy yarimsharga qaraganda ancha tezroq koʻtarildi. Bunga asosiy sabablardan biri Shimoliy yarimsharda nafaqat quruqlik, balki mavsumiy qor qoplamlari va dengiz muzlari ham koʻproq ekanligidir. Shuningdek, qor va muz ustida toʻplanadigan qora uglerod ham Arktika hududida harorat koʻtarilishiga hissa qoʻshadi. Arktikada yer yuzasi harorati dunyoning qolgan qismlariga qaraganda 3-4 baravar tezroq koʻtariladi.

Kelajakdagi global harorat

1850—1900-yillardagi oʻrtacha koʻrsatkichga nisbatan 2090-yildagi yer yuzasi harorati oʻzgarishining ikki xil prognozi.

Jahon meteorologiya tashkiloti 2024 va 2028-yillar oraligʻida 80% ehtimollik bilan hech boʻlmaganda bir yil davomida global harorat 1,5 °C dan oshishini taxmin qilmoqda. 5 yillik oʻrtacha haroratning 1,5 °C dan yuqori boʻlish ehtimoli esa 50%.

UNEP maʼlumotlariga koʻra, 2023-yildan keyingi karbonat angidrid miqdori 200 gigatonnadan oshmasa, global isish 1,5 ° C dan past boʻlishi mumkin, ammo holatning bunday davom etish ehtimoli 50%.

Soʻnggi global isish sabablari

Hozirgacha sodir boʻlgan global isish omillari. Karbonat angidrid kabi uzoq muddatli taʼsirga ega omillarning potentsiali koʻrsatilmagan. Har bir ustundagi chiziqlar xato ehtimolligi darajasini koʻrsatadi.

Iqlim tizimi yillab va hatto asrlab davom etishi mumkin boʻlgan turli xil sikllarni boshdan kechiradi. Misol uchun, El Niño hodisasi sirt haroratining qisqa muddatli koʻtarilishiga olib kelsa, La Niña hodisasi esa qisqa muddatli sovishga sabab boʻladi. Ularning nisbiy chastotasi oʻn yillik davr ichida global harorat tendensiyalariga taʼsir qilishi mumkin. Boshqa oʻzgarishlar energiyaning tashqi taʼsirlardan kelib chiqadigan nomutanosibligidan yuzaga keladi. Bunga issiqxona gazlari konsentratsiyasining oʻzgarishi, quyosh nuri, vulqon otilishi va Yerning Quyosh orbitasidagi oʻzgarishlari misol boʻladi.

Issiqxona gazlari

Soʻnggi 800 000 yildagi CO2 konsentratsiyasi muz yadrolari yordamida (koʻk/yashil) va toʻgʻridan-toʻgʻri (qora) oʻlchangan holatlari

Issiqxona gazlari quyosh nurlariga oʻtkazuvchi vazifasini oʻtab, ularning atmosferadan oʻtib Yer yuzasini isitishga imkon beradi. Issiqxona gazlari Yer yuzasidan issiqlik shaklida chiqqan energiyani oʻziga soʻrib oladi. Natijada issiqlikni Yer yuzasida ushlab turib, uning koinotga chiqish tezligini sekinlashtiradi. Yer yuzasidagi haroratni koʻtarilishiga hissa qoʻshadi.

Yuqori