| Matyoqub Matchonov | |
|---|---|
Матёқуб Матчонов | |
![]() | |
| Tavalludi | 1956-yil 26-noyabr Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
| Fuqaroligi | |
| Faoliyat yillari | 1982-yildan hozirgacha |
| Mukofotlari | |
Matyoqub Matchonov (1956-yil 26-noyabr, Toshkent, OʻzSSR) — oʻzbek teatr va kino aktyori. Oʻzbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasi raisi. Doʻstlik ordeni hamda Ozbekiston xalk artisti unvoni sohibi. Oʻzbekiston Oskar qoʻmitasi aʼzosi. „Leganda o lyubvi“ (1984), „Snayper“ (2019) va „Toʻqlikka shoʻxlik 2“ (2015) filmlari bilan tanish.
Hayoti
Matyoqub Matchonov 1956-yil, 26-noyabrda Toshkentda tavallud topgan. U maktabni tugatib aktyor boʻlish orzusida Toshkent teatr va rassomchilik oliygohiga kirgan. Ilk bor 1980-yilda suratga olingan „Dahoning yoshligi“ filmida suratga tushgan. Oʻqishni tugatib faoliyatini 1985-yilda „Yosh Gvardiya“ nomidagi teatrida boshlagan. Aktyor sifatida „Bozor koʻrmagan yigit“ filmida rolidan keyin u komik aktyor sifatida muxlislarning eʼtiborini qozongan.
2021-yil O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi, Kinematografiya agentligi tomonidan o‘tkazilgan „Oltin humo“ taqdimotiga mehmon sifatida chaqirilgan va marosim ochib berilishida qatnashgan. Jurnalistlar Matchonovdan nega rejissorlikka qoʻl urmaganligi haqida soʻrashganida rejissorlik qilishdan ko‘ra rol o‘ynash u uchun zavqliroq ekanligini aytgan. Rustam Sa’diyev, Javlon Shodmonov, Jahongir Ahmedovlar Matchonovni o‘zbek kinosining 2016-yillardagi tomoshabinni kinoga chaqiruvchi, eng qimmat va talabgir aktyorlar orasiga qoʻshishgan. „Eʼtirof-2014“ taqdirlash marosimida „Yilning eng yaxshi kinoaktyori“ nominatsiyasida Matchonov daʼvogarlik qilgan.
XIV Toshkent xalqaro kinofestivalida boʻlgan mojaroda, o‘zbek ayollari va qizlarining turk aktyori Burak Özçivit bilan ko‘rishib, rasmga tushish uchun qilgan ishlarini Matchonov keskin tanqid qildi hamda „Burakning tuflisini yalashga tayyor bo‘lgan ayollarimizni ko‘rib, achindim“ degan mazmundagi videolari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Filmografiyasi
| Yil | Nomi | Original nomi | Rol | |
|---|---|---|---|---|
| 1982 | f | Yunost geniya | Bin safar | |
| 1983 | f | Probujdeniye | Ergash | |
| 1984 | f | Olovli yo‘llar | Original nomi berilmagan | |
| 1985 | f | Proshay, zelen leta | epizod | |
| 1987 | f | Pered bolshoy dorogoy na voynu | Ziyautdinov | |
| 1988 | f | Priklyucheniya Arslana | Taran | |
| 1989 | f | Sherali va Oybarchin | Original nomi berilmagan | |
| 1990 | f | Ubiysa ponevole | Original nomi berilmagan | |
| 1991 | f | Temir odam | Original nomi berilmagan | epizod |
| 1991 | f | Polunochniy blyuz | epizod | |
| 2004 | f | Sarmat | Ayubxan | |
| 2006 | f | Sugʻdiyona | Original nomi berilmagan | |
| 2008 | f | Shabnam | Original nomi berilmagan | Shabnamning otasi |
| 2009 | f | Uylanish | Original nomi berilmagan | Mahmud: Javohirning xoʻjayini, Durdonaning otasi |
| 2009 | f | Oʻzimdan oʻzimgacha | Original nomi berilmagan | |
| 2009 | f | Zirapcha | Original nomi berilmagan | Ergash |
| 2009 | f | Keragimsan | Original nomi berilmagan | |
| 2010 | f | Dada | Original nomi berilmagan | |
| 2010 | f | Dada | Original nomi berilmagan | |
| 2011 | f | Oling quda, bering quda | Original nomi berilmagan | |
| 2011 | f | Arzanda | Original nomi berilmagan | |
| 2011 | f | Mening akam boʻydoq | Original nomi berilmagan | Shamshodning dadasi |
| 2011 | f | Devona farishta | Original nomi berilmagan | |
| 2012 | f | Xizmat doirasidan tashqarida | Original nomi berilmagan | |
| 2012 | f | O, Maryam, Maryam | Original nomi berilmagan | |
| 2012 | f | Xazon | Original nomi berilmagan | |
| 2012 | f | Endi dadam boʻydoq | Original nomi berilmagan | Shamshodning dadasi/Botir |
| 2013 | f | Tilim qursin | Original nomi berilmagan | |
| 2013 | f | Toʻqlikka shoʻxlik | Original nomi berilmagan | |
| 2013 | f | Vafodorim | Original nomi berilmagan | |
| 2013 | f | Kuyovmisan kuyov | Original nomi berilmagan | |
| 2015 | f | Sotqin | Original nomi berilmagan | |
| 2015 | f | Toʻqlikka shoʻxlik 2 | Original nomi berilmagan | |
| 2016 | f | Majnun | Original nomi berilmagan | |
| 2017 | f | Egizak oshiqlar | Original nomi berilmagan | |
| 2017 | f | Onasining erkasi | Original nomi berilmagan | |
| 2017 | f | Ketaman dedimmi, ketaman | Original nomi berilmagan | |
| 2018 | f | Asal oyi | Original nomi berilmagan | |
| 2018 | f | Sarvqomat dilbarim | Original nomi berilmagan | |
| 2019 | f | Islomxoʻja | Original nomi berilmagan | |
| 2019 | f | Snayper | Original nomi berilmagan | |
| 2019 | f | Super xizmatkor | Original nomi berilmagan | |
| 2019 | f | Avloniy | Original nomi berilmagan | |
| 2017 | f | Isʼhoqxon Ibrat | Original nomi berilmagan | |
| 2022 | f | Ayol qismati | Original nomi berilmagan | |
| 2022 | f | Afv | Original nomi berilmagan |
|-
| rowspan= | 2026 | align="center" | f | | Farz || Sobir aka
Mukofot va unvonlari
Matchonov „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ unvoni hamda 2016-yili Doʻstlik ordeni bilan taqdirlangan. „CinemaTop-2020“ taqdirlash marosimida Matchonov „Ijtimoiy faolligi uchun“ nominatsiyasiga loyiq koʻrildi. 2019-yil „Oltin humo“ milliy kinotaqdimotining saralash komissiyasi raisi boʻlgan. 2026-yil 28-mayda Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Javobgarlikka tortilishi
Matchonov rahbarlik qiladigan „Marsa“ tijorat tashkilotidagi soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, savdo qoidalarini buzish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan mahsulotlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tashish, saqlash kabi ayblovlar qo‘yilgandi. Bundan tashqari, odamlar orasida Matchonovning mashinasidan nasha topilgani haqidagi mish-mishlar ham boʻlgandi. Aktyor o‘ziga qo‘yilgan ayblarni tan olmadi. Biroq, Matchonov va „Marsa“ xodimlari 180 mln so‘mlik kamomadni qoplab bergan va shu yili 4-avgustda qamaldi. Oradan koʻp oʻtmay, 31-oktyabr kuni Matchonovga Oʻzbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligi munosabati bilan eʼlon etilgan amnistiya qoʻllanilib, ozodlikka chiqarildi.
- 26-noyabrda tugʻilganlar
- 1956-yilda tugʻilganlar
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar
- Oʻzbekiston xalq artistlari
- Qayta ishlash uchun filmografiya
- Toshkentda tugʻilganlar
- Alifbo boʻyicha aktyorlar
- Oʻzbekistonlik aktyorlar
