Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Mehmonnomayi Buxoro — tarixiy asar. XVI asr boshlarida Movarounnahr va Xurosonda kechgan harbiy-siyosiy jarayonlar tarixini oʻrganishda muhim oʻrin tutadi. Fors

Mehmonnomayi Buxoro

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mehmonnomayi Buxoro

Mehmonnomayi Buxoro — tarixiy asar. XVI asr boshlarida Movarounnahr va Xurosonda kechgan harbiy-siyosiy jarayonlar tarixini oʻrganishda muhim oʻrin tutadi. Fors tilida yozilgan.

Asar Fazlulloh ibn Roʻzbehxon tomonidan 1503–1509-yillar oraligʻida yozilgan. Fazlulloh ibn Roʻzbehxon Muhammad Shayboniy hayotining oxirgi 5—6 yilida u bilan birga yurib, unga hamrohlik qilgan, mashvaratlar va harbiy yurishlarning deyarli barchasida ishtirok etgan hamda koʻrgan-bilganlarini mazkur asariga kiritgan. Bu asar memuar asardan koʻra sayohat kundaligin eslatadi.

Hozirgi kunda asarning faqat 2 ta qoʻlyozma nusxasi bizgacha yetib kelgan: biri — OʻzR FA Sharqshunoslik institutining qoʻlyozmalar fondida saqlanadigan asl nusxa sanaladi; ikkinchisi — Istanbulda Nuri Usmoniya kutubxonasida saqlanayotgan, yuqorida qayd qilingan qoʻlyozmadan koʻchirilgan nusxadir. Toshkent nusxasi asosida 1976-yili R. Jalilova tomonidan Mehmonnomayi Buxoroning forsiydan ruschaga tarjimasi va fotofaksimil nashri amalga oshirilgan.

Adabiyotlar

  • Majid A. Shayboniylar davlati (1500–1599). Toshkent: Nasim Kutub, 2024 648-bet. ISBN 978-9910-9384-0-5. 
  • Zamonov A. Buxoro xonligi tarixi: metodik qoʻllanma. Toshkent: Bayoz, 2021 264-bet. ISBN 978-9943-6372-0-7. 


Yuqori