Otmar Emminger (1911-yil 2-mart, Augsburg, Germaniya imperiyasi1986-yil 3-avgust, Manila,Filippin)-nemis davlat arbobi, 1977-yildan 1979-yilgacha Germaniya Federal banki prezidenti.
Biografiya
1911-yil 2-martda Augsburgda huquqshunos va siyosatchi, Veymar Respublikasi adliya vaziri Erich Emminger oilasida tugʻilgan.1928-1932 yillarda Berlin, Myunxen, Edinburgda va London iqtisodiyot maktabida huquqshunoslik bo‘yicha tahsil olgan.U "Ascania-Burgundy" va "Alemannia" talabalar katolik klublarining a'zosi edi . 1934-yilda Myunxen universitetida falsafa doktori boʻldi, keyin Buyuk Britaniyada, 1935-yildan 1936-yilgacha Germaniya Iqtisodiy tadqiqotlar institutida tahsil oldi.1937-yilda u NSDAPga qoʻshildi.
Harbiy xizmatni o‘tab, asirlikdan ozod bo‘lgach, Bavariya milliy xo‘jalik assotsiatsiyasida ishlagan,1947-yildan Bavariya Iqtisodiyot vazirligida katta maslahatchi bo‘lgan. 1949-yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotidagi Germaniya delegatsiyasining iqtisodiy boʻlimi vakili.1950- yilda Myunxen universitetida iqtisod fanidan ma'ruza oʻqidi. 1953-yilda Germaniya erlari banki direktorlar kengashiga qoʻshildi, oʻsha yildan 1959-yilgacha Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Germaniya boʻlimiga rahbarlik qildi .
1969-yilda Germaniya Federal bankining vitse-prezidenti, 1977-yilda uning rahbari boʻldi. U 1979-yilgacha, nafaqaga chiqqunga qadar Germaniya markaziy bankini boshqargan. Germaniya Markaziy bankini boshqarib, u dollar oqimiga qarshi kurashdi, 1979-yilda Yevropa valyuta tizimining joriy etilishini qoʻllab-quvvatladi . Bretton-Vudsdan Yamayka pul tizimiga oʻtishni belgilovchi maxsus qarz olish huquqlarini (SDR) yaratish loyihasi mualliflaridan biri boʻldi.
Nafaqaga chiqqanida iqtisodga oid bir qancha ilmiy maqolalarini chop etdi. 1986-yil iyul oyida Germaniya federal hukumati nomidan Filippinga mamlakatning yangi prezidenti Korazon Akinoning iqtisodiy maslahatchisi sifatida yuborildi. 1986-yil 3-avgustda Manilada yurak xurujidan vafot etdi .
- 1986-yilda vafot etganlar
- 3-avgustda vafot etganlar
- 1911-yilda tugʻilganlar
- 2-martda tugʻilganlar