| Nortoʻxta Qilich | |
|---|---|
| Tavalludi | 1946-02-07 |
| Fuqaroligi | O'zbekiston Respublikasi |
| Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti |
| Kasbi | yozuvchi |
| Mashhur ishlari | Munosabat, Ikki Olam Aro, Oydin tongday namozshom, |
| Bolalari | Klichev Azad, Qilichev Dilshod, Qilichev Shaxzod |
| Otasi | Nusrat Qilich |
Nortoʻxta Qilich (1946-yil Buxoroda tugʻilgan) — yozuvchi.
Hayoti
Nortoʻxta Qilich 1946-yil 7-fevralda Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani Gʻishti qishlogʻida tugʻilgan. 1971-yil Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ni tamomlagan. Soʻngra, „Buxoro haqiqati“, „Xorazm haqiqati“, „Toshkent oqshomi“ gazetalarida, shuningdek, „Sharq yulduzi“ jurnalida, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida faoliyat yuritgan.
Ijodi
Nortoʻxta Qilichning dastlabki hikoyalari 60-yillarda tuman gazetasida nashr etilgan. 1981-yilda ilk hikoyalar toʻplami „Oppoq tong“ nomi ostida bosilib chiqqan. Keyingi yillarda „Yorongul“ (1981), „Moʻjiza“ (1984), „Chigʻiriq“ (1988), „Bayram“ (1991), „505“ (1992), „Iltijo“ (1992) nomli hikoya va qissalar toʻplamlari chop etilgan.
1993-yilda „Vijdon hukmi“ nomli qissa va hikoyalar toʻplami qoraqalpoq tilida bosmadan chiqqan.
- Gʻijduvonda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonlik yozuvchilar
- Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari