| Nikita Katsalapov | |
|---|---|
![]() | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Asl ismi | Никита Геннадьевич Кацалапов |
| Toʻliq ismi | Nikita Gennadyevich Katsalapov |
| Davlat | |
| Tavalludi | 1991-yil 10-iyul Moskva |
| Boʻyi | 1.80 m (5 ft 11 in) |
| Jamoasi | Olympic School Moskvich |
| Oldingi jamoalari | Vorobyevye Gori |
| Uchishni boshlagan | 1995 |
| Jahon reytingida | Sinitsina bilan 1 (2020-21) 1 (2019-20) 2 (2018-19) 23 (2017-18) 18 (2016-17) 25 (2015-16) 70 (2014-15) Iyinix bilan 7 (2013-14) 7 (2012-13) 10 (2011-12) 13 (2010-11) 31 (2009-10) |
| Shaxsiy rekordlari | |
| Raqs (umumiy natija) | 221.17 |
| Qisqa raqs | 88.85 |
| Erkin raqs | 133.02 |
Nikita Gennadyevich Katsalapov (ruscha: Никита Геннадьевич Кацалапов; 1991-yil 10-iyulda tugʻilgan) — rossiyalik figurali uchuvchi. Sherigi Viktoriya Sinitsina bilan birga 2022-yilgi Olimpiya chempioni, 2022-yilgi Olimpiada kumush medali sovrindori, 2021-yilgi jahon chempioni, ikki karra Yevropa chempioni (2020, 2022), 2019-yilgi jahon kumush medali sohibi, 2018 — 2019-yilgi Gran-pri finali kumush medali sovrindori va ikki karra Rossiya milliy chempionatining gʻolibi (2019-2020) boʻlgan. Shuningdek, juftlik Gran-pri turnirlarida bir nechta medallarni qoʻlga kiritgan, jumladan 2018 CS Ondrej Nepela Trophy sovri sohibi boʻlgan.
Faoliyati
Nikita Katsalapov eng katta muvaffaqiyatga Yelena bilan juftlikda erishgan: Yelena bilan birga u 2014-yilgi jamoaviy musobaqalarda Olimpiya chempioni va 2014-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida muz raqsi boʻyicha bronza medali sovrindori, 2012-yilgi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori, 2013-yil va 2014-yilgi Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori boʻlgan. 2012, 2013, 2014-yillardagi Rossiya chempionatining uch karra kumush medali sohibi; 2010-yil oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni. 2014-yil fevral holatiga koʻra, Ilyinix / Katsalapov juftligi ISU reytingida 7-oʻrinni egallagan. Juftlik 2014-yil aprel oyida tarqaldi.
Yelena 2014-yil aprel oyining ikkinchi yarmidan 2017-yil may oyigacha Ruslan Jiganshin bilan juftlikda muz ustida raqslarini ijro etdi. Ular 2015-yilgi Rossiya chempioni, 2015-yilgi jamoalar oʻrtasidagi jahon chempionati kumush medali sovrindorlari, 2014—2015-yilgi mavsumda Rossiya kubogi Gran-pri bosqichining kumush medali sovrindorlari, 2015—2016-yilgi mavsumda Xitoy kubogi Gran-pri bosqichining bronza medali sovrindorlari boʻlishgan.
2017-yil 16-may holatiga koʻra Ilyinix/Jiganshin juftligi Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) reytingida 24-oʻrinni egallagan.
Natijalari
GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
| Musobaqa | 2008 — 2009 ㅤ | 2009 — 2010 ㅤ | 2010 — 2011 ㅤ | 2011 — 2012 ㅤ | 2012 — 2013 ㅤ | 2013 — 2014 ㅤ |
|---|---|---|---|---|---|---|
| Qishki Olimpiya oʻyinlari | 3 | |||||
| Qishki Olimpiya oʻyinlari . Jamoa raqobati | 1 | |||||
| Jahon chempionatlari | 7 | 5 | 9 | 4 | ||
| Yevropa chempionati | 4 | 3 | 2 | 2 | ||
| Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati | 1 | |||||
| Rossiya chempionati | 3 | 2 | 2 | 2 | ||
| Oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempionati | 4 | 2 | ||||
| Gran-pri finali | 6 | |||||
| Trophee Eric Bompard | 4 | 2 | ||||
| NHK Trophy | 4 | 3 | 2 | 4 | ||
| Rossiya kubogi | 3 | 2 | ||||
| Yoshlar oʻrtasidagi Gran-pri finali | 2 | |||||
| Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Vengriya | 1 | |||||
| Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Polsha | 1 | |||||
- 10-iyulda tugʻilganlar
- 1991-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Rossiyalik figurali uchuvchilar
- Figurali uchish boʻyicha jahon chempionlari
