Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Fotma Sulton (usmonli turkcha: فاطمہ سلطان‎‎; taxminan"}]],"parts":[{"template":{"target":{"wt":"Circa","href":"./Andoza:Circa"},"params":{},"i":0}}]}'>tax.1573

Fotma Sulton

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Fotma Sulton
Tugʻilishi tax. 1573
Manisa, Usmoniylar imperiyasi
Vafoti 1620
Konstantinopol, Usmoniylar imperiyasi
Dafn etilgan joy
Murod III maqbarasi, Sofiya ibodatxonasi, Istanbul
Turmush oʻrtogʻi
bosniyalik Halil posho
(turm. 1593; vaf. 1603)
Ja’far posho
(turm. 1604; vaf. 1609)
Xizir posho
(turm. 1610; vaf. 1610)
Kuyucu Murod posho
(turm. 1611; vaf. 1611)
Farzandlari
  • Birinchi nikoh
  • Sultonzoda Mahmud bey
  • Sultonzoda Hasan bey
Sulola Usmoniylar
Otasi Murod III
Onasi Safiya Sulton
Dini Islom, sunniylik

Fotma Sulton (usmonli turkcha: فاطمہ سلطان; tax.1573–1620) – Usmoniylar malikasi, sulton Murod III (h.1574–1595) va Safiya Sultonning qizi, Usmoniylar imperiyasi sultoni Mahmud III ning (h.1595–1603) singlisi.

Yoshligi

Fotma Sulton Usmoniylar imperiyasi sultoni Murod III va uning rafiqasi Safiya Sultonning qizi boʻlgan. Uning sulton Mahmud III, shahzoda Salim va shahzoda Mahmud ismli uch tugʻishgan akasi hamda Oysha Sulton, Humoshoh Sulton ismli ikki opasi bor edi.

Nikohlari

1593-yil 6-dekabrda Fotma otasi Murodning amri bilan flot admirali Halil poshoga turmushga chiqqan. Toʻy Eski saroyda 7 kun boʻlib oʻtgan. Tarixchi Mustafo Selaniki Fotmaning toʻy marosimida uyushtirilgan dabdabani tomosha qilish uchun toʻplangan xalqning hayajonini batafsil tasvirlagan. Uning yozishicha, qizil atlas parda ortiga yashirilgan holda olib borilgan Fotma Sulton yangi turmush oʻrtogʻining saroyiga tantanali ravishda kuzatilgan. Selaniki shunday yozadi: Fotmaning toʻyida „etaklar toʻla yaltiroq yangi tangalar sochildi… ulardan ulush ololmaganlar esa havas bilan xoʻrsinishdi“. Tarixchi Hoji Saʼdiddin afandining soʻzlariga koʻra, unga berilgan mahr miqdori 300 000 dukat boʻlgan. Toʻy tadbirlari doirasida Imperiya kengashi aʼzolariga 7 kunlik taʼtil berilgan.

1595-yilda Halil posho flot bilan birga suzib ketmadi. Buning asosiy sababi Sofiya Sulton ham, Fotma Sulton ham uning Istanbuldan ketishiga rozi boʻlmagani edi. Buning sababi ehtimol Fotma Sultonning homiladorligi boʻlgan. Fotma 1595-yil oktyabrida oʻgʻil tugʻgan, bu esa yangi hukmdor sulton Mehmed hamda Sofiyaning Halil poshoga mehrini yanada kuchaytirgan.

1603-yilda Halil poshoning vafotidan soʻng Fotma Sulton 1604-yil dekabrida Jaʼfar poshoga turmushga chiqdi. Jaʼfar posho Dunay daryosi boʻylab oʻtish yoʻllari va strategik dovonlarning xavfsizligini taʼminlash uchun mas’ul etib tayinlangan edi. Ularning nikohini oʻtkazish uchun Jaʼfar posho zudlik bilan poytaxtga chaqirtirilgan va vazir unvoni berilib, imperiya kengashidan oʻrin olgan. Jaʼfar posho 1608-yilda Kipr hokimi etib tayinlangan. Ehtimol oʻsha paytda Fotma erining ortidan Kiprga borgan. Jaʼfar posho vafotiga qadar ushbu lavozimda xizmat qilgan.

Fotmaning yana ikki marta turmush qurgani haqida manbalar mavjud. Jaʼfar poshoning vafotidan keyin 1610-yilda Van (1582), Karaman va Tamashvar (1592) hokimi, juda keksayib qolgan Hizir poshoga turmushga chiqqan. Hizir posho toʻydan koʻp oʻtmay vafot etgan. Keyinroq Fotma Sulton devon aʼzosi va vazir Kuyucu Murod posho (1611) bilan nikoh qurgan.

Vafoti

Fotma Sulton 1620-yilda vafot etgan va Istanbuldagi Ayasofya masjidi hovlisida joylashgan otasining maqbarasiga dafn etilgan. Boshqa maʼlumotlar qatorida Halil poshoning rafiqasi sifatida ham qayd etilgan.

Farzandlari

Birinchi nikohidan Fotma Sultonning ikki oʻgʻli boʻlgan:

  • Sultonzoda Mahmud bey (1595–1598)
  • Sultonzoda Hasan bey (fl.1604 c.1620)

Adabiyotlar


Yuqori