![]() Olăroiu Steaua București klubida (2007-yil) | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Cosmin Aurelian Olăroiu | ||
| Tavallud sanasi | 1969-yil 10-iyun | ||
| Tavallud joyi | Bucharest, Ruminiya | ||
| Boʻyi | 1.87 m | ||
| Ampluasi | himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Sharjah | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| —1988 | Steaua București | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1988—1989 | Carpați Nehoiu | ||
| 1989—1990 | Gloria Buzău | ||
| 1990—1991 | MECON București | ||
| 1991—1992 | Girueta București | ||
| 1992—1995 | Naţional București | 80 | (8) |
| 1995—1997 | Universitatea Craiova | 37 | (2) |
| 1997—2000 | Suwon Samsung Bluewings | 98 | (7) |
| 2000 | → JEF United Ichihara (ijara) | 10 | (0) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2001—2002 | Naţional București | ||
| 2002—2003 | Steaua București | ||
| 2003—2005 | Naţional București | ||
| 2005—2006 | Politehnica Timişoara | ||
| 2006—2007 | Steaua București | ||
| 2007—2009 | Al Hilal | ||
| 2009—2010 | Al Sadd | ||
| 2011—2013 | Al Ain | ||
| 2013—2017 | Al Ahli | ||
| 2014—2015 | Saudiya Arabistoni | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Cosmin Aurelian Olăroiu (talaffuzi: Cosmin Avrelian Olyoroiu) (10-iyun 1969-yilda tugʻilgan) — ruminiyalik professional futbol menejeri va BAA Pro-ligasi „Sharjah“ klubining sobiq futbolchisi. Cosmin Olăroiu murabbiy sifatida "Steaua București" futbol klubini 2006-yilda Ruminiya Ligasi chempionligiga va Ruminiya Superkubogiga olib chiqdi. Shuningdek, Cosmin Olăroiu o‘sha yili o‘z jamoasining UEFA kubogining yarim finaliga chiqishiga yordam berdi. Cosmin Olăroiu Saudiya Arabistoni, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklarining eng sovrindor klublari — „Al Hilol“, „Al Sadd“, „Al Ain“ va „Al Ahli“ni yangi sovrinlar sari yetaklagan Arab yarim orolidagi eng buyuk menejerlardan biri hisoblanadi. 2020-yilda Cosmin Olăroiu „Jiangsu Suning“ futbol klubini Xitoyda birinchi marta chempion boʻlishiga yordam berdi.
Klublardagi faoliyati
Futbolchi sifatida Cosmin Olăroiuning eng mashhur klublari „Universitatea Craiova“ va „Naţional București“ futbol klublari hisoblanadi. Shuningdek, Cosmin Olăroiu „Suwon Samsung Bluewings“ futbol klubi uchun K ligasida ham muvaffaqiyat bilan oʻynadi. K ligasida Cosmin Olăroiu klubga 1998 va 1999-yillarda ikkita K Liga chempionligini qoʻlga kiritishda yordam berdi. Shuningdek, Cosmin Olăroiu Koreya Ligasi kubogi va ikki marta Superkubogini qoʻlga kiritdi. Cosmin Olăroiu futbolchilik faoliyatini 2000-yilda „JEF United Ichihara“ futbol klubi bilan yakunlagan.
Murabbiylik faoliyati
Dastlabki yillar
Cosmin Olăroiu oʻzining murabbiylik faoliyatini 2000—2001-yilgi mavsumda „Naţional București“ futbol klubi safida boshlagan. Cosmin Olăroiu klubdagi birinchi mavsumidayoq ularni 7-oʻringa olib chiqqan. Keyingi mavsumda Cosmin Olăroiu klubni ligada ikkinchi oʻringa olib chiqdi. Bu natija bilan "Naţional București" klubi „Steaua București“ va „Rapid Progresul“ kabi futbol klublaridan yuqori oʻrinni egalladi.
2002-yilning yozida Cosmin Olăroiu „Steaua București“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Cosmin Olăroiu bor-yoʻgʻi yettita liga oʻyinidan soʻng klubni tark etdi. Cosmin Olăroiu oʻzining bu qarorini boshqaruv kengashi va futbolchilar tomonidan qoʻllab-quvvatlanmagani bilan izohladi. Bunga sababa klub prezidenti Viorel Păunescu 2002-yilgacha sobiq murabbiy, Victor Piţurcă bosh murabbiylikka qaytishini istagan. Chunki uning faoliyati hali ham futbolchilar tomonidan yuqori baholangan edi.
„Steaua București“ futbol klubidan ketganidan soʻng, Cosmin Olăroiu „Național București“ futbol klubi safiga qaytib keldi. Lekin Cosmin Olăroiu bu safar klub safida bosh menejer sifatida ish boshladi. 2003-yilda Cosmin Olăroiu Walter Zenga oʻrniga bosh murabbiy etib tayinlandi.
2004-yilning qishida Cosmin Olăroiu „Politehnica Timişoara“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Cosmin Olăroiu yangi klub safiga oʻzi bilan „Național București“ futbol klubining eng yaxshi futbolchilarini olib keldi. Cosmin Olăroiu yangi klubni A Diviziayasi tarixida deyarli tarixiy toʻrtinchi oʻringa olib chiqdi. Ammo 2005-yilning noyabrida Cosmin Olăroiuni klub xoʻjayini Marian Iancu ishdan boʻshatdi.
Steaua București
Oradan bir necha kun oʻtgach, Cosmin Olăroiu Oleh Protasovning oʻrniga yangi prezident va bu safar „Steaua București“ futbol klubi egasi Gigi Becali tomonidan menejer etib tayinlandi. Cosmin Olăroiuning murabbiy sifatida birinchi chempionlik unvoni 2006-yil iyun oyida qoʻlga kiritilgan. Bu voqeadan bir oy oʻtgach, Cosmin Olăroiu klub bilan Superkubokni ham qoʻlga kiritgan edi. 2006-yilning may oyida Cosmin Olăroiu shogirdlari 2005—2006-yilgi UEFA kubogi yarim finaliga chiqdi. Cosmin Olăroiu, shuningdek, „Steaua“ futbol klubiga UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishda yordam berdi. UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichida Cosmin Olăroiu shogirdlari "Dinamo Kiev", "Real Madrid" va " Olympique Lyonnais " futbol klublariga qarshi oʻynadi. Shundan soʻng, „Steaua“ futbol klubi uchinchi oʻrinni va UEFA kubogining pley-off bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Al Hilol

2007-yil iyun oyida Cosmin Olăroiu „Al Hilol“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. 2008-yilda Cosmin Olăroiu oʻzining murabbiylik mahorotini yana bir bor isbotladi. Cosmin Olăroiu oʻzining birinchi mavsumida klub bilan Saudiya Arabistoni Premyer-ligasi va Crown Prince kubogini qoʻlga kiritdi. Cosmin Olăroiu 2009-yil fevral oyida klubni tark etishdan oldin oʻz jamoasini ikkinchi marta Crown Prince kubogini qoʻlga kiritishiga yordam berdi. Shu bilan birga Cosmin Olăroiu klubni ligada birinchi oʻringa olib chiqdi.
Al Sadd
2009-yilning aprel oyida Cosmin Olăroiu "Al Sadd" futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Cosmin Olăroiu oʻz jamoasini Qatar Stars kubogini qoʻlga kiritishiga yordam berdi. Shundan soʻng, 2010-yil dekabr oyida Cosmin Olăroiu darhol klub boshligʻi lavozimidan ketishini eʼlon qildi.
2011-yilning 5-mayida Cosmin Olăroiu 2010—2011-yilgi mavsumda I Liganing soʻnggi uchta oʻyinida va 2011-yilgi Cupa României finalida „Steaua București“ futbol klubi jamoasining nazoratchisi etib tayinlandi. „Steaua București“ futbol klubining yordamchi murabbiyi Gabriel Caramarin qolgan soʻnggi oʻyinlarda jamoani vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida boshqardi.
Al Ain
2011 yilning yozida Cosmin Olăroiu ikki yillik shartnoma asosida „Al Ain“ futbol klubining bosh murabbiyi sifatida ishga qabul qilindi. Cosmin Olăroiu klubni 2011—2012-yilgi mavsumda BAA Pro-Liga chempionligiga olib chiqishdi. Bundan oldin,Cosmin Olăroiu klubni quyi ligaga tushish zonasidan uzoqlashtirdi. 2012-yil 18-sentyabrda Cosmin Olăroiu „Al Ain“ futbol klubi bilan BAA Superkubogini ham qo‘lga kiritdi.
Cosmin Olăroiu keyingi mavsumda oʻtgan mavsumdagi gʻalabalrini yana takrorladi. Shuning uchun „Al Ain“ futbol klubi ketma-ket chempionlikni qoʻlga kiritdi. 2013-yilning iyun oyida Cosmin Olăroiu „Al Ain“ futbol klubi bilan yangi ikki yillik shartnoma imzoladi. Bu shartnomaga koʻra, Cosmin Olăroiu klub safidagi har bir mavsumi uchun 4 million yevro haq oladigan boʻldi. Biroq, shartnoma 2013-yil 1-iyulda bekor qilingan.
Al Ahli
2013-yilning 6-iyulida Cosmin Olăroiu Dubayning „Al Ahli“ futbol jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilindi. 30-avgust kuni Cosmin Olăroiu „Al Ahli“ futbol klubi boshqaruvidagi ilk uchrashuvini Superkubok finalida sobiq jamoasi „Al Ain“ futbol klubiga qarshi oʻtkazdi. 2014-yil aprel oyida Cosmin Olăroiu matematik tarzda ketma-ket uchinchi liga chempionligini qo‘lga kiritdi. Bu chempionlikni qoʻlga kiritish uchun „Al Ahli“ futbol jamaosi oʻzining azaliy raqibi „Al Wasl“ futbol klubi ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonishga muvaffaq boʻldi. O‘zining birinchi mavsumi davomida Cosmin Olăroiu klub bilan uchta mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi. Shundan soʻng, 2014-yilda Cosmin Olăroiu Arab-Fors ko‘rfazi ligasi tomonidan yilning eng yaxshi murabbiyi sifatida taqdirlandi.
Cosmin Olăroiu „Al Ahli“ futbol klubini 2015-yilgi AFC Chempionlar Ligasi doirasida Xitoyning „Guangzhou Evergrande“ futbol klubiga umumiy hisobda 1:0 hisobida magʻlub etib, klubini Osiyo Chempionlar Ligasi finaliga olib chiqdi.
2016—2017-yilgi mavsumda Cosmin Olăroiu dunyo futbolidagi eng koʻp maosh oluvchi murabbiylardan biriga aylandi. Cosmin Olăroiu yiliga 6,5 million yevro maosh olar edi.
Saudiya Arabistoni
2014-yilning 15-dekabrida Saudiya Arabistoni milliy futbol terma jamoasini 2015-yilgi Futbol boʻyicha Osiyo kubogiga vaqtinchalik murabbiy sifatida tayyorlashi maʼlum boʻldi. Cosmin Olăroiuning bosh murabbiyligidagi birinchi oʻrtoqlik uchrashuvi oʻyinida Saudiya Arabistoni milliy futbol terma jamoasi Bahrayn milliy futbol terma jamoasiga 4:1 hisobida magʻlub boʻlgan edi. Shundan soʻng, Cosmin Olăroiuning shogirdlari navbatdagi ikkita oʻyinda ham magʻlub boʻlishdi. Jumladan, 2015-yil Osiyo kubogida Saudiya Arabistoni milliy futbol terma jamoasi turnirdagi birinchi oʻyinida Xitoy milliy futbol terma jamoasiga 1:0 hisobida magʻlub boʻlishdi. Saudiya Arabistoni milliy futbol terma jamoasi navbatdagi o‘yinda Shimoliy Koreya milliy futbol terma jamoasiga qarshi o‘yinda 4:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Ammo, jamoa O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan so‘nggi o‘yinda 3:1 hisobida mag‘lub bo‘lishdi va guruh bosqichidan chiqib ketishdi. Bu natijalar Cosmin Olăroiuning oʻz futbolchilarini yaxshi bilmasligi, faqat shoshilinch vaqtinchalik kelishuvga koʻra tayinlangani natijasidir deb izohlandi. Turnir yakunida Cosmin Olăroiu yana klubdagi pozitsiyasiga qaytdi.
| Raq. | Sana | Joy | Raqib | Natija | Gol mualliflari | Musobaqa | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 2014-yil | |||||||||||||
| 1 | 2014-yil 30-dekabr | Geelong, Avstraliya | 1-4 | Naif Hazazi | oʻrtoqlik uchrashuvi | ||||||||
| 2015-yil | |||||||||||||
| 2 | 2015-yil 4-yanvar | Sidney, Avstraliya | 0-2 | oʻrtoqlik uchrashuvi | |||||||||
| 3 | 2015-yil 10-yanvar | Brisben, Avstraliya | 0-1 | 2015-yilgi Osiyo kubogi | |||||||||
| 4 | 2015-yil 14-yanvar | Melburn, Avstraliya | 4-1 | Naif Hazazi, Muhammad As-Sahlawi x2 va Nawaf Al-Abed | 2015-yilgi Osiyo kubogi | ||||||||
| 5 | 2015-yil 18-yanvar | Melburn, Avstraliya | 1-3 | Muhammad as-Sahlawi (penalti) | 2015-yilgi Osiyo kubogi | ||||||||
Jiangsu Suning
2018-yilning 28-martida Cosmin Olăroiu Fabio Capello o‘rniga Xitoy Superligasi vakili „Jiangsu Suning“ futbol klubiga murabbiy etib tayinlandi. Cosmin Olăroiu oʻzining birinchi oʻyinini 1-aprel kuni „Tianjin Teda“ futbol klubiga qarshi oʻz uyida oʻtkazdi. Bu uchrashuvda „Jiangsu Suning“ futbol klubi 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Cosmin Olăroiu klub safidagi oʻzining uchinchi mavsumida „Jiangsu Suning“ futbol klubi tarixida birinchi marta Superliga chempionligini qoʻlga kiritdi. Biroq, Cosmin Olăroiu klubdan 2021-yilgi mavsum boshlanishidan oldin ishdan ketdi.
Sharjah
2021-yil 10-noyabrda Cosmin Olăroiu „Sharjah“ futbol klubining BAA Pro-ligasida raqobatbardosh bo‘lib qolishiga yordam berish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga qaytib keldi.
Yutuqlar
=== Oʻyinchi ===; Suwon Samsung Bluewings
- K ligasi: 1998, 1999
- Koreya Liga kubogi: 1999, 2000
- Koreya Superkubogi: 1999, 2000
- Daehan Fire Insurance kubogi: 1999-yil
- Osiyo kubogi egalari kubogi sohibi: 1997—1998
Menejer
- Steaua București
- Ruminiya ligasi: 2005—2006
- Ruminiya superkubogi: 2006-yil; Al Hilol
- Saudiya ligasi: 2007—2008
- Crown Prince kubogi: 2007—2008, 2008—2009; Al Sadd
- Qatar Stars kubogi: 2010-yil; Al Ain
- BAA ligasi: 2011—2012, 2012—2013
- BAA Superkubogi: 2012-yil; Al Ahli
- BAA ligasi: 2013—2014, 2015—2016
- BAA Liga kubogi: 2013—2014, 2016—2017
- BAA Superkubogi: 2013, 2014, 2016
- Osiyo Chempionlar Ligasi 2-oʻrinchisi: 2015-yil; Jiangsu Suning
- Xitoy Superligasi: 2020; Sharjah FC
- BAA Prezidenti kubogi: 2021—2022
Individual
- Ruminiyaning eng yaxshi murabbiyi: 2006, 2020
- AGL yilning eng yaxshi murabbiyi: 2014, 2016, 2017
- Ahdaaf Yaqin Sharqdagi yilning eng yaxshi murabbiyi (Wayback Machine saytida 2022-11-23 sanasida ): 2015-yil
- 10-iyunda tugʻilganlar
- 1969-yilda tugʻilganlar
- Vikimaʼlumotlardagisidan farqli boʻlgan sahifalar
- Yashayotgan insonlar
- Ruminiyalik erkak futbolchilar
- Erkaklar futbol markaziy himoyachilari
- FC Gloria Buzău futbolchilari
- FC Progresul București futbolchilari
- FC U Craiova 1948 futbolchilari
- Suwon Samsung Bluewings futbolchilari
- JEF United Chiba futbolchilari
- Liga I futbolchilari
- J1 ligasi futbolchilari
- K liga 1 futbolchilari
- Ruminiyalik muhojir erkak futbolchilar
- Janubiy Koreyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Yaponiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- AFC Osiyo Kubogi 2015 murabbiylari
- Birlashgan Arab Amirliklari milliy futbol terma jamoasi murabbiylari
- Saudiya Arabistoni milliy futbol terma jamoasi murabbiylari
