| Fayl:FC Talyp Sporty Logo.png | ||
| Toʻliq nomi | Talyp Sporty | |
|---|---|---|
| Asos solingan | 2007 | |
| Kopetdogʻ stadioni, Ashxobod, Turkmaniston | ||
| Sigʻimi | 26,000 | |
| Liga | Turkmaniston Yokari ligasi | |
| Oʻrni | Turkmaniston Yokari ligasi, 8-oʻrin | |
| ||
Talip Sport futbol klubi (turkmancha: Talyp sporty, Kollej sporti) – Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida joylash professional futbol klubi. Jamoa asoschisi „Sport va turizm milliy universiteti“ hisoblanadi. Klub tashkil etilganidan soʻng 2007-yildan 2014-yilgacha, 7 mavsum davomida Turkmaniston chempionatida ishtirok etgan. Jamoaning uy stadioni 26 000 tomoshabinni sigʻdira oladigan Kopetdogʻ stadioni edi.
Tarix
"Talip sports" futbol klubi 2007-yilda Ashxobodda tashkil etilgan boʻlsada bundan oldinroq, 1966-yilda Turkmaniston SSR chempionatida Turkmaniston olimpiya zaxiralari maktabi vakili boʻlgan „UORT“ (Ashxobod) jamoasi tashkil etilgan edi. 1994-yilgi mavsumda jamoa Turkmaniston Birinchi ligasida ishtirok etgan va 1995-yilda esa Turkmaniston Oliy ligasida debyut qilgan. UORT jamoasi rasman tarqatilmagan boʻlsa-da, uzoq vaqt davomida oʻz faoliyatini toʻxtatdi.
2007-yil Olimpiya zaxiralari jamoasining davomchisi sifatida tashkil etilgan klub dastabki mavsumidayoq Turkmaniston chempionatida 4-oʻrinni egallagan. 2008 va 2010-yilgi Turkmaniston kubogining yarim finaliga qadar yetib borgan.
Klub 2010-yilda Turkmaniston futbol federatsiyasining jamoaviy aʼzoligiga toʻliq qabul qilingan. 2010 va 2013-yilgi mavsumlarda jamoa turnir jadvalida soʻnggi oʻrinni egallagan. 2015-yilda klub oʻz faoliyatini toʻxtatgan.
- Turkmaniston futbol klublari
- Ashxoboddagi futbol klublari
- 2007-yilda tashkil etilgan futbol klublari
- 2007-yilda Turkmanistonda tashkil etilganlar
- Alifbo boʻyicha futbol klublari